Osiyo. Osiyo mamlakatlariga umumiy tavsif mavzusidan test savollari
“Osiyo” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma’nosi nima?
Osiyo qit’asining umumiy maydoni …, aholisi esa …
Hozirgi vaqtda Osiyo siyosiy xaritasida nechta mustaqil davlat bor?
Yer yuzidagi 4 ta buyuk “daryo bo‘y” madaniyatining 3 tasi Osiyoda joylashgan. Ushbu daryobo‘yi madaniyatlarini toping.
Osiyoning serqatnov dengiz yo‘llari, bo‘g‘ozlar ustida joylashgan davlatlari qaysilar?
Qit’adagi nechta davlat quruqlik ichkarisida joylashgan?
Jahon neft zaxiralarining … foizi, gazining … foizdan ko‘pi, ko‘mirning … foizi Osiyo qit’asi hisobiga to‘g‘ri keladi.
Osiyoning mashhur “qalay belbog‘i” qaysi hududlardan o‘tadi?
Osiyoning oqar suvlar bilan eng yaxshi ta’minlangan subregioni- bu …
Osiyo sug‘oriladigan yerlarning kattaligi bo‘yicha 1- o‘rinda turadigan davlat qaysi?
Osiyodagi qaysi davlat “Katta sakkizlik” tarkibiga kiradi?
Osiyo har 1000 ta kishi hisobiga qaysi davlatlarda yiliga o‘rtacha 50 tagacha tug‘ilish to‘g‘ri keladi?
Osiyo qit’asida urbanizatsiya darajasi qanchani tashkil etadi?
Osiyodagi qadimgi shaharlar va ular joylashgan davlatlarni toping.
1) Qadimgi Troya; 2) Palmira; 3) Baalbek; 4) Moxenjodaro; 5) Varaxsha;
a) O‘zbekiston; b) Turkiya; c) Pokiston; d) Suriya; e) Livan;
Qaysi shaharning qadimgi nomi Quddus bo‘lgan?
Osiyodagi aholisi nihoyatda siyrak joylashgan davlatlar berilgan qatorni toping.
“Katta sakkizlik”ka kiruvchi Osiyo davlati qaysi?
Yaponiya yalpi milliy daromadi ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra jahonda nechanchi o‘rinda turadi?
Hozirgi vaqtda YIM hajmiga ko‘ra dunyoda 2- va 3- o‘rinda turadigan davlatlar qaysi?
Dunyoning “Tayanch davlatlari” qatoriga kiruvchi davlatlarni toping.
Osiyoning yangi industrial davlatlari G‘arbda qanday nom bilan tanildi?
“Osiyo yo‘lbarslari” turkumiga kiruvchi davlatlarni toping.
1) Koreya Respublikasi; 2) Yaponiya; 3) Tayvan;
4) Singapur; 5) Filippin; 6) Xitoy Syangani;
7) Tailand; 8) Indoneziya; 9) Malayziya;
Sharqda joylashgan Osiyoning yangi industrial davlatlari o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilashda qaysi davlat tajribasiga tayandi?
Isroil, Kipr va Turkiya iqtisodiy rivojlanishiga ko‘ra qaysi guruhga mansub?
60- yillargacha qoloq bo‘lgan bu davlat 90- yillar boshlariga kelib jahonda AESlarda ishlab chiqariladigan elektroenergiya hajmiga ko‘ra 9- o‘ringa, po‘lat eritish bo‘yicha 8- o‘ringa, dengiz kemalari ishlab chiqarish bo‘yicha 2- o‘ringa, kimyoviy tolalar ishlab chiqarishda 5- o‘ringa, elektron sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 6- o‘ringa chiqib oldi. Ushbu keskin o‘zgarishlarga erishgan davlat qaysi?
Quyidagi qaysi mamlakatlarda davlat eksportining 95 foizini neft tashkil etadi?
Sanoati bir tomonlama, ya’ni sust rivojlangan davlatlar qatorini toping.
1) Mo‘g‘uliston; 2) Nepal; 3) Pokiston; 4) Vyetnam;
5) Laos; 6) Bangladesh; 7) Iordaniya; 8) Shri- Lanka;
Osiyoning iqtisodiyoti eng qoloq mamlakatlari- bu …
Osiyodagi sholikor rayon qaysi hududlarni o‘z ichiga oladi?
Quyidagi qaysi daryo “Qizil” degan ma’noni ham beradi?