Lantsetnik mavzusidan test savollari
Lansetnikning asosan qaysi belgilariga ko‘ra umurtqali hayvonlar gruppasiga kiritilganligini belgilang.
Yuragi bo‘imaydigan xordalilar tipining vakili …
Xordalilar tipining qaysi vakillari bosh suyaksizlarga kiradi.
Lansetnik asosan qaysi belgilariga ko‘ra umurtqasiz hayvonlarga o‘xshash bo‘lishini belgilang.
Lansetnikning yuragi qanday?
Lansetnikning qon aylanish sistemasi qanday va nechta qon aylanish doirasidan iborat?
Quyida ko‘rsatilgan hayvonlarning qaysi bir lansetnikning ajdodi?
Lansetnikda ichki skelet nima hisoblanadi?
Lansetnikning nerv sistemasi nimadan tuzilgan?
Lansetnikning ayrish organi vazifasini nima bajaradi?
Lansetnikning tanasi nima orqali kislorod bilan ta’minlanadi?
Lansetnikning haqiqiy xordali hayvon ekanligini aniqlagan olimni belgilang.
Lansetnikda qaysi organlar bo‘lmaydi?
1) jabra; 2) yurak; 3) ichak; 4) ko‘z; 5) bosh miya; 6) halqum;
7) ayirish sistemasi; 8) eshitish organi; 9) nerv sistemasi;
Qaysi hayvonda ko‘rish va eshitish organi bo‘lmaydi?
Lansetnikning ovqat hazm qilish sistemasi qanday organlardan tashkil topgan?
1) og‘iz; 2) halqum; 3) qizilo‘ngach; 4) oshqozon;
5) ichak; 6) kloaka; 7) anal teshigi;
Lansetniklar tuzilishining qaysi xususiyatlari umurtqasizlarga o‘xshaydi?
1) naysimon nerv sistemasi; 2) yuragining bo‘lmasligi;
3) xordaning bo‘lishi; 4) bosh miyasining bo‘lmasligi;
5) bosh miyasining borligi; 6) ayirish sistemasi;
7) muskulining tuzilishi;
Lansetnikning og‘iz teshigi necha juft paypaslagichlar bilan o‘ralgan bo‘ladi?
Lansetnikdagi ovqat hazm qilish sistemasining qaysi qismida oziq shilimshiq modda bilan kichik luqmalar hosil qiladi?
Lansetnikning ayirish sistemasi tananing qaysi qismida joylashgan?
Lansetnikda venoz qon qaysi qontomiri orqali jabraga oqadi?
Qaysi xordalilar bosh skeletsizlar hisoblanadi?
Lansetnikning jabralari … bilan qoplangan?
Lansetnikda karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qaysi qontomiri orqali jabra kapillyarlariga boradi?
Lansetnikning ayirish organi qaysi hayvonlarnikiga o‘xshash va qayerga ochiladi?
Qaysi hayvon hayotining ko‘p qismini dengiz tubidagi qumga ko‘milgan holda o‘tkazadi?
Quyida berilgan qaysi hayvonlarning qon aylanish doirasi bitta?
1) lansetnik; 2) oq sla; 3) kambala; 4) sazan;
5) triton; 6) salamandra; 7) sterlyad; 8) timsoh;
9) suviloni; 10) chiporilon;
Lansetniklar tuzilishining qaysi xususiyatlari bilan haqiqiy xordalilardan farq qiladi?
Lansetnikda qaysi a’zolar bo‘lmaydi?
1) jigar; 2) bosh miya; 3) halqum;
4) eshitish; 5) ko‘rish; 6) ichak;
Buyrakning mag‘iz qismida kalavasimon kanalcha to‘g‘rilanib, yuqoriga burilishi natijasida buyrakning qaysi qismini hosil qiladi?
Lansetnikning jabralariga qum zarralari yoki boshqa zararli moddalar kirishidan uning qaysi a’zosi himoya qiladi?