O‘zbekiston o‘simlik boyligi mavzusidan test savollari



Ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o‘simliklarni aniqlang.

1) iloq; 2) otquloq; 3) bug‘doyiq; 4) tog‘olcha;

5) esparset; 6) ismaloq; 7) kiyikpanja; 8) pista;

Ko‘chma qumlarning mustahkamlanishida qaysi o‘simliklar ishtirok etadi?

1) iloq; 2) juzg‘un; 3) qo‘ng‘irbosh;

4) selin; 5) oq saksovul; 6) shuvoq;

Parazit holda yashaydigan o‘simlikni aniqlang?

Qaysi olim O‘rta Osiyo o‘simliklar qoplamini 4 pog‘onaga bo‘lishni tavsiya etdi?

Zarafshon daryosi havzasining o‘simliklari haqida asar yozgan olimni aniqlang.

Shakli o‘zgargan yerosti poyaii o‘simliklar guruhini aniqlang.

Mevasi zeb- ziynat buyumlari tayyorlashda foydalaniladigan o‘simlikni belgilang.

Gullari pushti rangli, barglari murakkab patsimon, ko‘rinishi chiroyli bo‘lgan zaharli o‘simlikni belgilang.

Ikkita barg chiqarib, ming yillar davomida bu barglarini tashlamasdan o‘sadigan o‘simlikni toping.

Zaharli o‘simliklar guruhi berilgan qatorni aniqlang.

1) tuyaqorin; 2) bo‘tako‘z; 3) suvsumbul; 4) shashir; 5) parpi; 6) sutlama;

Gulini vazalarga solish va hidlash qat’iyan man etiladigan o‘simlik turi berilgan qatorni aniqlang.

Konserva sanoatida ko‘p foydalanish natijasida qaysi o‘simlik yo‘qolib ketish arafasida turibdi?

Kun ayni isigan paytda tukchalarida o‘yuvchi suyuqlik ajratadigan o‘simlik turini belgilang.

“Farg‘ona vodiysi o‘simliklari” kitobi qaysi olim tomonidan yozilgan?

Kishini o‘ziga jalb etadigan zaharli o‘simlik turlari berilgan qatorni aniqlang.

“Turkiston florasining ro‘yxati” nomli kitobni qaysi olim yozgan va unda Turkiston hududidagi nechta tur o‘simlik berilgan?

Flora …

Ko‘p yillik o‘tlarni belgilang.

1) toron; 2) karam; 3) andiz; 4) sutlama; 5) tugmachagul; 6) ajriq; 7) kanop;

Tubida piyozchasi bor o‘simliklarni belgilang.

1) qoraqobiq; 2) lola; 3) nargis; 4) betaga; 5) qorabargo‘t;

6) za’faron; 7) ko‘knor; 8) boychechak;

Piyozlari yordamida ko‘paytiriladigan o‘simliklarni belgilang.

1) filodendron; 2) amarillis; 3) agava;

4) giatsint; 5) kameliya; 6) nargis;

Quyidagi o‘simliklarning qaysi biri yaylovlarda uchraydi?

1) sug‘uro‘t; 2) bo‘yimodaron; 3) kamxastak;

4) sanchiqo‘t; 5) andiz; 6) itqo‘noq;

O‘zbekiston FA Botanika institutining bir guruh olimlari qaysi olim rahbarligida cho‘lda o‘sadigan o‘simliklarning anatomik tuzilishini o‘rganishgan?

Qaysi o‘simliklarning tukchalari orqali chiqadigan shira o‘yuvchanlik xususiyatiga ega?

Yaylovda tarqalgan o‘simliklar guruhini aniqlang?

Botanika fanining “oltin xazina”si nima hisoblanadi?

Respublikamizda qulupnayning qanday navlari keng tarqalgan?

1) Shryoder; 2) Farhod; 3) Zarafshon; 4) O‘zbekiston;

5) zarg‘aldoq; 6) Toshkent; 7) vatan; 8) lola;

Qaysi kitob asosan gerbariylarga asoslangan holda yozilgan?

Quyida berilganlarning qaysi birlari olmaning vatani hisoblanadi?

1) Osiyo; 2) Yevropa; 3) Shimoliy Amerika; 4) Janubiy Amerika; 5) Avstraliya;

O‘zbekisfonda o‘simliklar anatomiyasi va embriologiyasini ilmiy rivojlantirishda katta ishlar qilgan olim.

O‘yuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan shirasi tuklari orqali tashqariga chiqadigan zaharli o‘simlik turini belgilang?