Mirzacho‘l mavzusidan test savollari



Mirzacho‘l tabiiy- geografik o‘lkasi qaysi hududda joylashgan?

Mirzacho‘l janubidagi tog‘ tizmalari qaysi tog‘ burmalanishi davrida ko‘tarilgan?

Sirdaryo sohillarida o‘lkaning balandlik qanchani tashkil etadi?

Amir Temur (Ilono‘tdi) darasi qaysi tog‘ tizmalari orasida joylashgan?

Amir Temur (Ilono‘tdi) darasining kengligi qancha?

Nurota tog‘ining eng baland joyi (balandligi 2169 metr)- bu …

Morguzar tog‘ining ayrim cho‘qqilari qancha balandlikkacha yetadi?

Nurota tog‘ining sharqiy qismi qanday ataladi?

Mirzacho‘l tekisligidagi balandliklar va ularning joylashgan o‘rni mos ravishda berilgan javobni toping.

1) Boyovut balandligi; 2) Yerijar balandligi; 3) Mirzaobod balandligi

a) Sho‘ro‘zak botig‘i bilan Sirdaryo orasida;

b) Sirdaryo bilan Yettisoy botig‘i orasida;

c) Yog‘ochota botig‘i bilan Sardoba botig‘i orasida

Mirzacho‘l tekisligidagi tepachalarning nisbiy balandligi qancha?

Mirzacho‘lning tekislik qismida yillik yog‘in miqdori qanchani tashkil etadi?

Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘rida yillik yog‘in miqdori qanchani tashkil etadi?

Mirzacho‘l o‘lkasidagi eng yirik va asosiy suv manbai- bu …

Sirdaryo vodiysining Mirzacho‘l o‘lkasi hududidagi kengligi qanchaga teng?

Sangzor daryosining uzunligi qancha?

Sangzor daryosi suvini tartibga solish maqsadida Jizzax shahri yaqinida suv sig‘imi qancha bo‘lgan Jizzax suv ombori qurilgan?

Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘ridan boshlanuvchi soylarni toping.

1) Rovotsoy; 2) Sayxonsoy; 3) Turkmansoy;

4) Achisoy; 5) Qushchisoy; 6) Zomin;

7) Jalairsoy;

Mirzacho‘l tekisligining shimoliy- g‘arbida, ya’ni Aydar- Arnasoy ko‘li havzasidagi grunt suvlari necha metr chuqurlikda joylashgan?

O‘lkadagi mineral termik suv qatlami qancha chuqurlikda joylashgan?

Mirzacho‘l o‘lkasining shimoliy- g‘arbida joylashgan Aydar, Arnasoy va Tuzkon ko‘llari qanday paydo bo‘lgan?

Aydar, Arnasoy va Tuzkon ko‘llari havzasida qaysi xo‘jalik tarmog‘ining ahamiyati katta?

Hozirgi kunda Aydar, Arnasoy, Tuzkon ko‘llarida qancha miqdorda suv to‘plangan?

Mirzacho‘l o‘lkasining asosiy qismini qanday tuproqlar egallagan?

Turkiston tog‘ tizmasining qanday balandliklarida archazorlar uchraydi?

Mirzacho‘l o‘lkasidagi qaysi tog‘ tizmasida yong‘oqzorlar keng tarqalgan?

Zomin qo‘riqxonasi qachon tashkil etilgan?

Zomin qo‘riqxonasining maydoni qanchani tashkil qiladi?

Mirzacho‘lda ondatralar qayerda tarqalgan?

Quyidagi qaysi foydali qazilma o‘lkada uchramaydi?

Morguzar tog‘ining o‘rtacha balandligi qancha?