Elektr sig‘imlik. Kondensator mavzusidan test savollari
A va B nuqtalar orasidagi umumiy sig‘im nimaga teng?
Agar A va B nuqtalar orasidagi kuchlanish U bo‘lsa, hamda sig‘imlar C_1>C_2>C_3>C_4 munosabatda bo‘lsa, quyidagi munosabatlarning qaysi biri to‘g‘ri?
Rasmda tasvirlangan elektr zanjiridagi kondensatorlar batareyasining umumiy sig‘imini aniqlang.
Keltirilgan sxemadagi kondensatorlar batareyasining umumiy sig‘imini aniqlang.
a sxemadan b sxemaga o‘tilganda. bitta kondensatordagi zaryad qanday o‘zgaradi?
Keltirilgan sxemadagi bir xil kondensatorlar batareyasining K kalit ulangandagi va ulanmagandagi umumiy sig‘imlari nisbatini toping.
Rasmda zaryadlanib, kuchlanish manbaidan uzilgan yassi kondensator plastinkalari orasida ipga bog‘langan, zaryadlangan sharchaning vaziyati ko‘rsatilgan. Agar plastinkalar orasidagi masofa 2 marta orttilsa, ipning og‘ish burchagi \alpha qanday o‘zgaradi?
Rasmda ko‘rsatilgan sxemadagi kondensatorlar batareyasining umumiy sig‘imini toping.
Ikkita bir xil a va b kondensatorlar qoplamalari orasining yarmi har xil usulda dielektrik bilan to‘ldirilgan va doimiy tok manbaiga rasmda ko‘rsatilgani kabi ketma- ket ulangan. Kondensatorlardagi elektr maydon energiyalarining nisbatini toping (\frac{W_a}{W_b}). (\varepsilon=2)
Rasmda tasvirlangan kondensatorlar batareyasining umumiy sig‘imini aniqlang.
Kondensatorlar batareyasining umumiy sig‘imini toping. (C_1=C_2=C_3=C_4=C)
Quyidagi sxemaning umumiy sig‘imini hisoblang.
A va B nuqtalar orasidagi umumiy sig‘imni aniqlang.
Sxemadagi kondensatorlardagi zaryadning nisbati q_1/q_2 qanday?
Rasmda ko‘rsatilgan zanjirda, C_1=6 \mu F, C_2=10 \mu F ga teng. Agar K va L nuqtalar orasidagi kuchlanish 10 V bo‘lsa, K va M nuqtalar orasidagi kuchlanish necha volt?
Quyidagi kondensatorning har birining sig‘imi C ga teng bo‘lsa, K va L nuqtalar orasidagi umumiy sig‘imni toping.
Rasmda tasvirlangan ikki elektr zanjir tarkibidagi kondensatorlar qoplamalari orasida yig‘ilgan elektr maydon energiyalarining nisbati aniqlansin (W_2/W_1).
Rasmda ko‘rsatilgan sistemadagi C_1 kondensatorda 4 \mu Kl zaryad to‘plangan bo‘lsa, C_4 kondensatorda qancha zaryad to‘plangan?
(C_1=C_2=4 nF, C_3=8 nF, C_4=2 nF)
3 \mu F va 6 \mu F kondensatorlar ketma-ket bularga parallel ravishda boshqa 8 \mu F li kondensator ulangan. Bu zanjirning umumiy sig‘imi necha \mu F ga teng?
1- rasmdagi umumiy sig‘im 2- rasmdagi umumiy sig‘imdan necha marta farq qiladi?
Qoplamalari orasdiagi masofa 2.98 sm bo‘lgan kondensatorning mana shu qoplamalarining orasi nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 2 ga teng bo‘lgan modda bilan to‘ldirilgan. Agar kondensator EYuKi 4 V bo‘lgan manbaga ulansa, qoplamalar orasidagi elektr maydon energiyasi zichligi qanday bo‘ladi?
Sig‘imi 5 \mu F bo‘lgan 50 \mu J energiyali kondensatorga qanday sig‘imdagi zaryadlanmagan boshqa kondensator ulansa, yangi kondensatorning energiyasi 2 \mu J bo‘lib qoladi?
Sig‘imlari bir xil bo‘lgan 5 ta kondensatorning 3 tasi va 2 tasi o‘zaro parallel ulanib batareta hosil qilindi va bu batareyalar ketma- ket ulangan. Agar barcha kondensatorlar parallel ulansa, umumiy elektr maydon energiyasi qanday o‘zgaradi?
80 V kuchlanish manbaiga sig‘imlari 2 \mu F va 6 \mu F bo‘lgan ikkita kondensator ketma- ket ulangan. Katta sig‘imli kondensatorning kuchlanishini toping.
Quyidagi kattaliklardan qaysi biri o‘zgarsa ham yassi kondensatorning sig‘imi o‘zgarmaydi?
Zaryadlanib, so‘ng manbadan uzilgan kondensator qoplamalari orasidagi masofa 2 marta orttirildi va ularning orasi modda bilan (\varepsilon=6) to‘ldirildi. Elektr maydon energiyasi zichligi qanday o‘zgaradi?
Zaryadlanib, kuchlanish manbaidan uzilgan kondensator qoplamalari orasiga nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 3 ga teng bo‘lgan modda kiritildi. Bunda elektr maydon energiyasi qanday o‘zgaradi?
6 V kuchlanishgacha zaryadlangan 2 \mu F sig‘imli kondensatorga 14 V kuchlanishgacha zaryadlangan 6 \mu F sig‘imli kondensator parallel ulandi. Ulanishdan keyin yangi ulangan kondensatorning zaryadi qanchaga o‘zgaradi?
Qoplamalari orasi 0.1 mm qalinlikdagi slyuda qatlami bilan to‘ldirilgan yassi kondensatorning elektr sig‘imi 1 \mu F bo‘lishi uchun qoplamalarning yuzi qanday bo‘lishi kerak? Slyudaning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 7 ga teng. (\varepsilon_0=8.85\cdot10^{-12} \frac{F}{m})
Voltmetr kuchlanish manbaiga ulangan 60 \mu F sig‘imli kondensatorga ulanganida 18 V kuchlanishni ko‘rsatdi. Agar mana shu kondensatorga 30 \mu F sig‘imli boshqa kondensator ketma- ket ulansa, voltmetrning ko‘rsatishi qanday bo‘ladi?