Zid ma’noli so‘zlar mavzusidan test savollari
Antonim sifatlar ishtirok etgan qatorni aniqlang.
Antonimlar berilgan qatorni aniqlang.
Quyidagi antonimik juftliklarning qaysi birida salbiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘z bor?
Antonimlar qaysi qatorda berilgan?
Qanday so‘zlar badiiy nutqda qo‘llanib, tazod yaratish uchun xizmat qiladi?
O‘zaro antonim qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?
Qaysi turkumlarga oid juft so‘zlar asosan antonimlardan hosil bo‘ladi?
Juft holda qo‘llanib, yangi ma’no ifodalagan antonimlar qatorini toping.
Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkinmi?
Muayyan so‘z o‘zaro sinonimik qatorni tashkil etgan har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qila oladimi?
Bularning barchasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi...
Parcha A. Qahhorning qaysi hikoyasidan olingan? Gaplar tarkibida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday turi ishtirok etgan?
Qaysi so‘z turkumlarida antonim munosabat umuman yo‘q?
Leksik antonimlar berilgan qatorni aniqlang.
Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan?
Qaysi javobda “do‘ppisini osmonga otmoq” iborasiga zid ma’noli so‘z keltirilgan?
Agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomonliging xafa qilsa, demak, sen mo‘min ekansan.
Ushbu gapdagi antonim so‘zlar qaysi so‘z turkum(lar)iga tegishli?
Qaysi maqolda zid ma’noli so‘z yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etgan?
Hayot shu ekan-da: yog‘du va zulmat, Qish-u yoz, o‘ng-u tush, tirik va o‘lik... Shusiz bo‘lmas ekan tugallik sira, hatto qush na’masi: go‘zal va xunuk. (Asqad Muxtor)
Berilgan she’riy parchada nechta zid ma’noli so‘zlar juftligi bor?
Kechalar fig‘onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.
Ushbu baytda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi turi qo‘llangan?
Visoli lazzatidin zavq topmoqlig‘ erur dushvor,
Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur.
Bobur qalamiga mansub ushbu baytda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi turi qo‘llangan?
Zid so‘zlar qo‘llangan gapni toping.
Qaysi qatorda ot antonimlar mavjud?
Uzun aytma, qisqa ayt, ko‘p ma’no ber.
Gapda shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar ishtirok etgan?
Frazeologik antonimlarni aniqlang.
Antonimlar berilgan qatorni aniqlang.
Ot antonimlar berilgan qatorni toping.
Antonimlikni yuzaga keltiruvchi belgilar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.