Tabiat komplekslari tavsifi. Chirchiq- Ohangaron tabiiy-geografik o‘lkasi mavzusidan test savollari
O‘zbekiston hududi nechta tabiiy- geografik o‘lkaga bo‘linadi?
Quyidagi o‘lkalardan qaysi biri tog‘li o‘lkalar guruhiga kirmaydi?
Ustyurt platosida yozning eng yuqori harorati qanchaga yetishi mumkin?
Chirchiq- Ohangaron o‘lkasi o‘z tarkibiga qaysi hududlarni oladi?
Chirchiq- Ohangaron o‘lkasini qaysi tabiiy- geografik obyekt Farg‘ona vodiysidan ajratib turadi?
Chirchiq- Ohangaron vodiysidagi tog‘lar qaysi eralarning jinslaridan tashkil topgan?
1) arxey; 2) proterozoy; 3) paleozoy;
4) mezozoy; 5) kaynozoy
Chirchiq- Ohangaron o‘lkasi yer yuzasining tarkib topishi qaysi eradan boshlangan?
Chirchiq- Ohangaron o‘lkasidagi tog‘ tizmalari va ularning eng baland cho‘qqilari mos ravishda berilgan javobni toping.
1) Talas tizmasi; 2) Ugom tizmasi; 3) Qorjontov tizmasi;
4) Pskom; 5) Chotqol; 6) Qurama
a) Beshtor cho‘qqisi; b) Katta Chimyon cho‘qqisi;
c) Manas cho‘qqisi; d) Mingbuloq cho‘qqisi;
e) Sayram cho‘qqisi; f) Boboiyob cho‘qqisi
Chirchiq- Ohangaron o‘lkasi hududidagi tog‘ tizmalari qaysi tog‘ tugunidan janubiy- g‘arbga qarab panjasimon yo‘nalishda tarqalib ketadi?
Baland cho‘qqilar va ularning balandligi mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Manas; 2) Sayram; 3) Mingbuloq;
4) Beshtor; 5) Katta Chimyon; 6) Boboiyob
a) 4488 metr; b) 4299 metr; c) 4229 metr;
d) 3769 metr; e) 3309 metr; f) 2834 metr
Ohangaron vodiysi va Qorjontov etaklarida qaysi foydali qazilma koni topilgan?
Chinni xomashyosi bo‘lgan kaolin konlari qayerda joylashgan?
Chorvoqda yanvarning o‘rtacha harorati qanchani tashkil etadi?
Chirchiq- Ohangaron o‘lkasining qaysi hududida qishda o‘rtacha havo harorati -14.2^\circ C ni tashkil etadi?
G‘arbiy Tyanshanning nam havoga ro‘para yonbag‘irlariga yil davomida qancha miqdorda yog‘in tushadi?
Chirchiq daryosi qaysi tog‘ tizmalaridan suv oladi?
1) Talas Olatovi; 2) Chotqol; 3) Pskom;
4) Qorjontov; 5) Ugom; 6) Qurama; 7) Mog‘iltog‘
Chirchiq daryosining asosiy irmoqlarini toping.
Chirchiq daryosiga o‘ng tomondan quyiladigan soylarni toping.
Chirchiq daryosi suvini 100\% desak, uning irmoqlariga qanday taqsimlanadi?
Chirchiq- Ohangaron o‘lkasidagi ko‘llarning eng kattasi (maydoni 0.4 kvadrat kilometr, suv hajmi 3.9 million kub metr) qaysi?
Chirchiq- Ohangaron o‘lkasining 1200- 2500 metr balandliklarida qo‘ng‘ir tog‘- o‘rmon va jigarrang tog‘- o‘rmon tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdori qanchani tashkil etadi?
500- 1200 metr balandliklarda qanday tuproq turlari tarqalgan?
Quyidagi hayvonlardan qaysilari YUNESKOning “Qizil kitobi”ga kiritilgan?
Chirchiq- Ohangaron o‘lkasidagi suv omborlarida uchraydigan baliq turlarini toping.
Chirchiq- Ohangaron o‘lkasining 2500 metrdan yuqori qismlarida qanday tuproq turlari tarqalgan?
Katta Arashon ko‘lining maydoni va suv hajmi qancha?
Chotqol biosfera tog‘- o‘rmon qo‘riqxonasi qachon tashkil etilgan?
Chotqol qo‘riqxonasining maydoni qancha?
Chirchiq daryosi qaysi daryolarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi?
Quyidagi cho‘qqilardan qaysi biri balandroq?