O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi va relyefi mavzusidan test savollari
Geologik vaqt- bu …
Geologik vaqt hisobi nima deyiladi?
Geologik sananing yirik bosqichlari- eonlarni toping.
Cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy xususiyati nimada?
Tog‘ jinslarining nisbiy yoshi qanday aniqlanadi?
Ma’lum bir tog‘- jinsining hosil bo‘lishidan hozirgacha o‘tgan vaqt uning … deb ataladi.
Tog‘- jinslarining yoshi hozirgi paytda asosan qanday usul bilan aniqlanmoqda?
Uran moddasi vaqt o‘tishi bilan bir xil tezlikda parchalanib, undan qaysi elementlar hosil bo‘ladi?
100 gramm urandan 74 million yil davomida nima hosil bo‘ladi?
Tarkibida uran bo‘lmagan tog‘ jinslarining yoshi qaysi usullar yordamida aniqlanadi?
Mezozoy erasida hosil bo‘lgan tog‘ tizmalarini aniqlang.
Kimmeriy, Lamariy va Nevadiy tog‘ hosil bo‘lish bosqichlari qaysi erada sodir bo‘lgan?
Quyidagi tog‘ tizmalaridan qaysi biri nisbatan yoshroq, ya’ni keyin paydo bo‘lgan?
Kaynozoy erasi davrlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob qaysi?
Quyidagi davrlardan qaysi biri fanerozoy eoniga kirmaydi?
Arxey va proterozoy erasida O‘rta Osiyo hududi …
Qaysi eradan O‘rta Osiyoni qoplab yotgan Tetis dengizi ichida katta- kichik orollar ko‘rinishidagi quruqliklar hosil bo‘la boshlagan?
Qozog‘iston pasttog‘larining g‘arbiy qismi va Shimoliy Tyanshan tog‘lari qaysi tog‘ hosil bo‘lish bosqichida ko‘tarilgan?
Paleozoy erasida quyidagi qaysi tog‘lar hosil bo‘lgan?
Mezozoy erasida …
Qaysi davrda iqlim juda quruq bo‘lib, natijada o‘rmonlar yo‘qolib ketgan?
O‘rta Osiyo geologik tarixining qaysi davrida dengiz yana qayta bostirib kelgan, tog‘lar yemirilib, pasayib qolgan?
Mezozoy erasining o‘rtalarida …
Qaysi tog‘ burmalanishi davrida janubdagi baland tog‘larning hosil bo‘lishi natijasida O‘rta Osiyo Hind okeanidan to‘silib qolgan?
O‘rta Osiyo hududida juda ko‘p yer qimirlashlari sodir bo‘lishining asosiy sababi nimada?
Kuchsiz zilzilalar yiliga necha marta sodir bo‘ladi?
2008- yili qaysi hududda kuchli zilzila bo‘lib o‘tdi?
Toshkent shahrida qachon falokatli zilzila sodir bo‘lgan?
O‘rta Osiyo hududidagi falokatli zilzilalar va ularning sodir bo‘lgan yili to‘g‘ri berilgan javobni toping.
1) Dushanbe; 2) Ashxabod; 3) Gazli; 4) To‘xtag‘ul; 5) Qozonjiq
a) 1930- yil; b) 1946- yil; c) 1948- yil; d) 1976- yil; e) 1992- yil
Olmaliq shahri atrofida XX asrning 30- yillarida qancha qadimgi kon izlari va qoldiqlari aniqlangan?