O‘rta Osiyo o‘lkasining umumiy geografik tavsifi mavzusidan test savollari



O‘rta Osiyo o‘lkasining qaysi qismini osmono‘par baland tog‘lar egallagan?

O‘rta Osiyo tabiiy- geografik o‘lkasining iqlimi qanday?

O‘lkaning qishi ancha sovuq. Eng past harorat -50°C mintaqaning qaysi qismida kuzatilgan?

O‘rta Osiyodagi eng issiq harorat qayerda kuzatilgan?

Termiz shahrida eng yuqori harorat qanchaga yetgan?

O‘rta Osiyo o‘lkasining eng shimoliy nuqtasi …

O‘rta Osiyo o‘lkasining eng janubiy nuqtasi …

O‘rta Osiyo o‘lkasining eng sharqiy nuqtasi …

O‘rta Osiyo o‘lkasining eng g‘arbiy nuqtasi …

O‘rta Osiyo hududi shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qancha masofaga cho‘zilgan?

O‘rta Osiyo o‘lkasi quyida berilgan qaysi geografik hududlar bilan deyarli bir xil geografik kenglikda joylashgan?

O‘rta Osiyo o‘lkasiga eng yaqin okean qaysi?

O‘rta Osiyoning shimoliy- g‘arbiy, shimoliy va shimoliy- sharqiy chegaralarini aniqlash juda murakkab. Bu yerdagi chegarlarni aniqlashda qanday usuldan foydalaniladi?

O‘lkaning eng shimoliy nuqtasi qaysi geografik hududga to‘g‘ri keladi?

O‘rta Osiyoni alohida tabiiy- geografik o‘lka sifatida ajratishga asos bo‘ladigan o‘ziga xos tabiiy xususiyatlar qancha?

O‘rta Osiyo o‘lkasiga eng yaqin okeangacha bo‘lgan masofa qanchani tashkil etadi?

O‘rta Osiyo o‘lkasining tog‘larida o‘rtacha yog‘in miqdori qancha?

O‘rta Osiyo hududida ilk yirik davlatlarning tashkil topgan davri qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Qadimgi davlatlar va ularning tashkil topgan hududi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

1) So‘g‘diyona; 2) Baqtriya; 3) Marg‘iyona

a) Amudaryoning o‘rta oqimi; b) Xorazm va Murg‘ob vohasi;

c) Zarafshon vodiysi

O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki ma’lumotlar kimlarning asarlarida uchraydi?

O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishning 1- bosqichi qaysi davrni o‘z ichiga oladi?

“Buyuk ipak yo‘li” qaysi davrda asosiy savdo yo‘li hisoblangan?

“Buyuk ipak yo‘li” mavjud bo‘lgan vaqtda O‘rta Osiyo tabiatini qayerlik olimlar o‘rgandilar?

Xitoy sayyohi Chjan- Syan 13 yil davomida (miloddan avvalgi 138- 126- yillar) o‘lkaning qaysi hududlarini o‘rgangan?

Qaysi olim 16 yil davomida Tyanshan, Yettisuv, Chu vodiysi, Toshkent, Samarqand va Pomir tabiatini o‘rganib, muhim geografik asar yozib qoldirgan?

Mashhur arab olimlari va ularga tegishli bo‘lgan asarlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

1) Hasan Ali Mas’udiy; 2) Abu Is’hoq Istaxriy; 3) Yoqut ibn Abdulla;

a) “Iqlimlar kitobi”; b) “Mo‘jam ul- buldon”;

c) “O‘rta Osiyo va Kavkaz geografiyasi haqida asar”

O‘rta Osiyo geografiyasiga asos solgan alloma kim?

Abu Rayhon Beruniy tomonidan dunyoning ilk globusi qachon yasalgan?

Muso al- Xorazmiyning “Yer tasviri” asari o‘z zamonasining eng mukammal geografik asaridir. Bu asar 1878- yili qaysi tilga tarjima qilingan?

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?