Gap mavzusidan test savollari
Qaysi javobda quyida berilgan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Qani endi, dunyoda vafo bo‘lsa, har kim tilagiga yetsa. (A. Qahhor)
Qaysi javobda tarkibida otlashish hodisasi kuzatilmaydigan gap(lar) to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1. Yotlaring seni shu kunlarga soldilar!
2. Zolimlar seni kimsasizmi ko‘rdilar.
3. Xonani qizlarning qahqahasi tutdi.
4. O‘lim sening o‘limingni istaganlarga, nafrat seni ko‘mgani kelganlarga.
Berilganlardan egasi noma’lum gaplarni aniqlang.
1) Mana uy ham qurildi, suv quvurlari o‘tkazildi.
2) Yo‘lda ukam menga to‘g‘ri kelib qoldi.
3) To‘garakka borish kerak.
4) Yo‘lni kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Nadir millat qudratining tamadduni?
Amir Temur haykalidan so‘rang buni,
Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni?
Jahongiri bexonumon yurt edi bu.
Ushbu she’riy parchada necha o‘rinda olmoshlar qo‘llangan?
Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan,
Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan?
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Ushbu she’riy parchada gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turlari ishtirok etgan?
1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak gap; 5) qo‘shma gap.
Qaysi javobda atov gap berilmagan?
Quyida berilgan gap turini aniqlang.
Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xsharki, uni ko‘rgan kimsa nazarini olib qochadi.
Qani endi dunyoda vafo bo‘lsa, har kim tilagiga yetsa. (A. Qahhor)
Berilgan gap gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turiga mansub?
Shoshilmay sovib qolgan kaboblarni yig‘ib oldi, so‘ng, indamay orqasiga tisarilarkan, patirga imo qilib ko‘zini qisdi.
Berilgan gap turini toping.
Quyida berilgan gap haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
Sog‘liq tilasang ko‘p yema.
Atov gap ishtirok etgan qatorni aniqlang.
Darak gap haqidagi quyidagi qaysi hukmlar to‘g‘ri?
1) darak gap kesimi aniqlik maylidagi fe’llardan tashkil topadi;
2) gap bo‘laklari meuyoriy tartibda joylashgan bo‘ladi;
3) darak ohangi gap oxiriga qarab kuchayib boradi;
4) yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisani tasdiq yoki inkor yo‘li bilan ifodalaydi.
Bunday gaplar, asosan, xabar maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o‘tgan zamon shakllaridagina keladi. Bunday gaplar bir so‘zdan iborat bo‘lishi ham, aniqlovchilar bilan kengayib kelishi ham mumkin.
Berilgan ta’rif gapning qaysi turi haqida?
Egasi umumlashgan gap qaysi qatorda berilgan?
Kishilar o‘rtasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan bir so‘z yoki ibora (birlik) lar qanday grammatik hodisani yuzaga keltirishga xizmat qiladi?
Xalil ota halol va mehnatsevar kishiga xos izzat-obro‘sini va qadr-qimmatini chuqur tushuntirdi. Ushbu gap qaysi javobda gap qurilishi bo‘yicha to‘g‘ri tahlil qilingan?
Egasi yashiringan gap qaysi qatorda berilgan?
Taqillaydi eshik nogahon,
-Kimsan? - deyman tugab sabotim,
-Ochgil, - deydi.
- Bu - men, qadrdon,
Bilmoq bo‘lsang - Bardoshdir otim. (A. Oripov)
Ushbu she’riy parchada gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qanday turlari mavjud?
1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak gap.
Qaysi javobda to‘liqsiz gap berilgan?
Joiz, kerak kabi so‘zlar harakat nomlari bilan birikib, qanday gaplar tarkibida murakkab kesim vazifasida keladi?
Qaysi gapda so‘zlarning teng bog‘lanishi mavjud?
Sodda gapning to‘liq sintaktik tahlilida quyidagi vazifalardan qaysilarini amalga oshirish kerak?1) gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi bo‘yicha tahlil;
2) gap bo‘laklarini aniqlash;
3) gapda qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlar borligini aniqlash;
4) gap qurilish bo‘yicha tahlil;
5) gapda nechta tinish belgisi borligini aniqlash.
Qaysi qatorda shaxsi noma’lum gap berilgan?
1) Yo‘lda biroz to‘xtashga to‘g‘ri kelib qoldi.
2) Ko‘nglida armon qolmasligi uchun chilyosin qildirishga to‘g‘ri keldi.
3) Yo‘lda ukam menga to‘g‘ri kelib qoldi.
4) To‘garakka barvaqt borishga to‘g‘ri keldi.
Qaysi gapda aniqlovchi shaxs oti bilan ifodalangan?
Berilgan gaplarning qaysi biri istak gapga mansub emas?
1) Qani endi, dunyodagi barcha bolalar baxtli bo‘lsa.
2) Hammamiz o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaylik.
3) Millatning dardiga darmon bo‘linglar.
4) Xorijiy tillarni o‘rganib, chetellarga o‘qishga borsam.
Bosh kelishikdagi so‘z yoki otli birikma bilan ifodalanadigan bir tarkibli gap qanday nomlanadi?
Qaysi qatorda egasi yashiringan gap berilgan?
Qaysi qatorda sodda gap berilgan?
Qaysi qatorda egasiz gap berilgan?
Quyida berilgan gapda nechta so‘z mavjud?
Tebranib yonayotgan sham zo‘r mo‘jizaday hammaning diqqatini jalb qilgandi.