Fotoeffekt. Foton. Yorug‘lik bosimi mavzusidan test savollari
Chiqish ishi 3.31 eV bo‘lgan metal sirtidan uchib chiqqan elektronning kinetik energiyasi 6.62 eV. Tushayotgan nurning chastotasini toping (Gs). (h=6.62\cdot 10^{-34} J\cdot s)
Fotonlarining massasi elektronning tinchlikdagi massasiga teng bo‘lgan nurlanish chastotasini toping (MHz). m_e=9\cdot10^{-28} gramm.
Fotoeffektning qizil chegarasi toza kumush uchun 0.3 mkmga teng. Chiqish ishini aniqlang (eV).
Chiqish ishi 3 eV bo‘lgan metallga energiyasi 5 eV bo‘lgan foton tushganda. elektronlarning maksimal kinetik energiyasi nimaga teng bo‘ladi (eV)?
Agar rentgen trubkasi 20 kV kuchlanish ostida ishlayotgan bo‘lsa, bu trubka berayotgan rentgen nurlanishining eng kuchik to‘lqin uzunligi (nm) qanday bo‘ladi?
(h=4.1\cdot 10^{-15} eV\cdot s, c=3\cdot10^8 m/s)
Kumush uchun fotoeffektning uzun to‘lqin (qizil) chegarasi 0.29 mkm ga teng. Chiqish ishini aniqlang (J).
Metall yuza to‘lqin uzunligi 3.3\cdot10^{-7} metr bo‘lgan yorug‘lik bilan nurlantirildi. Yuzadan elektronni chiqara oladigan to‘lqinning to‘lqin uzunligi 5.5\cdot10^{-7} metr. Metal yuzadan urib chiqarilgan elektronlarning kinetik energiyasi qanday (eV)? (h=6.6.10\cdot10^{-34} J\cdot s)
To‘lqin uzunligi 0.60 mkm bo‘lgan bir jinsli yorug‘lik dastasi yuzi 5 sm^2 bo‘lgan metal plastinka sirtiga tik tushmoqda. Plastinkaning 1 sm^2 yuziga 1 sekundda 10^{12} ta yorug‘lik kvanti tik tushsa, plastinka 1 soat davomida qancha energiya oladi? (metall plastinka o‘ziga tushgan yorug‘likning hammasini yutadi deb hosiblang)
Massasi 4\cdot10^{-40} kg bo‘lgan fotonning to‘lqin uzunligini toping.
To‘lqin uzunligi 1 mm bo‘lgan fotonning massasini toping.
Monoxromatik nurlanish ta’sirida chiqish ishi 2 eV bo‘lgan metaldan uchib chiqayotgan fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi 1 eVga teng bo‘lsa, bu nurlanishning to‘lqin uzunligi qanday (nm)? (h=4.14\cdot10^{-15} eV\cdot s)
Chiqish ishi A bo‘lgan metall sirtiga tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi 4 marta kamaysa, metall sirtidan chiqayotgan elektronlarning kinetik energiyasi qanday o‘zgaradi?
100 W quvatli lampochka har minutda 3\cdot10^{21} ta foton nurlatadi. Chiqayotgan nurning to‘lqin uzunligini toping.
Tekislikning yorug‘lik qaytarish koeffitsiyenti 0.2 ga teng. Yorug‘lik nurlari tekislikka 4 mPa bosim berishi uchun uning intensivligi qanday bo‘lishi kerak?
Fotonning to‘lqin uzunligi 3 marta ortganida uning impulsi qanday o‘zgaradi?
Metalldan elektronning chiqish ishi 3 eV. Shu metall sirtiga energiyasi 2.4 eV bo‘lgan 10 ta foton tushsa, uning sirtidan nechta elektron ajrab chiqadi?
Metallning sirtiga enegiyasi 6 eV bo‘lgan foton tushdi va undan kinetik energiyasi 3 eV ga teng bo‘lgan elektron uchib chiqdi. Metall uchun chiqish ishini toping.
Chziqish ishi 2 eV bo‘lgan metallning sirtiga qanday energiyali foton tushsa, metalldan chiqqan elektronning kinetik energiyasi 4 eV bo‘ladi?
Tilla qatlam ustiga tushirilayotgan nurning chastotasi 10^9 MHz bo‘lganida anodga tomon harakatlanuvchi elektronlarni tormozlovchi kuchlanish 2 V bo‘lgan. Tilla uchun fotoeffektning qizil chegarasini toping.
Quyidagi tasdiqlardan qaysi biri to‘g‘ri emas?
Tilla qatlam ustiga tushirilayotgan nurning chastotasi 10^9 MHz bo‘lganida anodga tomon harakatlanuvchi elektronlarni tormozlovchi kuchlanish 2 V bo‘lgan. Tilla uchun chiqish ishini toping.
Ko‘zning sariq rangga sezgirligi 1.7\cdot10^{-18} W. Ko‘z sariq rangni qabul qilishi uchun unga har sekundda nechta foton tushishi kerak? (sariq rangning to‘lqin uzunligi 0.6 \mu m)
Tinch holatda turgan atom 1.2\cdot10^{-17} J energiyali fotonni yutdi. Bunda uning impulsi qanday o‘zgaradi?
Fotoeffekt tajribasi uchun chiqish ishi 3.4\cdot10^{-19} J bo‘lgan metall plastina tanlab olindi va u chastotasi 6\cdot10^{14} Hz chastotali to‘lqin bilan yoritila boshlandi. Agar tushayotgan to‘lqinning chastotasi 2 marta kamaytirilib, 1 s da plastina yuzasga tushayotgan fotonlarning soni 1.5 marta orttirilsa, 1 s ichida plastinadan ajrab chiqayotgan elektronlarning soni qanday o‘zgaradi?
Harakatdagi massasi tinchlikdagi massasidan ikki marta katta bo‘lgan elektronning de Broyl to‘lqin uzunligini toping.
To‘lqin uzunligi 6\cdot10^{-7} m bo‘lgan qizil yorug‘lik to‘lqinining energiyasi nimaga teng?
Metall sirtidan chiqayotgan elektronlarning soni quyidagilardan qaysi biriga bog‘liq emas?
Chiqish ishi 3 eV bo‘lgan metall sirtiga yorug‘lik tushishi natijasida metall sirtidan chiqqan elektronlarning kinetik energiyasi 1 eVga teng. Agar tushayotgan yorug‘lik nurining chastotasi 2 marta orttirilsa, elektronlarning kinetik energiyasi necha marta ortadi?
Qop- qora koinotda quvvati 10 W bo‘lgan nuqtaviy yorug‘lik manbai to‘lqin uzunligi 500 nm bo‘lgan nur sochadi. Odam ko‘z qora chig‘ining diametri 0.5 sm va odam agar uning ko‘zining to‘r pardasiga har sekundda 60 ta foton kelib tushsagina yorug‘likni sezadi. Odam ushbu yorug‘lik manbaini eng ko‘pi bilan qanday masofadan ilg‘ay oladi?
Fotoeffektning qizil chegarasi 18.75 nm bo‘lgan metall sirti uchun chiqish ishini toping.