O‘zbekiston iqlimi, ichki suvlari va suv boyliklari hamda ularni muhofaza qilish mavzusidan test savollari



Kontinental iqlimning o‘ziga xos xususiyatlarini toping.

1) osmon nihoyatda ochiq va quyoshli;

2) harorat nihoyatda yuqori;

3) yillik yog‘in miqdori kam;

4) potensial bug‘lanish katta;

5) yoz uzuq, qish esa qisqa bo‘ladi;

6) yillik va sutkalik haroratning farqi deyarli bir xil.

O‘zbekiston iqlimining hosil bo‘lishida qaysi omillar asosiy rol o‘ynaydi?

O‘zbekiston janubida yoz oylarida quyosh necha gradus burchak ostida nur sochadi?

O‘zbekistonning janubiy hududlarida quyosh uning shimoliy hududlariga nisbatan necha soat ko‘proq nur sochib turadi?

O‘zbekistonda yil davomida har bir kvadrat santimetr yuza Quyoshdan shimolda … kilokaloriya, janubda … kilokaloriya radiatsiya oladi.

O‘zbekiston hududida yiliga tushayotgan Quyosh energiyasining miqdori qancha ko‘mir ekvivalentiga teng?

O‘zbekiston hududida qishda shamollar yo‘nalishi qanday jarayonlar ta’sirida sodir bo‘ladi?

Qishda yurtimiz hududiga qaysi yo‘nalishdan Sibir antisikloni havo massalari kirib keladi?

O‘zbekiston hududiga qishda shimoldan qanday havo massalari kirib keladi?

Yozda O‘zbekiston hududi, xususan, uning tekislik qismi juda isib ketishi oqibatida … vujudga keladi.

Yozda o‘lka hududida qaysi havo massasi tarkib topadi?

Insonning xo‘jalik faoliyati tufayli iqlimga ta’sir etilmoqda, havo ifloslanmoqda, mikroiqlimning o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, sug‘oriladigan mintaqada atrofdagi yerlarga nisbatan yozda harorat … ^\circ C gacha past, nisbiy namlik … foiz ortiq bo‘ladi.

O‘rtacha yillik harorat Nukusda (1), Toshkentda (2) va Termizda (3) qanchani tashkil etadi?

Yog‘inlarni qanday havo massalari keltiradi?

O‘zbekistondagi eng ko‘p yog‘in qayerda kuzatiladi?

Yog‘inlarning asosiy (40\%) qismi qaysi faslga to‘g‘ri keladi?

O‘zbekistonning tog‘li qismi bir yilda necha kun yog‘inli bo‘ladi?

O‘lkaning janubiy- sharqida qor qoplami necha kun saqlanadi?

O‘zbekistonda bug‘lanishning 80- 85 foizi qaysi oylarga to‘g‘ri keladi?

Qorning o‘rtacha qalinligi hududlarda qancha ekanligini toping.

1) 60 santimetr; 2) 10- 20 santimetr; 3) 1- 8 santimetr

a) tekislik; B) tog‘oldi; C) tog‘

O‘zbekistonda yog‘inlarning bir qismi kuchli shamol va jala aralash do‘l holida yog‘adi. Bunday hodisa har 10 yilda o‘rtacha tekislik qismida 1 martadan 6- 7 martagacha kuzatiladi. Bu ko‘rsatkich tog‘ oldi va tog‘ hududlarida qanday?

O‘zbekiston hududida esadigan mahalliy shamollarni aniqlang.

Tog‘- vodiy shamollari haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping.

O‘zbekiston hududidagi eng yuqori (+50^\circ C) harorat qayerda kuzatilgan?

Qish oylarida- yanvarda Samarqandda o‘rtacha harorat qanchani tashkil etadi?

Ba’zan Arktika va Sibir havo massalarining kirib kelishi va turib qolishi oqibatida Toshkentda -30^\circ C, Ustyurtda -38^\circ C gacha pasayadi. Bu davrda Surxon vohasida harorat necha ^\circ C gacha pasayishi mumkin?

Mahalliy shamollar va ularning tezligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

1) bekobod shamoli; 2) qo‘qon shamoli; 3) afg‘on shamoli.

a) 15- 20 kilometr/soat;

b) 15- 25 kilometr/soat;

c) 30- 40 metr/sekund

“Qish chillasi” qishning qaysi kunlarini o‘z ichiga oladi?

Tog‘larda qish fasli qancha davom etadi?

Bahor iqlim bo‘yicha …