Farg‘ona vodiysi mavzusidan test savollari



Farg‘ona vodiysini yana qanday nom bilan atashadi?

Farg‘ona vodiysining xaritadan ko‘rinishi qanday shaklda?

Farg‘ona vodiysini shimoldan qaysi tog‘ tizmasi o‘rab turadi?

Farg‘ona tizmasi vodiyni qaysi tomondan o‘rab turadi?

Farg‘ona vodiysining uzunligi va kengligi qanchani tashkil etadi?

Farg‘ona o‘lkasining eng tor joyi (9 kilometr) qayer?

Adirlarning balandligi shaharlarda qancha ekanligi to‘g‘ri berilgan javobni toping.

1) Farg‘ona; 2) Qo‘qon; 3) Andijon;

4) Namangan; 5) Uchqo‘rg‘on; 6) Xo‘jand

a) 578 metr; b) 500 metr; c) 496 metr;

d) 449 metr; e) 405 metr; f) 320 metr

Farg‘ona vodiysida joylashgan cho‘llarni toping.

Farg‘ona vodiysida yanvarning o‘rtacha harorati qanchani tashkil etadi?

Farg‘ona o‘lkasining qaysi hududida yanvarning o‘rtacha harorati -4.8^\circ C, iyulniki esa 24.9^\circ C ni tashkil etadi?

Qo‘qonda yanvar va iyulning o‘rtacha harorati qanchani tashkil etadi?

Farg‘ona o‘lkasida o‘simliklarning barq urib rivojlanish davri, ya’ni vegetatsiya qancha davom etadi?

Farg‘ona vodiysida vegetatsiya haroratlari yig‘indisi qanchani tashkil etadi?

Farg‘ona tabiiy- geografik o‘lkasida yog‘in miqdori qancha?

Farg‘ona o‘lkasiga bahor va kuzda Qo‘qon shamoli qaysi yo‘nalishdan esadi?

Farg‘ona vodiysidan Mirzacho‘l tomon Bekobod shamoli qaysi faslda esadi?

Norin daryosining uzunligi qancha?

Norin daryosining ko‘pyillik suv sarfi (427 kub metr/s ga teng) qayerda o‘lchangan?

Norin daryosi suv sarfining qancha qismi mart- sentyabr oylariga tog‘ri keladi?

Qoradaryoning Tor va Qora G‘ulja irmoqlari qaysi tog‘ tizmalaridan boshlanadi?

Qaysi daryoning uzunligi 130 kilometr, suv sarfi 42 kub metr/s ga teng?

Farg‘ona tizmasidan boshlanadigan daryo va soylarni toping.

Farg‘ona o‘lkasini shimol va g‘arb tomondan o‘rab olgan Chotqol hamda Qurama tog‘laridan boshlanadigan daryo va soylarni aniqlang.

Farg‘ona vodiysi janubidagi Oloy va Turkiston tog‘laridan boshlanuvchi daryo hamda soylarni toping.

Shohimardon daryosining uzunligi qancha?

Farg‘ona o‘lkasidagi daryo va soylarning biryillik o‘rtacha oqim miqdori qancha, shuning qanchasi O‘zbekiston hududida vujudga keladi?

Farg‘ona o‘lkasidagi daryo va soylarning bir yillik o‘rtacha oqim miqdorini 100% desak, u havzalar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlangan javobni toping.

Okean sathidan 800- 1400 metr balandliklarda joylashgan to‘q tusli bo‘z tuproqlarda chirindi miqdori qanchani tashkil etadi?

500- 800 metr balandliklarda tarqalgan tuproq turini aniqlang.

Farg‘ona o‘lkasiga tutashgan tog‘ yonbag‘irlarida qaysi daraxt turlari o‘sadi?