Hosilaning mexanik ma’nosi mavzusidan test savollari
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab x(t)=-t^{3}+6t^{2}+15t qonun bo‘yicha harakatlanayotgan moddiy nuqta harakat boshlangandan necha sekunddan keyin to‘xtaydi.
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab x(t)=-\frac{1}{3}t^{3}+\frac{3}{2}t^{2}+4t qonun bo‘yicha harakatlanayotgan moddiy nuqta harakat boshlangandan necha sekunddan keyin to‘xtaydi.
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab x(t)=-t^{3}+3t^{2}+9t qonun bo‘yicha harakatlanayotgan moddiy nuqta harakat boshlangandan necha sekunddan keyin to‘xtaydi?
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab x(t)=-\frac{1}{3}t^{3}+\frac{1}{2}t^{2}+6t qonun bo‘yicha harakatlanayotgan moddiy nuqta harakat boshlangandan necha sekunddan keyin to‘xtaydi?
Moddiy nuqta S(t)=\ln t+\frac{1}{16}t qonuniyat bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakatlanayapti. Harakat boshlangandan qancha vaqt o‘tgach, nuqtaning tezligi \frac{1}{8} m/s teng bo‘ladi?
Moddiy nuqta S(t)=e^{t}+\cos t+5t qonuniyat bo‘yicha harakatlanayapti. Shu nuqtaning t=0 dagi tezligini toping.
Moddiy nuqta S(t)=-\frac{1}{6}t^{3}+3t^{2}-5 qonuniyat bo‘yicha harakatlanyapti. Uning tezlanishi nolga teng bo‘lganda, tezligi qanchaga teng bo‘ladi?
Ikki moddiy nuqta S_{1}(t)=2.5t^{2}-6t+1 va S_{2}(t)=0.5t^{2}+2t-3 qonuniyat bo‘yicha harakatlanayapti. Qaysi vaqtda birinchi nuqtaning tezligi ikkinchisinikidan uch marta ko‘p bo‘lishi mumkin?
Moddiy nuqta to‘g‘ri chiziq bo‘lab S(t)=6t^{2}-2t^{3}+5 qonuniyat bo‘yicha harakatlanayapti. Uning tezlanishi 0 ga teng bo‘lgandagi oniy tezligi nimaga teng.
To‘g‘ri chiziq bo‘lab s=\frac{t^{2}}{t^{2}+3} qonuniyat asosida harakatlanayotgan jismning t=1 bo‘lgan ongdagi tezligini toping.
Moddiy nuqta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab S(t)=-\frac{1}{12}t^{4}+\frac{2}{3}t^{3}+\frac{3}{2}t^{2} qonuniyat bo‘yicha harakatlnayapti. Harakat boshlangandan qancha sekund o‘tgach, uning tezlanishi eng katta bo‘ladi?
Ushbu S(t)=4t^{2}-\frac{t^{3}}{3} qonuniyat bilan harakatlanayotgan jismning eng katta tezligini aniqlang.
Moddiy nuqta s(t)=t^{4} (km) qonuniyatga ko‘ra harakatlanayapti. Nuqtaning bo‘lib o‘tgan yo‘li 16 kmga teng bo‘lgan payrdagi tezligini (km/s) aniqlang.
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanayotgan moddiy nuqtaning tezligi v(t)=\ln t-\frac{1}{8}t (\frac{m}{s}) qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradi. Vaqtning qanday onida (sekund) nuqtaning tezlanishi nolga teng bo‘ladi?
S=t\sqrt{t} qonuniyat bilan harakatlanayotgan moddiy nuqtaning t=2 sekunddagi tezlanishini hisoblang (S metrlarda)
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab S(t)=\frac{3t+2}{t+3} qonuniyat bo‘yicha harakatlanayotgan moddiy nuqtaning t=2 sek onidagi tezligini (m/sek) aniqlang.
Ikki moddiy nuqta S_{1}(t)=2t^{3}-5t^{2}-3t (m) va S_{2}(t)=2t^{3}-3t^{2}-11t+7 (m) qonuniyatlar bo‘yicha harakatlanayapti. Bu ikki nuqtaning tezliklari teng bo‘lgan paytda birinchi nuqtaning tezlanishini (m/s^{2}) toping.