Yoqilg‘i- energetika- kimyo majmuasi mavzusidan test savollari



Shartli yoqilg‘i deb nimaga aytiladi?

1 kilogramm shartli yoqilg‘i qancha energiya beradi?

Quyidagi yoqilg‘ilardan qaysi biri yonganida ko‘proq energiya beradi?

Mahalliy yoqilg‘ilarni toping.

Turli xil yoqilg‘ilarni qazib chiqarish va ishlab chiqarilgan energiya hamda ulardan iqtisodiyotda foydalanish nisbati nima deyiladi?

Yoqilg‘ining boshqa turlariga qaraganda havoni eng kam ifloslantiradigan yoqilg‘i qaysi?

Quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri gaz sanoatiga taalluqli emas?

Aniqlangan gaz zaxiralari qancha?

Har yili respublikamiz hududidan qancha miqdorda gaz qazib chiqarilmoqda?

Neft bilan birga uchraydigan gaz qanday ataladi?

Dastlabki gaz quvurlari qayerda qurilgan edi?

Qaysi shaharlarda yerosti gaz omborlari tashkil etilgan?

Qaysi yoqilg‘i xom holida ishlatilmaydi?

Neftni qazib chiqarish xarajati ko‘mirni qazib chiqarish xarajatidan qancha kam?

Mahsulot birligini olish uchun ketadigan pulda ifodalangan hamma xarajat nima deyiladi?

Neftning tannarxi asosan nimaga bog‘liq?

Neft qazib olishning eng arzon usuli qaysi?

Neftni qayta ishlash zavodlari qayerlarda quriladi?

O‘zbekistonning qaysi shaharlarida neftni qayta ishlash zavodlari bor?

Mustaqillikkacha neftni qayta ishlash zavodlari quvvatidan to‘la foydalanish maqsadida qaysi davlatdan temiryo‘l orqali neft keltirilardi?

Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft koni qachon ochilgan?

Qaysi kondan olinayotgan neftda moy va parafin ko‘pligi tufayli u qayta ishlanmay, yo‘l qurilishida foydalaniladi?

Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi qachondan mahsulot bera boshladi?

Hozirgi kunda neftni qayta ishlash hisobiga undan necha tur mahsulot ishlab chiqarilmoqda?

Neftni qayta ishlash zavodlari bir yilda qancha neftni qayta ishlay oladi, shuning qanchasi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodiga tegishli?

O‘zbekistonda ko‘mir zaxirasi qancha?

O‘zbekistonda dastlabki ko‘mir koni qachon qayerda ochilgan?

Angren ko‘mir konida ko‘mirning qancha qismi ochiq usulda qazib olinadi?

Ochiq usulda qazib olingan ko‘mir shaxta usulida qazib olingan ko‘mirga nisbatan necha barobar unumli bo‘ladi?

Quyidagi ta’riflardan qaysi biri Angren ko‘mir koniga tegishli emas?