Amaliy-geografik tadqiqotlar mavzusidan test savollari
Amaliy geografiyaning asosiy yo‘nalishlarini toping.
1) agrogeografik; 2) muhandis geografik;
3) tibbiy geografik; 4) rekreatsiya;
5) kartografik; 6) rayon planirovkasi;
7) demografik
Qanday yo‘nalishdagi tadqiqotlar natijasida yer resurslari qishloq xo‘jaligi maqsadlari nuqtayi nazaridan baholanadi?
O‘zbekistonda daryolarning yuqori terrasalari sug‘oriladigan yerlardan iborat bo‘lib, bu yerlarda qanday ekinlar yetishtiriladi?
Yurtimizda sholi va boshqa suvni ko‘p talab qiladigan ekinlar qayerda yetishtiriladi?
O‘zbekistondagi yer resurslarining qancha qismi sug‘oriladigan yerlardan iborat?
Mamlakatimizda adirlarda, o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar yonbag‘irlarida asosan qanday ekinlar yetishtiriladi?
O‘zbekistondagi jami yer resurslarining 50.1 foizi qanday yerlar hisoblanadi?
O‘rmon va butazorlar O‘zbekistonda jami yer resurslarining qanchasini tashkil etadi?
Quyidagi resurslardan qay biri O‘zbekistonda ko‘proq ulushga ega?
O‘zbekistonda bonitirovka asosi qaysi ekin hosiliga qarab belgilanadi?
Ma’lum bir hududdagi yer resurslari bo‘yicha muntazam ravishda o‘tkazilgan kuzatishlar natijasida yig‘ilgan ma’lumotlar jamlanmasi nima deyiladi?
Qanday yerlar 100 balli bonitetga teng bo‘lishi mumkin?
O‘zbekistonda eroziyaga uchramagan tipik va bo‘z tuproqlar qancha bonitetga ega?
O‘zbekistonda yer kadastri asosini nima tashkil etadi?
Tuproq bonitirovkasi deb nimaga aytiladi?
Yerlarning zaxini qochirish, yerosti suvlari sathini pasaytirish uchun qanday tadbir amalga oshiriladi?
“Melioratsiya” so‘zining ma’nosi nima?
Tuproq, yer holatini yaxshilash uchun amalga oshiriladigan tadbirlar nima deyiladi?
Sug‘orish eroziyasining oldini olish uchun qanday ishlar olib boriladi?
1) chuqur zovurlar qazish;
2) ihota daraxtzorlarini barpo etish;
3) nishab yerlarni haydash;
4) sug‘orishni ko‘ndalangiga amalga oshirish;
5) quritish melioratsiyasi;
Quritish melioratsiyasi … ning oldini olish uchun amalga oshiriladi.
Qaysi fan inson bilan tabiat ortasidagi o‘zaro ta’sir natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish muammolari bilan shug‘ullanadi?
Qaysi tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos bo‘lib xizmat qiladi?
Sanoat korxonasi zararli chiqindilarni ko‘proq chiqaradigan bo‘lsa, ularni qayerlarda joylashtirish zarur?
O‘rta Osiyodagi eng loyqa (3500 gramm/kub metr) daryo qaysi?
Yo‘l qurilishini loyihalashda muhandis geografik tadqiqotlar asosan … tahliliga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Avtomobil yo‘llarining qiyaligi qanchadan oshmasligi lozim?
Uzunligi 2.5 kilometr bo‘lgan Qamchiq tunneli qaysi avtomobil yo‘lida barpo etilgan?
Quyidagi kanallardan qaysi biri Amudaryodan qazilmagan?
Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan pepsitlardan dunyoda har yili qancha odam zaharlanadi?
Atmosferada qaysi moddaning miqdori ortishi tufayli gipertoniya krizlari va miya insultlari ko‘paydi?