Yerning havo qobig‘i - atmosfera mavzusidan test savollari
Atmosfera bo‘lmaganida, Yer yuzi kunduzi … gacha qizib, tunda esa … gacha sovib ketar edi.
Havodagi gazlarning tarkibi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
Atmosferaning yuqori chegarasi qanday balandlikdan o‘tkaziladi?
Atmosferaning qaysi qatlamida bulutlar paydo bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi, ob- havo o‘zgarib turadi?
Troposferaning o‘rtacha qalinligi qancha?
Yuqoriga ko‘tarilgan sari har 1000 metrda harorat o‘rtacha qanchaga pasayadi?
Qaysi qatlamning yuqori chegaralaridan boshlab havo harorati isib boradi?
Atmosferaning qaysi qatlamida qutb yog‘dulari, “yulduz uchishi” hodisalari kuzatiladi?
Termometr qanday asbob?
Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi meteorologik stansiyalarda ob- havo qanday tartibda o‘lchanadi?
Termometr qanday tartibda o‘rnatiladi?
Havo harorati qaysi paytda eng issiq bo‘ladi?
Amplituda deb nimaga aytiladi?
Toshkentda yillik amplituda qanchaga teng?
Dengiz bo‘yida 1 kub metr havoning og‘irligi qanchaga teng?
Agar bolalar kafti 50 kub santimetr bo‘lsa, unga havo qancha kuch bilan bosadi?
Havoning Yer yuzasiga va undagi barcha narsalarga bergan bosimi nima deyiladi?
Nima sababdan odam havo bosimini sezmaydi?
Odam qancha balandlikka ko‘tarilsa, unda nafas qisilish, bosh aylanish holatlari kuzatiladi?
Havo bosimini o‘lchaydigan asbob nima deb ataladi?
Aneroid - bu …
O‘zbekistondagi eng issiq harorat qayerda kuzatilgan?
Normal armosfera bosimi qanchaga teng?
Toshkentda havo harorati 0^\circ C bo‘lganida simobli barometr 720 millimetr simob ustunini ko‘rsatmoqda. Toshkentning dengiz sathidan balandligi qanchaga teng?
Havoning gorizontal harakatiga nima deyiladi?
Bir kecha- kunduzda o‘z yo‘nalishini ikki marta o‘zgartiradigan shamollar nima deb ataladi?
Musson shamollariga taalluqli bandni toping.
Musson shamollari qaysi o‘lkalarda kuchli bo‘ladi?
Bizning mamlakatimizga yog‘inlarni qaysi shamollar olib keladi?
Shamolni o‘lchashga oid bo‘lgan asboblarni toping.