Organik moddalar gidrolizi mavzusidan test savollari
Tarkibida bitta o‘rinbosari bo‘lgan 0.1 mol aromatik uglevodorod kislotali sharoitda oksidlanishidan olingan gaz modda kislorod bilan aralashtirilganda (DH_2=17.8) 22.4 l gazlar aralashmasi olindi. Aromatik uglevodorod(lar ) tuzilishini aniqlang.
Tarkibida ikkita o‘rinbosari bo‘lgan 0.2 mol aromatik uglevodorod kislotali sharoitda oksidlanishidan olingan gaz modda kislorod bilan aralashtirilganda (DH_2=20.8) 11.2 l gazlar aralashmasi olindi.Aromatik uglevodorod(lar ) tuzilishini aniqlang
Tarkibida ikkita o‘rinbosari bo‘lgan 0.4mol aromatik uglevodorod kislotali sharoitda oksidlanishidan olingan gaz modda kislorod bilan aralashtirilganda (DH_2=20.8) 11.2 l gazlar aralashmasi olindi. Aromatik uglevodorod(lar ) tuzilishini aniqlang
E va F birikmalarning umumiy formulasi C_4 H_8 O_2. E moddaning ishqori gidrolizida ikkita organik modda gramm va H hosil bo‘ldi. gramm modda ishqor bilan qizdirilganda metan hosil bo‘ldi. H modda natriy metali bilan ta’sirlashganda vodorod ajraldi. F modda “kumush kuzgu” reaksiyasiga kirishib olingan I modda, kislotalar bilan ham, spirtlar bilan ham murakkab efir hosil qilishi mumkin. E va F lar qanday moddalar bo‘lishi mumkin?
1) CH_3CH_2COOCH_3;
2) CH_3COOCH_2CH_3;
3) CH_3COOCH(CH_3)CH_3;
4) CH_3CH(OH)CH_2CHO;
5) CH_3C(O)CH_2CH_2OH;
6) CH_3C(CH_3)(OH)CH_2CHO
18.5 gramm rangsiz suyuqlikni ortiqcha miqdorda olingan konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirilganda vodorodga nisbatan zichligi 14 bo‘lgan 11.2 l (n.sh.) gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Ushbu gazlar bromning tetraxlorli ugleroddagi eritmasi orqali o‘tkazilganda uning hajmi ikki marta kamaydi, lekin zichligi o‘zgarmadi. Reaksiya uchun qanday modda olingan?
1 ml uglevodorod va 7 ml kislorod aralashmasi yondirilgandan so‘ng suv bug‘i kondensatsiyalanganda gazlar aralashmasi hajmi 6.5 ml tashkil etdi. Ushbu gazlar ishqor eritmasidan o‘tkazilganda esa ularning hajmi 4.5 ml tashkil qildi. Uglevodorodning molekulyar massasini aniqlang?
1 ml uglevodorod va 8 ml kislorod aralashmasi yondirilgandan so‘ng suv bug‘i kondensatsiyalanganda gazlar aralashmasi hajmi 7 ml tashkil etdi. Ushbu gazlar ishqor eritmasidan o‘tkazilganda esa ularning hajmi 5 mlga tashkil qildi. Uglevodorodni molekulyar massasini aniqlang?
560 ml etilen va atsetilendan iborat aralashmaga 1440 ml vodorod qo‘shilib platina katalizatori ustidan o‘tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 33.6\% ga kamaydi. Boshlang‘ich aralashmani to‘la yoqish uchun qancha hajm (ml) kislorod kerak bo‘ladi?
22.4 l (n.sh.) etanni (yorug‘lik ishtirokida) xlorlashda hosil bo‘lgan vodorod xloridni neytrallash uchun 1120 gramm 20\%-li kaliy gidroksid eritmasi sarflangan bo‘lsa, etan molekulasidagi xlor atomi bilan almashgan vodorod atomlari sonini hisoblang.
22.4 l (n.sh.) etanni (yorug‘lik ishtirokida) xlorlashda hosil bo‘lgan vodorod xloridni neytrallash uchun 1120 gramm 20\%-li kaliy gidroksid eritmasi sarflangan bo‘lsa, etan molekulasidagi xlor bilan almashilmagan vodorod atomlari sonini hisoblang.
Benzol, toluol va kumoldan iborat 0.6 mol aralashma kislotali sharoitda kaliy permanganat bilan oksidlanganda 48.8 gramm benzoy kislota hosil bo‘lsa, boshlang‘ich aralashmaning massasini (gramm) aniqlang.
Atsetilen va etilendan iborat 10 ml arlashma 50 ml kislorod bilan aralashtirildi va yondirildi. Suv bug‘i kondensatsiyalanib, aralashma boshlang‘ich sharoitga keltirilgandan so‘ng uning hajmi 42 mlni tashkil qildi. Boshlang‘ich aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushini aniqlang.
Atsetilen va etilendan iborat 25 ml arlashma 100 ml kislorod bilan aralashtirildi va yondirildi. Suv bug‘i kondensatsiyalanib, aralashma boshlang‘ich sharoitga keltirilgandan so‘ng uning hajmi 78.5 mlni tashkil qildi. Boshlang‘ich aralashmadagi alkenning hajmini (ml) aniqlang.
20 l etin va etendan iborat aralashmaga 80 l vodorod qo‘shilib platina katalizatori ustidan o‘tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 25\% ga kamaydi. Boshlang‘ich aralashmani to‘la yoqish uchun qancha hajm (l) kislorod kerak bo‘ladi?
Tarkibida bitta o‘rinbosari bo‘lgan 0.2 mol aromatik uglevodorod kislotali sharoitda oksidlanishidan olingan gaz modda kislorod bilan aralashtirilganda(DH_2=20.8) 11.2 l gazlar aralashmasi olindi.Aromatik uglevodorod(lar) tuzilishini aniqlang.
Tarkibida bitta o‘rinbosari bo‘lgan 0.4 mol aromatik uglevodorod kislotali sharoitda oksidlanishidan olingan gaz modda kislorod bilan aralashtirilganda (DH_2=20.8) 11.2 l gazlar aralashmasi olindi.Aromatik uglevodorod(lar) tuzilishini aniqlang.
E va F birikmalarning umumiy formulasi C_5H_{10}O_2. E moddaning ishqori gidrolizida ikkita organik modda gramm va H hosil bo‘ldi. gramm modda ishqor bilan qizdirilganda metan hosil bo‘ldi. H modda natriy metali bilan ta’sirlashganda vodorod ajraldi. F modda “kumush kuzgu” reaksiyasiga kirishib olingan I modda, kislotalar bilan ham, spirtlar bilan ham murakkab efir hosil qilishi mumkin. E va F lar qanday moddalar bo‘lishi mumkin?
1) CH_3CH_2COOCH_3;
2) CH_3COOCH_2CH_2CH_3;
3) CH_3COOCH(CH_3)CH_3;
4) CH_3CH(OH)CH_2CHO;
5) CH_3C(O)CH_2CH_2OH ;
6) CH_3C(CH_3)(OH)CH_2CHO
Tarkibi C_4H_8Cl_2 bo‘lgan E modda gidroliz (NaOH suvli eritma) qilinganda tarkibi C_4H_8O bo‘lgan F moddaga aylandi. F moddaning oksidlanishidan olingan mahsulot natriy gidroksid bilan ta’sirlashganda gramm modda hosil bo‘lib, u ishqor bilan qizdirilganda propan hosil bo‘ldi. E va F lar qanday moddalar bo‘lishi mumkin?
1) 1,1-dixlorbutan;
2) 2,2-dimetil-1, 1-dixlorpropan;
3) 2-metil-1, 1-dixlorpropan;
4) 2,2-dimetilpropanal;
5) 2-metilpropanal;
6) butanal;
Tarkibi C_6H_12Cl_2 bo‘lgan E modda gidroliz (NaOH suvli eritma.) qilinganda tarkibi C_6H_{12}O bo‘lgan F moddaga aylandi. F moddaning oksidlanishidan olingan mahsulot natriy gidroksid bilan ta’sirlashganda gramm modda hosil bo‘ldi, u ishqor bilan qizdirilganda izopentan hosil bo‘ldi. E va F lar qanday moddalar bo‘lishi mumkin?
1) 2,3-dimetil-1, 1-dixlorbutan;
2) 3,3-dimetil-1, 1-dixlorbutan;
3) 2,2-dimetil-1, 1-dixlorbutan;
4) 2,2-dimetilbutanal;
5) 2,3-dimetilbutanal;
6) 3,3-dimetilbutanal;
Tarkibi C_5H_{10}Cl_2 bo‘lgan E modda gidroliz (NaOH suvli eritma) qilinganda tarkibi C_5H_{10}O bo‘lgan F moddaga aylandi. F moddaning oksidlanishidan olingan mahsulot natriy gidroksid bilan ta’sirlashib gramm modda hosil bo‘ldi, u qattiq ishqor bilan qizdirilganda izobutan hosil bo‘ldi. E va F lar qanday moddalar bo‘lishi mumkin?
1) 1,1-dixlor-2, 2-dimetilpropan;
2) 3-metil-1, 1-dixlorbutan;
3) 3-metil-2, 2-dixlorbutan;
4) 2, 2-dimetilpropanal;
5) metilizopropilketon;
6) 3-metilbutanal;