Sutemizuvchilarning tuzilishi mavzusidan test savollari
Sutemizuvchi hayvonlarda moddalar almashinuvining jadalligi organizmda qaysi sistemaning yaxshi rivojlanganligi bilan bog‘liqligini belgilang.
Itning bel umurtqalarining sonini belgilang.
Sutemizuvchi hayvonlarning kurak suyaklariga qaysi suyaklar kelib birikkan bo‘ladi?
1) bitta o‘mrov suyagi; 2) 2 ta o‘mrov suyagi;
3) bitta ko‘krak tirgak suyagi; 4) 2 ta ko‘krak tirgak suyagi;
5) pastki jag‘ suyagi; 6) to‘sh suyagi;
7) bilak va tirsak suyagi;
Ko‘p kamerali murakkab oshqozonga ega bo‘lgan sutemizuvchi hayvonlar guruhini aniqlang.
1) zebra; 2) arxar; 3) qulon;
4) bug‘u; 5) karkidon; 6) jirafa;
7) ot; 8) to‘ng‘iz;
Sutemizuvchilarning oldingi oyoq kamari skeleti qanday suyakdan iborat va unga qaysi suyaklar birlashgan?
Itlarda qaysi suyak rivojlanmagan va qanday bez yo‘q?
Itning tanasi nima hisobiga soviydi?
Itning oldingi oyoq kamari qanday suyaklardan iborat?
Umurtqalilarning qaysi sinfidan boshlab ikkita qon aylanish doirasi hosil bo‘ldi?
Umurtqali hayvonlarda bosh miya qachon ko‘p rivojlanadi?
Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarni ba‘zi xarakterli belgilarini aniqlang.
1) qoziq tishlari rivojlangan; 2) oziq, tishlari rivojlangan;
3) oshqozoni to‘rt kamerali; 4) oshqozoni bir kamerali;
5) bo‘yin, dum, oyoqlari kalta; 6) bo‘yin, dum, oyoqlari uzun;
Itlarning tanasi qaysi organlar sistemasining faoliyati ta‘sirida soviydi?
Kloakaga ega bo‘lmagan hayvonni aniqlang.
Oshqozoni murakkab tuzilmagan, ammo ko‘richak o‘simtasi juda uzun bo‘lgan hayvonlarni aniqlang.
Ularning ko‘pchiligida hid bilish kuchsiz, ba‘zilarida mutlaqo bo‘lmaydi, ammo eshitish a‘lo darajada. Ushbu so‘zlar qaysi hayvonlarni tavsiflamoqda?
Sutemizuvchilar bosh miyasining qaysi qismida katta yarim sharlar po‘stlog‘iga o‘xshash burmalar bo‘ladi?
Sutemizuvchilar suyaklarining tuzilishi ularning … mos tuzilgan.
Qaysi sutemizuvchilarda oshqozonda hazm bo‘lmagan oziq chuvalchangsimon o‘simtada hazm bo‘ladi?
Faqat sutemizuvchilarga xos belgilarni aniqlang.
1) tanasi jun bilan qoplangan; 2) yuragi to‘rt kamerali;
3) ko‘krak bo‘shlig‘i qorin bo‘shlig‘idan to‘siq bilan ajralgan;
4) bolalarini sut bilan boqadi; 5) tirik bola tug‘adi; 6) tana harorati doimiy;
Itlarning oshqozoni … bo‘ladi.
Diafragma to‘sig‘i bor hayvonlar guruhi qaysi qatorda berilgan?
Sutemizuvchilarning ko‘zlari …
Sutemizuvchilarning terisi orasida soch xaltachasining rivojlanishi qaysi to‘qimalar hosilasi hisoblanadi?
It bosh miyasining qaysi bo‘limlarida burmalar bo‘ladi?
Itlar qaysi tishlari bilan suyaklarni g‘ajib maydalaydi?
Qoramolning ayirish sistemasi a‘zolarini tartib bilan joylashtiring.
1) siydik chiqarish nayi; 2) buyrak;
3) siydik yo‘li; 4) qovuq;
It nafas olganda …
1) qovurg‘alar oralig‘i, diafragma muskullari qisqaradi;
2) muskullar bo‘shashadi;3) qovurg‘alar oldinga va yon tomonga suriladi;
4) diafragma qorin bo‘shlig‘iga suriladi; 5) diafragma ko‘tariladi;
6) qovurg‘alar tushadi; 7) ko‘krak qafasl kengayadi;
8) ko‘krak qafasi torayadi; 9) havo o‘pkaga kiradi;
10) havo o‘pkadan chiqadi.
Itning umurtqa pog‘onasi bo‘limlarini tartib bilan joylashtiring.
1) ko‘krak; 2) bo‘yin; 3) bel;
4) dum; 5) dumg‘aza;
Sutemizuvchilarning oldingi oyoq kamari skeleti … hosil bo‘lgan.
… sistemalarining mukammal rivojlanganligi tufayli sutemizuvchilar tanasida moddalar almashinuvi juda jadal boradi.