O‘zbekiston hayvonot dunyosi mavzusidan test savollari



Hozirgi vaqtda qaysi qushlarni ovlash taqiqlangan?

1) chayka; 2) qiziltomoq; 3) tog‘ g‘ozi; 4) pingvin; 5) turna;

6) oq yonoqli kazarka; 7) qur; 8) oqqush; 9) o‘rdak;

O‘zbekiston hududida qushlarning qancha turi mavjud?

Buxoro bug‘usi qaysi qo‘riqxonada boqilmoqda?

Amerika qit’asidan O‘zbekistonga qaysi hayvonlar keltirilib iqlimlashtirilgan?

1) oq amur; 2) ondatra; 3) nutriya;

4) ilonbosh baliq; 5) sirtlon; 6) norka;

Qaysi hayvonlar tutqunlikka yaxshi chidaydi va ko‘payadi?

1) qorsoq; 2) dengiz cho‘chqalari; 3) bo‘rsiq; 4) oqsichqon;

5) suv ayg‘iri; 6) quyon; 7) xomak; 8) suvsar;

Cho‘llarda yashaydigan hayvonlarni belgilang.

1) bulduruq; 2) morxo‘r; 3) qorabag‘ir; 4) iskabtopar; 5) sug‘ur; 6) charx ilon;

7) dumparast; 8) qorsoq; 9) meshkopchi; 10) uzunquloq;

Ko‘krak qafasi, qovurg‘alar, to‘sh suyagi, tovon suyagi qaysi hayvonlarga xos?

1) kashalot; 2) sayg‘oq; 3) zag‘cha; 4) urchuqsimon kaltakesak;

5) gekkon; 6) daraxt baqasi; 7) pingvin;

Tog‘oldi dashtlarida yashovchi sutemizuvchilarni aniqlang.

1) bo‘rsiq; 2) qorsoq; 3) oqquyruq; 4) yerqazar; 5) olaxurjun; 6) ko‘rsichqon;

Quyidagi qushlarning qaysi birlari “Qizil kitob”ga kiritilgan?

1) qirg‘iy; 2) zag‘cha; 3) qoralaylak; 4) bedana;

5) qumchumchuq; 6) oqlaylak; 7) ukki;

Qizilqum cho‘lida quyida berilgan hayvonlardan qaysi biri yashaydi?

Boshqa joylarda deyarli uchramaydigan, O‘zbekiston hududida tarqalgan hayvonlar guruhi berilgan qatorni aniqlang.

1) qum bo‘g‘ma iloni; 2) kapcha ilon; 3) burgut; 4) ingichka barmoqli qo‘shoyoq;

5)yo‘rg‘a tuvaloq; 6) ko‘k sug‘ur; 7) tasqara;

O‘zbekiston hududida tarqalgan bo‘lib, boshqa joylarda deyarli uchramaydigan hayvonlar qatorini belgilang.

1) Orol baqa balig‘i; 2) soxta kurakburun baliq; 3) Turkiston agamasi;

4) Turkiston gekkoni; 5) qum bo‘g‘ma iloni; 6) ingichka barmoqli qo‘shoyoq;

7) ko‘k sug‘ur;

Odamlar qaysi uy hayvonidan dorivor zardob ishlab olishda foydalanadi?

O‘zbekistonda birinchi marta hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab bergan olimni aniqlang.

Ondatraning vatani qayer?

Cho‘ldagi qaysi hayvonlar umurtqalilar orasida ko‘pchilikni tashkil etadi?

Mo‘ynali hayvon ondatra yiliga necha marta, nechtagacha bolalaydi?

Ko‘plab ovlanishi va daryo o‘zanlarini o‘zgartirish tufayli Sirdaryo va Amudaryo atrofidagi to‘qaylarda qaysi hayvon butunlay yo‘qolib ketgan?

O‘zbekistonda nutriya ... boqiladi.

O‘zbekistonning qoyali tog‘larida ... yashaydi.

O‘zbekistonda maxsus ruxsatnoma bilan ovlanadigan hayvonlarni aniqlang.

1) jayron; 2) ondatra; 3) tuvaloq; 4) ko‘k sug‘ur; 5) chiyabo‘ri;

6) qirg‘ovul; 7) sayg‘oq; 8) kaklik; 9) tulki; 10) bo‘ri;

O‘zbekistonda jayronlar ko‘paytiriladigan qo‘riqxona qaysi viloyatda va qachon tashkil etilgan?

O‘zbekistonda maxsus litsenziya bilan qanday hayvonlar ovlanadi?

O‘zbekiston “Qizil kitob”ining hayvonlarga (1) va o‘simliklarga (2) bag‘ishlangan ikkinchi jildiga nechta tur kiritilgan?

a) 163; b) 301; c) 63; d) 184