Qushlarning tuzilishi mavzusidan test savollari



Qushlarning qanotlarini ko‘tarishda bevosita ishtirok etuvchi muskullarni belgilang.

Qaysi hayvonda faqat quymich bezi yaxshi rivojlangan?

Qush skeletida kil deb ataluvchi suyagi bor. Uning vazifasi nimadan iborat?

Qush qanotlarini ko‘tarilishini ta‘minlaydigan muskullar nomi nima?

Qushning yer yuzidan ko‘tarilishiga, yerga qo‘nayotganda urilishini kamaytirishga qaysi suyak yordam beradi?

Jig‘ildon qushlarda qanday vazifani bajaradi?

Qushning qaysi umurtqalari o‘zaro qo‘shilib o‘sgan?

Uchayotgan kaptarning yuragi minutiga necha marotaba qisqaradi?

Qushlardagi ko‘krak muskullarining asosiy vazifasini ko‘rsating.

Qushlarning og‘iz bo‘shlig‘ida qaysi organlar joylashgan?

Qushning orqa oyoq kamari umurtqa pog‘onasining qaysi bo‘limlari bilan qo‘shilib o‘sadi?

1) ko‘krak; 2) bel; 3) bo‘yin; 4) dumg‘aza;

5) dum umurtqalarining barchasi; 6) 2- va 3- dum umurtqasi;

7) 1- dum umurtqasi; 8) ko‘krak umurtqasining oxirgi qismi

Qush skeletining qaysi qismlari uch juft suyakdan tashkil topgan?

1) dumg‘aza; 2) orqa oyoq suyaklari; 3) oldingi oyoq kamari;

4) bosh skeleti; 5) ko‘krak tirgak suyagi; 6) orqa oyoq kamari

Qushlardagi qaysi qobiliyat boshqa hayvonlarga nisbatan yaxshi rivojlangan?

Qushlarning sezgi organlaridan qaysi biri sust rivojlangan?

Sezgi organlardan qaysi biri qushlarda sust rivojlangan?

Qushlarda havo xaltachalari nafas olishdan tashqari yana qanday vazifani bajaradi?

Qushlarning oyoq skeleti qaysi suyaklardan iborat bo‘ladi?

1) son; 2) boldir; 3) bilak;

4) tirsak; 5) ilik; 6) barmoq;

7) chanoq; 8) yelka; 9) tovon

Qushlar bosh miyasining qaysi qismlari yaxshi rivojlangan?

1) katta yarimsharlar; 2) o‘rta miya;

3) uzunchoq miya; 4) miyacha;

5) oraliq miya

Qushlarning patlari qanday oqsildan iborat?

Egarsimon umurtqalar qushlar tanasining qaysi qismida bo‘ladi?

Qushlar shoxga qo‘nganda, barmoqlari siqilib, shoxni mahkam ushlab turishi nimaga bog‘liq?

Qush uchganda eng ko‘p og‘irlik qaysi suyakka tushadi?

Qushlar ovqat hazm qilish sistemasining qaysi qismida ozuqasi maydalanadi?

Qushlardagi ko‘rish do‘mboqchasi bosh miyaning qaysi bo‘limida joylashgan bo‘ladi?

Shartli reflekslar tez va oson hosil bo‘ladigan qushlar to‘g‘ri joylashtirilgan qatorni belgilang.

Nima hisobiga qushlarning patlari yog‘lanib turadi?

Qushlarda havo xaltachalari qayerda joylashgan?

Qushning qaysi qismlari terining ustki qatlamida hosil bo‘lgan?

Qushdagi qanotlar kamari necha juft suyaklar va qaysi suyaklardan tashkil topgan?

Qushlar qanday holatda bir minutda necha marta nafas oladi va yuragi uradi?

1) tinch turganida; 2) uchayotganda

a) 165; b) 26; c) 400; d) 550