O‘simliklarning tuzilishi mavzusidan test savollari



O‘simlikdagi tolalar qanday to‘qimani hosil qiladi?

O‘simliklarning vegetativ organlarini ko‘rsating?

Shtativli lupalar narsalarni necha martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi.

Mevaning ta’mi hujayraning qaysi moddasi hisobiga har xil bo‘ladi?

O‘simliklarda uchraydigan to‘qimalar guruhini belgilang.

O‘simlikning qaysi qismi vegetativ organlar deb yuritiladi?

Chigit yuzasidagi tolalar (hujayralar) necha santimetr uzunlikda bo‘lishini belgilang.

O‘simlikning qaysi qismi asosiy to‘qimadan tashkil topgan?

1) barg; 2) yog‘ochlik; 3) gulning urug‘chisi; 4) kambiy;

5) po‘sti; 6) poyaning po‘stlog‘i; 7) to‘rsimon tolalar; 8) novda.

Quyida berilgan qaysi bir o‘simlikning o‘tkir tikani poyaning po‘stlog‘idan hosil bo‘lgan?

O‘simlik organlarini hosil qiluvchi to‘qima hujayralari qanday tuzilgan?

1) hujayralari yupqa; 2) donador sitoplazmali; 3) kichik yadroli;

4) silliq sitoplazmali; 5) yirik yadroli; 6) nozik po‘stli;

7) ikkita yadroli;8) hujayralari qalin; 9) qajin po‘stli

O‘simlik organlari tarkibiga qanday to‘qimalar kiradi?

Ikki yillik o‘t o‘simliklarni aniqlang.

1) g‘umay; 2) ajriq; 3) lavlagi; 4) yoysimonsurepka;

5) qovun; 6) arpa; 7) gulkaram; 8) sabzi

Barg, ildizning eti, poyaning o‘zagi, mevaning eti, gulning urug‘chisi- bularning barchasi qanday to‘qimadan tuzilgan?

Qaysi to‘qima hujayralaridan boshqa turdagi to‘qimalar hosil bo‘ladi?

Qaysi o‘simliklar guruhida gulqo‘rg‘onlar tangachaga aylangan?

Ko‘p yillik o‘t o‘simliklar guruhi berilgan qatorni belgilang.

1) uchqat; 2) andiz; 3) keyreuk;

4) shashir; 5) teresken; 6) g‘umay

Qaysi o‘simliklarning poyadagi barglari o‘troq bo‘ladi?

1) kamxastak, 2) jag‘-jag‘; 3) anjir;

4) bangidevona; 5) aloe; 6) eshakmiya;

7) andiz; 8) bug‘doy; 9) lola

Qaysi o‘simliklarning bargi qor tagida qishlab, bahorda yana o‘sishda davom etaveradi?

Bir yillik ikki uyli o‘t o‘simlik berilgan qatorni belgilang.

O‘simliklarning qaysi a’zolari ularni oziqlantiradi?

1) poya; 2) ildiz; 3) gul;

4) barg; 5) meva, 6) tuganak

Makkajo‘xori, bug‘doy, arpaning tuzilishidagi umumiy belgilarni aniqlang.

Quyidagi o‘simliklarning tikanlari qaysi a’zolarning o‘zgarishidan hosil bo‘lganligini juftlab ko‘rsating.

1) zirk; 2) do‘lana; 3) oqakatsiya; 4) maymunjon;

a) bargning; b) novdaning; c) yonbargning; d) po‘stloqning

Mexanik to‘qimalarni aniqlang.

Oddiy g‘o‘za ... davrida issiqlikni ko‘p talab qiladi

Qaysi sodda hayvonning diametri 1 mm bo‘ladi?

Bir turga mansub bo‘lgan va tog‘larning shimoliy yonbag‘irlarida o‘sadigan daraxtlar qaysi belgilariga ko‘ra janubiy yonbag‘irlarida o‘sadigan daraxtlardan farq qiladi?

Ildiz poyasi orqali ko‘payadigan o‘simliklarni aniqlang.

1) kartoshkagul; 2) shoyigul; 3) batat; 4) g‘umay;

5) iloq; 6) shirinmiya; 7) begoniya; 8) binafsha;

9) ajriq; 10) kartoshka.

Poliz ekinlari qaysi omillarga talabchan?

Qaysi o‘simlikning yon tomonga o‘sgan ildizlari 30 m gacha tarqaladi?

Ildizlovchi oqim bu -