Viruslar mavzusidan test savollari
Viruslar nechanchi yili qaysi olim tomonidan kashf etilgan?
Odamda uchraydigan virus kasalliklarini belgilang.
1) dizenteriya; 2) qizamiq;
3) qorin tifi; 4) gripp;
5) sil; 6) chechak;
7) vabo; 8) mozaika
O‘simlik virusi uchun xos belgilar nimalardan iborat?
Oddiy viruslar qanday molekulalardan tashkil topgan?
Viruslarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
1) tiriklik xususiyatini hujayraga kirganda namoyon qiladi;
2) hujayraviy shaklga ega;
3) hujayraviy shaklga ega emas;
4) hujayradan tashqarida ko‘payadi;
5) hujayradan tashqarida ko‘paya olmaydi;
6) bir xil nuklein kislotaga ega;
7) DNK, RNKga ega;
8) tashqi tomondan qattiq qobiq bilan o‘ralgan.
Viruslarning kelib chiqishi haqida qanday farazlar mavjud?
1) parazitlikka o‘ta moslashishi natijasida mikroorganizmlardan kelib chiqqan;
2) prokariot va bir hujayrali eukariotlardan kelib chiqqan;
3) mitoxondriya va plastidadan kelib chiqqan;
4) bakteriya genomining reduplikatsiyalanishidan kelib chiqqan;
5) normal hujayralar genomining bir qismidir.
Genomi RNKdan iborat organizmni toping.
Virus hujayraga kirganda, qanday jarayonlar sodir bo‘ladi?
1) virus genomi ikki hissa ortadi;
2) oqsil hosil bo‘ladi;
3) kapsid hosil bo‘ladi;
4) virus genomi ikki hissa kamayadi;
5) dekarboksillanish.
G‘o‘zada uchraydigan kasalliklarni ko‘rsating.
1) gommoz;
2) qorakuya;
3) mog‘or zamburug‘i;
4) vilt;
5) mozaika;
Virusning hujayraga kirishi qanday amalga oshadi?
Quyida berilganlardan qaysi birini to‘liq hayot shakli deb aytish mumkin emas?
Viruslar tiriklikka xos xususiyatlarini qachon namoyon qila oladi?
Qaysi bo‘lim vakillarining tanasi a’zolarga bo‘lingan emas?
Eng oddiy virus berilgan javobni toping.
Qaysi qushning uyasiga to‘shaydigan momiq pati yengil sanoatda foydalanish uchun yig‘ib olinadi?
Odamda uchraydigan virusga bog‘liq bo‘lmagan kasalliklarini belgilang.
1) dizenteriya; 2) gepatit;
3) qorin tifi; 4) poliomiyelit;
5) sil; 6) rak;
7) vabo; 8) mozaika
Viruslarning kattaligi (nm) qanchaga teng?
Viruslarning kelib chiqishi to‘g‘risida asosan necha xil faraz bor?
Uy hayvonlarida oqsil kasalligini qo‘zg‘atuvchi virusni qaysi olim (lar) aniqlagan?
Qoqio‘tdoshlar oilasi qaysi oilachaga bo‘linadi?
Qoqio‘tdoshlar oilasiga mansub moychechakdoshlar oilachasi to‘pguli qanday gultojibarglardan tashkil topgan?
Qaysi kasallikni qo‘zg‘atuvchi viruslar faqat jigar hujayralarida ko‘paya oladi?
Gepatit B xastaligini davolash uchun vaksina yaratishda qaysi rekombinant virusdan foydalaniladi?
Tamaki mozaikasi (1) , bakteriofag (2) va hayvonlarda oqsil kasalligini qo‘zg‘atuvchi viruslar (3) ni kashf etgan olimlarni aniqlang.
а) F. Leffler;
b) D. Ivanovskiy;
c) F. de Erell;
d) Mak Klintok
Viruslarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiluvchi oqsilni ko‘rsating.
Virus (A) va bakteriyalarni (B) larni ko‘rsating.
1) psevdomonas;
2) poliedr;
3) rizosfera;
4) NBB;
5) NCB
Bakteriyali filtrdan o‘ta olish qobiliyatiga ega bo‘lgan tuzilmani aniqlang.
Tamaki tarkibidagi qanday moddalar yurak-qontomir sistemasiga zaharli ta’sir ko‘rsatadi?
1) nikotin; 2) karbonat angidrid;
3) radioaktiv poloniy; 4) kadmiy;
5) kobalt; 6) qo‘rg‘oshin;
7) margimush.
Qaysi organizmlarda oziqlanish oziq moddalarning hujayra qobig‘i orqali shimib olinishi bilan kechadi?
Viruslar hujayradan qanday usullar bilan chiqib ketishi mumkin?