Tabiat komplekslari va ularning barqarorligi mavzusidan test savollari



“Komleks” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

“Komponent” so‘zining ma’nosi nima?

Tabiiy geografiyaning o‘rganish obyekti- bu …

Tabiat komponentlarining o‘zaro murakkab ta’siri natijasida tarkib topgan hamda tabiiy xususiyatlariga ko‘ra boshqa joylardan farq qiladigan yer yuzi qismlariga nima deyiladi?

Eng katta tabiat kompleksi- bu …

“Landshaft” so‘zining ma’nosi nima?

Tor ma’noda landshaft- bu …

“Landshaft” atamasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.

Faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllangan yoki shakllanayotgan landshaft- bu …

Quyidagilardan qaysi biri tabiiy landshaftga misol bo‘la oladi?

“Antropogen landshaft” atamasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.

Seliteb landshaftlarga misol keltiring.

Quyidagilardan qaysi biri agrolandshaftga kirmaydi?

Landshaft hosil bo‘lish ketma- ketligini toping.

Landshaftning eng kichik birligi qanday ataladi?

Fatsiya- bu …

Fatsiya tabiat komleksini toping.

Yoyilmalarning yuqori, o‘rta va qiya qismlari qaysi tabiiy- hududiy kompleksga misol bo‘la oladi?

Landshaftlarning xossa va xususiyatlarini, tuzilishini, rivojlanishini, vujudga kelish tarixini, unda ro‘y beradigan jarayonlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladigan usullar majmuasi nima deyiladi?

Mirzacho‘l hududida 50 ming gektar yerda yerosti suvlari ko‘tarilib, tuproqlarning sho‘r bosishiga sabab bo‘lgan omil nima edi?

Shahar yoki qishloq qurilishidan avval hududning qanday xususiyati chuqur tahlil qilinishi lozim?

Tojikistonning Tursunzoda alyuminiy zavodini qurishda qanday muhandislik xatosiga yo‘l qo‘yilgan?

Tojikistonning Tursunzoda alyuminiy zavodining zaharli chiqindi va gazlari Surxondaryoning qaysi tumanlarida ekologik vaziyatni keskinlashtirib yuborgan?

Qaysi shaharni qurishda chuqurlikda suv tekkanida tezda shishib ketadigan gillar borligi hisobga olinmagan?

Respublikamizdagi qaysi shaharni qurishda relyef va yerosti suvlarining yo‘nalishi hisobga olinmagan?

Landshaftlarning tashqi ta’sirlarga nisbatan o‘z tuzilishini saqlab qolish imkoniyati nima deyiladi?

Qaysi hududdagi landshaftlar ozining barqarorligi bilan ajralib turadi?

Tuproq, suv va havo o‘z- o‘zini tozalash xususiyatiga ega. Tuproq va suvning o‘z- o‘zini tozalash qobiliyati qaysi hu- dudlarda yuqori bo‘ladi?

Quyidagi qaysi tabiat kompleksi shamol va yog‘inlar ta’sirida doim o‘z- o‘zini tozalab turadi?

Buzilgan landshaftlar quyidagi davlatlarda qanday madaniy landshaftlarga aylantirilganligini toping.

1) AQSh; 2) Ukraina; 3) Germaniya

a) qishloq xo‘jaligi; b) yaylov; c) rekratsion