O‘rta Osiyo iqlimi mavzusidan test savollari
Quyosh radiatsiyasi- bu …
Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasida taqsimlanishi nimaga bog‘liq?
Dekabrning oxirida O‘rta Osiyo o‘lkasining chekka janubiy qismlarida kun shimolga nisbatan qancha vaqt uzun bo‘ladi?
Iyun oyining oxirida O‘rta Osiyo o‘lkasining chekka shimoliy qismlarida kun janubga nisbatan qancha vaqt qisqa bo‘ladi?
Quyoshdan kelayotgan energiyaning qancha qismi havo qobig‘idan yana fazoga qaytib ketadi?
Quyoshdan Yer yuziga bevosita yetib keladigan radiatsiya- bu …
Tarqoq radiatsiya qanday hosil bo‘ladi?
Yer yuzasiga tushadigan tarqoq radiatsiya bilan to‘g‘ri radiatsiya qo‘shilmasi nimani hosil qiladi?
O‘rta Osiyo o‘lkasining qaysi hududida yalpi radiatsiya 1 kvadrat santimetr yuzaga 150 kilokaloriya issiqlikka teng?
O‘rta Osiyodayilning qaysi faslida to‘g‘ri radiatsiya miqdori katta bo‘ladi?
Havo massalari deb nimaga aytiladi?
O‘rta Osiyo iqlimining shakllanishida qaysi havo massalarining faol ishtiroki mavjud?
Arktika havo massalari O‘rta Osiyo o‘lkasining shimoliy- sharq tomonidan qaysi hudud orqali kirib keladi?
G‘arbdan va shimoliy- g‘arbdan, Volgabo‘yi va Sharqiy Yevropa tekisligidan qaysi havo massalari kirib keladi?
Bu havo massalari sovuq, quruq va tiniq bo‘ladi. Gap qaysi havo massasi haqida?
Mo‘tadil havo massalarining asosiy xususiyati- bu …
Turli xususiyatlarga ega havo massalari bir- biri bilan tutashgan joylarda hosil bo‘ladigan oraliq zona nima deyiladi?
Front zonasi qaysi havo massasining kuohli ekaniga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
Siklonlar deb nimaga aytiladi?
Front zonasida atmosfera bosimi markazdan atrofga tomon kamayib boradigan, shamollar soat strelkasi harakati yo‘nalishida esadigan havo girdoblari- bu …
Yilning salqin faslida Sharqiy Sibir va Markaiy Osiyo hududiga atmosferada qanday havo massasi vujudga keladi?
Sibir antisiklonining juda katta g‘arbiy tarmog‘i O‘rta Osiyo o‘lkasining qaysi hududlarini egallaydi?
O‘rta Osiyo o‘lkasida siklonlar qaysi hududdan boshlanadi?
O‘rta Osiyo o‘lkasida uzoq vaqt davom etadigan yoz oylarida qaysi havo massasi tarkib topadi?
O‘rta Osiyo hududida yoz oylarida havo bosimi qanday bo‘ladi?
Termik depressiya- bu …
Yoz oylarida O‘rta Osiyoga salqin havoning kirib kelishi haroratni qisqa vaqtga qancha haroratga pasaytirishi mumkin?
O‘rta Osiyo tog‘lari iqlimiga xos bo‘lmagan xususiyatni aniqlang.
Tog‘ga ko‘tarilgan sari …
O‘rta Osiyo hududi qanday iqlimiy kichik o‘lkalarga ajratiladi?