Kimyoning asosiy qonunlari va formulalari mavzusidan test savollari



7.3 gramm HCl 5.4 gramm alyuminiy bilan reaksiyaga kirishdi? hosil bo‘lgan gazning hajmini (l. n. sh.) toping.

29.4 gramm sulfat kislota 4.8 gramm magniy bilan reaksiyaga kirishdi, hosil bo‘lgan tuz va gazning mol miqdorini toping.

23.2 gramm WO_3 2.24 litr (n. sh.) vodorod bilan reaksiyaga kirishganda necha gramm WO_3 ortib qoladi?

11.6 gramm WO_3 6.72 l (n. sh. ) vodorod bilan reaksiyaga kirishganda necha gramm W hosil bo‘ladi?

5.4 gramm Al bilan 8 gramm Fe_2O_3, qaytarilganda qaysi modda qancha miqdorda (gramm) ortib qoladi?

Fosforning ftorli birikmasi tarkibidagi ftorning massa ulushi 0.78 bo‘lgandagi modda formulasini toping.

Beshinchi guruh elementining vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 3.85\% vodorod bor. Birikmaning molyar massasini toping.

Simob bo‘g‘larining havoga nisbatan zichligi 6.92 ga teng bo‘lsa, simob molekulasi nechta atomdan tashkil topgan bo‘ladi?

3.915 gramm marganes oksid alyuminotermiya usuli bilan qaytarilganda 1.806\cdot10^{22} ta alyuminiy oksid hosil bo‘ldi. Qaytarilgan oksid formulasini toping.

4.74 gramm marganes oksidi alyuminotermiya usuli bilan qaytarilganda 0.1806\cdot10^{23} ta alyuminiy oksidi hosil bo‘lsa, marganesning qaysi oksidi qaytarilgan?

5.44 gramm kalsiy nitrat kristallogidrati qizdirilganda 3.28 gramm suvsiz tuz qoldi, kristallogidrat formulasini toping.

8.8 gramm kalsiy bromid kristallogidrati qizdirilganda 6.1 gramm suvsiz tuz qoldi, kristallogidrat formulasini toping.

12.25 gramm Bertolle tuzi qizdirilganda 0.887\cdot10^{23} ta kislorod malekulasi hosil bo‘ldi, reaksiya unumini (\%) hisoblang.

Reaksiya unumi 100\% bo‘lganda 1 tonna sulfat kislota ishlab chiqarish uchun necha kilogramm pirit (FeS_2) kerak bo‘ladi?

Tarkibida 75\% CaCO_3 bo‘lgan 10 tonna ohaktoshdan qancha so‘ndirilmagan ohak olinadi?

9.8 gramm mis (II) gidroksidning yuqori temperaturada parchalanishidan 7.5 gramm mis (II) oksid hosil bo‘lsa, reaksiya unumi qancha (\%) bo‘ladi?

Tarkibida 75\% sof malaxit bo‘lgan 200 gramm mineralldan qancha (g) mis (II) oksid ajratib olish mumkin? Reaksiya unumi 0.9 ga teng.

Tarkibida 94\% sof magniy karbonat bo‘lgan 10 kg magnezitni kuydirishdan qancha (kg) karbonat angidrid olish mumkin?

Tarkibida 42\% oltingugurt bo‘lgan 4\cdot10^5kg piritdan qancha (t) sulfat kislota olish mumkin?