Elektr maydon kuchlanganligi mavzusidan test savollari
Muntazam oltiburchakning 1- va 2- uchlariga miqdoran teng +q va -q zarydlar joylashtirilgan. Oltiburchak markazida elektrostatik maydon kuchlanganligi nolga teng bo‘lishi uchun uchinchi -q zaryadni oltiburchakning qaysi uchiga qo‘yish kerak?
Parametrlari quyida keltirilgan zaryadlarning A nuqtada hosil qilgan maydon kuchlanganligini aniqlang (V/m). (q_1=3\cdot10^{-9} Kl, q_2=-3\cdot10^{-9} Kl, a=6 sm)
q_1=q_3=5\cdot10^{-19} Kl va q_2=q_4=15\cdot10^{-19} Kl bo‘lgan zarralar to‘g‘ri to‘rt burchakning diogonallari uchlariga joylashtirilgan. Uning O markazida elektr maydon kuchlanganligi noldan farqli bo‘lishi uchun to‘g‘ri to‘rt burchak tomonlarining nisbati a/b qanday bo‘lishi kerak?
Rasmda tasvirlangan plastinka zaryadining sirt zichligi 17.7\cdot10^{-9} Kl/sm^2 va unga massasi 1 g bo‘lgan zaryadlangan sharcha osilgan. Sharcha osilgan ip bilan plastinka tekisligi orasidagi burchak 45^\circ bo‘lsa, sharchaning zaryad miqdori qanday bo‘ladi?
C nuqtada modul bo‘yicha teng bo‘lgan q va -q zaryadlar hosil qilgan maydon kuchlanganligi vektori qanday yo‘nalishga ega?
Ikkita zaryadlangan shar elektr maydonlarining grafik tasviri rasmda keltirilgan. Kuch chiziqlarining yo‘nalishini hisobga olgan holda, zaryadlarning ishorasini aniqlang.
Ishoralari har xil, ammo absolyut qiymatlari bir xil bo‘lgan nuqtaviy q_1 va q_2 zaryadlar elektr maydonlarining natijaviy maydon kuchlanganliklarining A nuqtadagi yo‘nalishi qanday?
Rasmda turli muhitlarda bir nuqtaviy zaryad hosil qilayotgan elektr maydon kuchlanganligining masofaga bog‘liqlik grafiklari tasvirlangan. Muhitlarning nisbiy dielektrik singdiruvchanliklari orasidagi to‘g‘ri munosabatni toping.
Bir jinsli elektr maydondagi elektronga rasmda ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi kabi boshlang‘ich tezlik berildi. Uning keyingi harakatini tavsiflang.
Bir xil ishorali, absolyut qiymatlari ham bir xil bo‘lgan q_1 va q_2 nuqtaviy zaryadlar elektr maydonlari natijaviy kuchlanganligining markazdagi K nuqtadagi yo‘nalishi qanday?
R radiusli halqa q miqdorda zaryadlangan. Halqa o‘qidagi markazidan R masofada joylashgan nuqtada elektr maydon kuchlanganligi qanday?
Kvadrat uchlariga kattaliklari bir xil bo‘lgan nuqtaviy zaryadlar qo‘yilgan. Ularning ishoralari rasmda ko‘rsatilgan. Kvadrat markazida natijaviy maydon kuchlanganligining yo‘nalishi qanday?
Rasmda ko‘rsatilgan 2 ta nuqtaviy q_1 va q_2 zaryadlar hosil qilayotgan elektr maydon kuchlanganlik vektori A nuqtada qaysi tarafga yo‘nalgan bo‘ladi? (zaryadlarning modullari bir xil).
Rasmda qo‘zg‘almas zaryadlar hosil qilayotgan elektr maydon kuchlanganlik chiziqlari tasvirlangan. Zaryadlarni ishoralariga ko‘ra to‘g‘ri joylashtiring.
Rasmda qo‘zg‘almas zaryadlar hosil qilayotgan elektr maydon kuchlanganlik chiziqlari tasvirlangan. Zaryadlarni ishoralariga ko‘ra to‘g‘ri joylashtiring.
Radiusi r bo‘lgan yarim aylananing 5 ta nuqtasiga rasmda ko‘rsatilgani kabi 5 ta zaryad o‘zaro bir-xil masofada joylashtirildi. O nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligini toping.
Modullari bir xil, ishoralari qarama-qarshi bo‘lgan ikkita nuqtaviy zaryaddan bir xil masofada joylashgan A nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligining yo‘nalishini toping.
Maydonning bir nuqtasida q=2 nKl zaryadga 400 nN kuch ta’sir qiladi. Shu nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligini toping (V/m).
Bir- biridan 2 sm masofada q_1=0.3 \mu Kl va q_2=-0.4 \mu Kl nuqtaviy zaryadlar joylashgan. Zaryadlarni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziqning o‘rtasidagi nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligini toping.
Zaryadlangan cheksiz tekislikdan 2 m masofadagi 3 nKl zaryadga 3 mN kuch ta’sir qiladi. Tekislikning har 2 sm^2 yuzasiga nechta birlik musbat zaryad to‘g‘ri kelishini toping. (tekislik nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 20 bo‘lgan muhitda joylashgan)
Quyidagi fikrlarning qaysi biri o‘rinli?
Radiusi 2.6 sm bo‘lgan sferik sharcha 5 \mu Kl zaryadga ega. Sharcha sirtidan qanday masofada elektr maydon kuchlanganligi 18 MV/m ga teng bo‘ladi?
Musbat zaryadlangan, massali 3 g bo‘lgan metall sharcha ingichka ipga osilgan. Sharchaning zaryadi 20 \mu Kl. Sharcha yuqoriga yo‘nalgan bir jinsli elektr maydoniga kiritilganida ipdagi taranglik kuchi 3 marta kamaydi. Elektr maydon kuchlanganligini toping.
Vakuumda 4 \mu Kl nuqtaviy zaryaddan zaryaddan qanday masofada elektr maydon kuchlanganligi 2250 V/m bo‘ladi?
5 \mu Kl zaryadga elektr maydoni tomonidan 12 mN kuch ta’sir qilmoqda. Maydon kuchlanganligini toping.
Zaryad miqdori +16 nKl va +36 nKl bo‘lgan ikkita zaryad bir- biridan 40 sm masofada joylashgan. Ikkinchi zaryaddan qanday masofada (sm) ular hosil qilayotgan elektr maydon kuchlanganligi nolga teng bo‘ladi?
Ikkita +q va +9q nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofa 8 sm. Maydon kuchlanganligi nolga teng bo‘lgan nuqta birinchi zaryaddan qanday masofada joylashgan (sm)?
Cheksiz metall plastinkadan ma’lum masofada joylashgan 2 \mu Kl zaryadga 62 mN kuch ta’sir qilmoqda. Metall plastinkaning elektr maydon kuchlanganligini toping (V/m).
Agar yer sirtidagi elektr maydon kuchlanganligi 130 V/m va Yerning radiusi 6400 km bo‘lsa, yerning zaryadini toping.
Alfa zarracha bir jinsli elektr maydon kuch chiziqlariga qarama-qarshi yo‘nalishda 2\cdot10^7 m/s tezlikda kirdi va 2 m masofa o‘tib to‘xtadi. Elektr maydon kuchlanganligini toping.