Baliqlar sinfi mavzusidan test savollari
Baliqlardagi suzgich pufakning asosiy vazifasini ko‘rsating?
Qaysi baliqning suzgich pufagi butun hayoti davomida ichak bilan birikkan bo‘ladi?
Okun balig‘ining qorin aortasidagi qon qaysi organga boradi?
Baliqlarning bosh miyasi necha bo‘limdan iborat?
Okunning umurtqa pog‘onasi nechta?
Qaysi suzgich qanotlari baliq tanasini mustahkam tutib turishga yordam beradi?
Baliqning jabra lichinkasi qanday vazifani bajaradi?
Baliqlarning juft suzgich qanotlari qanday ahamiyatga ega?
Daryo okunining oldinga harakatlanishida qaysi suzgich qanoti asosiy rol o‘ynashini belgilang?
Baliqning ozuqasi dastlab qayerda parchalanadi?
Baqaning ko‘zi nima bilan himoyalangan?
Zog‘orabaliqning umurtqa pog‘onasi nechta umurtqa suyagidan iborat?
Baliqlarda nafas olish funksiyalarini bosh miyaning qaysi qismi boshqaradi?
Treskasimonlar turkumiga kiruvchi baliqlarni toping:
1) nalim; 2) plotva; 3) piksha; 4) gorbusha;
5) osyotr; 6) salaka; 7) leshch; 8) navaga;
Suvning yo‘nalishini va oqim kuchini baliqlarning qaysi sezgi organi qabul qiladi?
Daryo okunining qaysi suzgich qanotlari toq bo‘lishini belgilang?
1) orqa; 2) anal; 3) qorin; 4) dum; 5) ko‘krak;
Doimo suvda yashaydigan umurtqali sovuq qonli hayvonni belgilang?
Okun balig‘ida qaysi suyaklar yaxshi rivojlanmagan?
Baliqdagi suzgich pufagining asosiy vazifasi nimadan iborat?
Ta’m bilish hujayralari baliqning qaysi qismida joylashgan?
1) og‘iz; 2) suzgich qanotlari; 3) halqum; 4) tana yuzasida; 5) qizilo‘ngachda;
Baliqlarning qaysi birida suzgich pufagi bo‘lmaydi?
Baliqlarning qon aylanish sistemasi qanday qismlardan iborat bo‘ladi?
1) jabra; 2) yurak; 3) aorta; 4) muskul; 5) arteriya; 6) vena; 7) kapillyar;
Baliqning yurak qorinchasidan chiqadigan qon qanday izchillikda oqib, yurak bo‘lmasiga kelib quyiladi?
1) orqa aorta; 2) qorin aorta; 3) jabra arteriyasi; 4) kapillyar; 5) vena; 6) arteriya;
Baliqlar yordamida uzoq joylarga tarqaladigan hayvonni aniqlang?
Baliqlarning ko‘krak suzgich qanotlari qaysi suyak yordamida umurtqa pog‘onasiga birikadi?
Ilonbosh, oq yela baliqlari qaysi turkumga mansub?
Qizilqumda, Amudaryo va Zarafshon daryolari vohalarida gala bo‘lib yashaydigan bulduruqlar turkumiga mansub qushlarni aniqlang?
Zog‘orabaliqning hazm qilish tizimi a’zolarini belgilang?
1) og‘iz; 2) ichak; 3) kloaka; 4) halqum; 5)qizilo‘ngach; 6) oshqozon;
Baliqlarning qaysi organi rezonator vazifasini bajaradi?
Suyak- tog‘ayli baliqlar turkumiga xos xususiyatlarni aniqlang?
1) boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi;
2) o‘q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan;
3) boshi tanasiga nisbatan katta;
4) og‘iz teshigi boshining ostki tomonida;
5) suzgich qanotlari tikanli;
6)skeleti asosan tog‘aydan iborat;
7) o‘q skeleti xordadan iborat;
8) jabra qopqoqlari va suzgich pufagi yo‘q;
9) bosh qutisi suyak bilan qoplangan;
10) tirik tug‘adi;