Dissotsialanish konstantasi mavzusidan test savollari
18^\circ C da sirka kislotaning 0.1 M li eritmasida kislotaning dissotsilanish darajasi 3\% ga teng bo‘lsa, eritmadagi vodorod ionlarining konsentratsiyasini (mol/l) toping.
Kalsiy nitratning dissotsilanish darajasi 72\% bo‘lsa, uning 0.5 M li eritmasining 200 ml hajmidagi anionlar massasi qanchaga teng bo‘ladi?
Agar magniy sulfatning dissotsilanish darajasi 12.5\% bo‘lib, dissotsilangan molekulalar soni 15 ta bo‘lsa, eritilgan molekulalar soni qancha bo‘ladi?
Eritma konsentratsiyasining ortishi natijasida kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanish darajasi qanday o‘zgaradi?
Sianid kislotaning 0.1 molyarli eritmasida vodorod ionlarining konsentratsiyasi 6\cdot10^{-3} mol/l bo‘lsa, kislotaning dissotsilanish darajasini aniqlang.
Hajmi 2 litr bo‘lgan KAl(SO_4)_2 ning 0.25 M konsentratsiyali eritmasidagi jami ionlar sonini hisoblang.
Kaliy sulfatning dissotsilanmagan molekulalari soni 80 ta bo‘lsa, eritmadagi ionlar sonini hisoblang (\alpha=75\%).
Kaliy sulfatning dissotsilanmagan molekulalari soni 150 ta bo‘lsa, dissotsilangan molekulalar sonini hisoblang (\alpha=75\%).
Eritmada 400 ta xlor ioni mavjud bo‘lsa, dissotsilanmagan kalsiy xlorid molekulalari sonini hisoblang (\alpha=80\%).
Eritmada 600 ta ion mavjud bo‘lsa, dissotsilanmagan litiy sulfat molekulalari sonini hisoblang (\alpha=80\%).
Eritmada 720 ta ion mavjud bo‘lsa, dissotsilanmagan natriy sulfat molekulalari sonini hisoblang (\alpha=80\%).
Bariy xloridning dissotsilanmagan molekulalari soni 40 ta bo‘lsa, eritmadagi xlor ionlari sonini hisoblang (\alpha=75\%).