Windows mavzusidan test savollari
Hujjatni, uni ochmasdan va mos dasturni ishga tushirmasdan turib tezkor qanday chop etish mumkin?
Ctrl+Shift yoki Alt+Shift tugmalar birikmasi qanday vazifani bajaradi?
Oynaning vertikal va gorizontal o‘lchamini birgalikda o‘zgartirish qanday amalga oshiriladi?
Bir mantiqiy diskdagi papkadan ikkinchi bir mantiqiy diskdagi papkaga biror fayl yoki papka sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida olib o‘tilsa nima sodir bo‘ladi?
Bitta mantiqiy disk doirasida sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tutgan holda biror fayl yoki papka bir papkadan ikkinchi bir papkaga olib o‘tilsa nima sodir bo‘ladi?
Axborotlarni qo‘shimcha parametrlar (axborot turi, hajmi, o‘lchami va o‘zgartirilgan sanasi) bo‘yicha qidirish qanday qidiruv turi hisoblanadi?
Odatda Korzinadan ob’ektlarni tiklash jarayonida ob’ektlar qayerga tiklanadi?
Qanday amal yordamida biror fayl yoki papkani korzinaga jo‘natmasdan butunlay o‘chirish mumkin?
Topshiriqlar panelini ekranning qaysi qismlariga joylashtirish mumkin?
Operatsion tizim ish stolida yorliq (ярлык) yaratish uchun qanday amallarni bajarish kerak?
Qaysi tugmalar birikmasi yordamida ob’ektlar almashish buferiga kesib olinadi?
Qaysi tugmalar birikmasi yordamida ob’ektlarning nusxasi almashish buferidan tanlangan papkaga qo‘yiladi?
Qaysi tugmalar birikmasi yordamida almashish buferiga ob’ektlarning nusxasi olinadi?
Klaviaturaning qaysi tugmasi yordamida ob’ektlarni o‘chirish mumkin?
Qaysi ob’ekt foydalanuvchining operatsion tizim bilan muloqotini ta’minlab beruvchi asosiy interfeys hisoblanadi?
Ob’yektlar kontekst menyusi qanday chaqiriladi?
Biror hujjat fayli ustiga sichqoncha chap tugmasi bilan ketma-ket ikki marta bosilsa qanday jarayon sodir bo‘ladi?
Fayllar va papkalarni ixtiyoriy tartibda belgilash uchun klaviaturaning qaysi tugmasidan foydalaniladi?
Bir guruh fayllar va papkalarni ketma-ket belgilash uchun klaviaturaning qaysi tugmasidan foydalaniladi?
Diskda o‘z nomiga ega bo‘lgan va o‘zida turli fayl ob’ektlarini va yorliqlarni jamlagan ob’ekt qanday nomlanadi?
O‘zining mos belgisiga va nomiga ega, biror dastur yoki papkaga bo‘lgan murojaatni amalga oshiruvchi ob’ekt qanday nomlanadi?
O‘zi nomi, kengaytmasi va hajmiga ega bo‘lgan u yoki bu turdagi axborotlarni o‘zida jamlagan ob’ekt qanday nomlanadi?
Tizimda o‘rnatilgan va unda ishlayotgan barcha dasturlarning yorliqlarini qayerda ko‘rish mumkin?
Bosh menyu bo‘limlarini yoki yorliqlarni (ярлык) siljitish uchun qanday amallarni bajarish kerak?
Bosh menyu bo‘limlaridan biror yorliqni (ярлык) o‘chirish uchun qanday amallarni bajarish kerak?
Bosh menyu bo‘limlariga biror dastur yoki hujjatning yorliqlarini (ярлык) qo‘shish uchun qanday amallarni bajarish kerak?
Biror dastur ta’minoti o‘rnatilganda, ayrim sozlashlar amalga oshirilganda va kompyuter ishi to‘xtab (osilib) qolganda qanday amalga bajarish tavsiya etiladi?
Kompyuter kutish rejimiga o‘tganda qanday jarayon sodir bo‘ladi?
Kompyuterni o‘chirmasdan uning ishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish rejimi qanday ataladi?
Tizimga kirishda foydalanuvchining logini va paroli to‘g‘ri kiritilsa qanday jarayon sodir bo‘ladi?