Yevrosiyo. Yevrosiyo materigining umumiy geografik xususiyatlari mavzusidan test savollari



Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri Yevrosiyo materigi uchun xos emas?

Yevrosiyoda uchraydigan lianalarning uzunligi qanchaga yetishi mumkin?

Yevrosiyoda qor chizig‘i eng balanddan (6400 metr) o‘tgan joy qaysi?

Yevrosiyo quyidagi qaysi xusisyatga ko‘ra jahonda 1- o‘rinda turadi?

Yevrosiyo materigi quruqlik maydonining qancha qismini tashkil etadi?

Osiyo qit’asining maydoni Yevropa qit’asiga nisbatan qanchaga katta?

Yevropa va Osiyo so‘zlari qaysi xalq tilidan kelib chiqqan?

Yevrosiyoning qaysi okeandagi sohillarida zanjirsimon ulanib ketgan orollar halqasi mavjud?

Yevrosiyo materigining chekka nuqtalaridan hisoblansa, shimoliy qutbga necha gradus qoladi?

Qadimgi yunon olimi, tarixchi va geograf Gerodot qaysi yillarda yashab ijod etgan?

O‘rta Osiyo va arab geografiyasiga asos solgan mashhur olim kim?

Al-Xorazmiy boshchiligida-gi qancha olimlar o‘sha davrda «Jahon xaritalari»ni tuzishgan?

Al- Xorazmiyning “Jahon xaritalari” asosida yaratgan asari qaysi?

Beruniy qaysi daryo misolida “daryolar keltirayotgan tog‘ jinslarining massasi (katta- kichikligi) suv oqimining tezligiga to‘g‘ri proporslonal ekanligini isbotladi?

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari qaysi hududlarning aholisi, xo‘jaligi haqidagi qimmatli ma’lumotlardan iborat?

O‘rta osiyolik olimlarning dunyo ilm- fani, xususan, geografiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini tarannum etuvchi “Sayyoh olimlar” asari kimga tegishli?

Ashxabodda qaysi yili kuchli zilzila ro‘y bergan?

2004- yili qaysi mamlakatda kuchli zilzila sodir bo‘ldi?

Yevrosiyoning qaysi hududlaridan temir magmatik tog‘ jinslaridan qazib olinadi?

Sharqiy Yevropa platformasidagi Kursk magnit anomaliyasi temir rudasi koni qanday tog‘jinslaridan hosil bo‘lgan?

Yevrosiyodagi yirik olmos konlari qaysi hududlarda tarqalgan?

Turli qimmatbaho zangori sapfir (ko‘k yoqut), qizil yoqut konlari qaysi hududlarda mavjud?

Yevrosiyoning qaysi hududi neft va gaz zaxiralariga boyligi bilan ajralib turadi?

Yevrosiyoning asosiy relyef shakllari egallagan maydonlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

Yevrosiyoning eng keksa tog‘lari qaysilar?

Harakatdagi eng baland (4750 metr) vulqon hisoblanadigan Klyuchi Sopkasi vulqoni qayerda joyiashgan?

Dunyodagi eng baland (8848 metr) Everest (Jomolungma) cho‘qqisi qaysi tog‘ tizmasida joylashgan?

Yevrosiyo materigining eng past joyi o‘lik dengiz hisoblanadi. U dengiz sathidan qancha pastda joylashgan?

Muz bosish bosqichlaridagi muzlar shimoldan Rossiya tekisligidagi … shahrigacha yetib kelgan.

Oltoy tog‘laridagi vodiy muzligining uzunligi qanchaga yetadi?