Hozirgi o‘zbek adabiy tili fani haqida ma’lumot mavzusidan test savollari



Qaysi qatorda hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanishi hamda rivojlanishi davri to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Grek tilidan qabul qilingan qaysi so‘z «harf o‘qish va yozish san’ati", "harf" ma’nosini anglatadi?

Turkiy tillar oilasi, qipchoq guruhiga kiruvchi tillarni aniqlang.

"O‘zbek" atamasi ilk bor kimning qaysi asarida tilga olingan?

Tilga xos xususiyatlar qayd etilgan to‘g‘ri javobni belgilang.

1) hali voqealanmagan imkoniyat;

2) faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til;

3) jamiyat a’zolariga barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy- ruhiy vosita;

4) shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo‘luvchi hodisa;

Til bilan nutqning o‘ziga xos xususiyatlari noto‘g‘ri berilgan javobni belgilang.

Eski o‘zbek tilida yaratilgan dastlabki namunalarni aniqlang.

1) Qul Ali, "Qissayi Yusuf";

2) Qutb, "Xusrav va Shirin";

3) Xorazmiy, "Muhabbatnoma";

4) "O‘g‘uznoma";

5) Sayfi Saroyi, "Guliston";

6) Rabg‘uziy, "Qisasi Rabg‘uziy";

7) "Tafsir"

"Davlat tili" haqidagi qonunning qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqi berilishi qayd etilgan?

Til va nutqning farqi noto‘g‘ri izohlangan javobni belgilang.

Dunyoda olimlarning taxminiy hisoblariga qaraganda, nechta til bor?

Yevropaliklar O‘rxtin - Enasoy yodgorliklari yozuvini nima deb atashgan?

XI - XIV asrlarda xalqimiz foydalangan til qanday nomlanadi?

Hozirgi kunda til oilalari soni - ...

Eski turkiy til qaysi davrda amalda bo‘lgan?

O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili ekanligi Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida o‘z aksini topgan?

Quyidagi tillardan qaysi biri oltoy tillar oilasiga mansub emas?

Qanday shakllar adabiy tilga xos?

O‘zbek tili asosan qaysi davrdan boshlab o‘quv fani sifatida maktablarda o‘qitila boshlandi?

Mashhur Vatandoshimiz Abulqosim Zamaxshariyning otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, otlarning turlanishi, fe’llaming tuslanishi haqidagi besh qismdan iborat asarini aniqlang.

Zamaxshariy qaysi asarini chig‘atoy (o‘zbek) tiliga o‘zi tarjima qilgan?

Quyida berilgan asarlarning qaysi biri turkiy tilda bitilgan?

Quyida berilgan tillardan qaysi biri o‘lik tillar sirasiga kiradi?

Dunyodagi xalqaro tillar qaysi qatordagi javobda aks etgan?

O‘zbek tili qaysi til oilasining qaysi guruhiga mansub?

So‘zlarning kelib chiqish, paydo bo‘lish yo‘llarini o‘rganuvchi sohaning nomi qaysi qatorda ko‘rsatilgan?

Adabiy tilning qanday shakllari bor?

Adabiy tilning qanday shakllari mavjud?

XI asrda grammatikaga oid asar yozgan mashhur vatandoshimiz kim?

Eski o‘zbek adabiy tili qaysi davrda shakllangan edi?

Tilshunoslikga oid atamalar berilgan qatorni aniqlang.