Aminlar mavzusidan test savollari
Massa ulushlari C=0.533; N=0.311; H=0.156 bo‘lgan moddaning nechta izomeri bor?
Tarkibi C_4H_{11}N bo‘lgan aminlar izomerlari sonini aniqlang.
2.86 g dimetilizopropilamin tarkibidagi vodorod atomlari sonini aniqlang.
Eng kuchsiz asosni toping.
Keltirilgan moddalarning asoslik xossalari kamayib borish tartibida joylashtirilgan qatorni tanlang.
1) ammiak; 2) suv; 3) metilamin;
4) etilamin; 5) trimetilamin; 6) triizopropilamin
Quyidagi aminlarni asosli xossalari ortib borish tartibida joylashtiring.
1) metilamin; 2) dimetilamin; 3) anilin; 4) trimetilamin; 5) difenilamin
250 g 2-aminopropan olish uchun qancha (g) 2-nitropropanni katalitik qaytarish lozim?
Reaksiya unumi 92\%
Qaysi moddalarni ketma-ket qo‘llash yordamida metilamin va butan aralashmasidan metilaminni ajratib olish mumkin?
1) NaOH;
2) Br_2;
3) HCl;
4) KMnO_4
248 g metilamin yondirilganda necha litr (n. sh.) azot hosil boladi?
45 g dimetilamin yonganda ajralib chiqqan azot 15 ^\circ C va 95 kPa bosimda qanday hajmni (l) egallaydi?
Formulasi C_nH_{2n}N_2H_4 bo‘lgan amindan 6 g miqdori yoqilganda 2.24 l (n. sh.) azot hosil bo‘lsa, amin molekulasi tarkibida nechta vodorod atomlari bor?
4 mol modda yonishi uchun 9 mol kislorod sarflandi, bunda 89.6 l uglerod (IV) oksid, 56 g azot va 10 mol suv hosil bo‘ldi. Moddaning molekulyar formulasini aniqlang.
Propan va metilamin aralashmasi yetarli miqdorda kislorodda yondirilganda hosil bo‘lganl 68 l (n. sh.) gazlar aralashmasining 13.34 hajmiy foizini N_2 tashkil etsa, dastlabki aralashmaning massasi necha gramm bolgan?
Etan va metilamin aralashmasi yetarli miqdordagi kislorodda yondirilishidan hosil bo‘lgan suv bug‘ kondensatsiyadan so‘ng gazlar aralashmasining hajmi 19.04 l (n. sh.) ni tashkil qildi. So‘ng gazlar ishqor eritmasidan o‘tkazilganda 3.36 l (n. sh.) gaz qoldi. Dastlabki aralashmaning massasini (g) aniqlang.
Parafinga qaysi sinf a’zosi bo‘lgan modda aralashganda kislota bilan ishlov berib tozalanadi.
20 g metilamin eritmasini neytrallash uchun 1.0 molyarli HCl eritmasidan 100 ml (p=1.2 g/ml) sarflandi. Eritmadagi tuzning massa ulushini (\%) toping.