Sirt taranglik. Kapillyarlik mavzusidan test savollari



Diametri 0.73 millimetr bo‘lgan, suv ho‘llaydigan kapilyar naycha suvga tushirilganda. undagi suv ustuni qancha balandlikka ko‘tariladi? (\sigma_{suv}=73\cdot10^{-3} N/m, \rho =10^3 kg/m^3, g=10 m/s^2)

Radisui 5 santimetr bo‘lgan ingichka simli halqa sovun eritmasiga gorizontal botirildi. Halqaning massasi 7488 mg. Qanday kuch yordamida halqani eritmadan ajratib olish mumkin? (\sigma_{suv}=40\cdot10^{-3} N/m, g=10 m/s^2)

Radiusi 24 mkm bo‘lgan kapilyar naychada kerosin qanday balandlikka ko‘tariladi? (\sigma_{ker}=24\cdot10^{-3} N/m, \rho =0.8\cdot10^3 kg/m^3, g=10 m/s^2)

Bir tomchi suv diametri 5 millimetr bo‘lgan vertikal shisha naychadan tushmoqda. Tomchining og‘irligini toping. (\sigma_{suv}=73\cdot10^{-3} N/m, \rho=10^3 kg/m^3, g=10 m/s^2)

Ikkita parallel plastinka (1) va kapilyar nay (2) ho‘llaydigan suyuqlikka tushirildi. Plastinkalar orasidagi masofa kapilyar nayning radiusiga teng. Ularda ko‘tarilgan suyuqlik ustunlarining balandliklari h_1 va h_2 qanday munosabatda bo‘ladi?

Diametri 2 millimetr bo‘lgan tomizg‘ichda hajmi 229.2 sm^3 bo‘lgan suv necha tomchidan iborat bo‘ladi? (\sigma_{suv}=73\cdot10^{-3} N/m, \rho =10^3 kg/m^3, g=10 m/s^2)

Diametri 1 millimetr bo‘lgan tomizg‘ichdan tomgan suv tomchisining massasini aniqlang. (\sigma_{suv}=73\cdot10^{-3} N/m, \pi=3, g=10 m/s^2)

Sirt taranglik koeffitisyenti qanday birlikda o‘lchanadi?

Ichki diametrlari 1 millimetr va 2 millimetr bo‘lgan ikkita kapilyardagi suv sathlarining farqini aniqlang (m). (\sigma_{suv}=72\cdot10^{-3} N/m, \rho =10^3 kg/m^3, g=10 m/s^2)

Ichki diametrlari 0.04 santimetr va 0.1 santimetr bo‘lgan kapilyar naychalar zichligi 800 kg/m^3 va sirt taranglik koeffitsiyenti 22 mN/m bo‘lgan suyuqlikka tushirildi. Naychalardagi suyuqlikning ko‘tarilish balandliklarining farqini toping (mm).

Ikkita kapilyar nay bor. Ikkinchisining radiusi birinchisinikidan 4 marta kichik va u sirt taranglik koeffitsiyenti 2 marta katta bo‘lgan suyuqlikka botirilsa, ikkinchi naychada suyuqlikning ko‘tarilish balandligi birinchi naydagidan necha marta kichik bo‘ladi?

Diametri 2 millimetr bo‘lgan tomizg‘ichdan uzilayotgan suyuqlik tomchisining massasi 15 mg ekanligini bilgan holda, shu suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentini toping (mN/m).

Agar suv diametri 1.8 millimetr bo‘lgan naychadan tomchilayotgan bo‘lsa, 1 sm^3 suvda nechta tomchi bo‘ladi? (\sigma =0.072 N/m)

Suv kapilyar naychada 2.8 santimetr ga ko‘tarildi. Naychaning diametrini aniqlang. (\sigma _{suv}=7\cdot 10^{-3} N/m, \rho =10^3 kg/m^3, g=10 m/s^2)

Yer sirtida joylashgan kapilyar naychada suv 24 millimetr balandlikka ko‘tariladi. Agar Oyda erkin tushish tezlanishi Yerdagidan 6 marta kichik bo‘lsa, Oyda shu naychadagi suv qanday balandlikka ko‘tariladi? (\sigma_{suv}=73\cdot10^{-3} N/m, \rho =10^3 kg/m^3)

Radisui 5 santimetr bo‘lgan ingichka simli halqa sovun eritmasiga gorizontal botirildi. Halqaning massasi 7488 mg. Qanday kuch yordamida halqani eritmadan ajratib olish mumkin? (\sigma_{suv}=40\cdot10^{-3} N/m, g=10 m/s^2)

Radiusi 24 mkm bo‘lgan kapilyar naychada kerosin qanday balandlikka ko‘tariladi? (\sigma_{ker}=24\cdot10^{-3} N/m, \rho =0.8\cdot10^3 kg/m^3, g=10 m/s^2)

Agar zichligi 0.8 g/sm^3 bo‘lgan suyuqlikning 2 millimetr diametrli kapilyar nayda ko‘tarilish balandligi 7.5 millimetr bo‘lsa, shu suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentini toping (mN/m).

Diametri 0.3 millimetr bo‘lgan kapilyarda kerosin 20 millimetr ga ko‘tariladi. Kerosinning sirt taranglik koeffitsiyentini toping (mN/m). (\rho =800 kg/m^3)

Sirt taranglik koeffitsiyentining o‘lchov birligini ko‘rsating.

1) N/m; 2) N/m^2; 3) J/m; 4) J/m^2; 5) Pa\cdot s

Agar kapilyar naylarning 1.5 millimetr diametrligi suvga, 0.5 millimetr diametrligi kerosinga tushirilsa, bu suyuqliklarning naylardagi ko‘tarilish balandliklarining nisbati h_{suv}/h_{ker} qanday bo‘ladi? (\sigma_{suv}=73\cdot10^{-3} N/m, \rho_{suv}=10^3 kg/m^3, \sigma_{ker}=24\cdot10^{-3} N/m, \rho_{ker}=0.8\cdot10^3 kg/m^3, g=10 m/s^2)

0.73 millimetr diametrli kapilyar nayda suv qanday balandlikka ko‘tariladi?(\sigma_{ suv}=73\cdot10^{-}3 N/m, \rho =10^3 kg/m^3, g=10 m/s^2).

Diametri 1 millimetr bo‘lgan tomizg‘ichdan uzilayotgan spirt tomchisining massasini aniqlang.(\sigma_{spirt}=22\cdot10^{-3} N/m, g=10 m/s^2)

Ikki parallel plastina (1) va kapilyar nay (2) ho‘llovchi suyuqlikka tushirildi. Plastinalar orasidagi masofa kapilyar nayning ichki diametriga teng. Bu sistemalardagi suyuqlik ustunlari balandliklari h_1 va h_2 lar orasidagi munosabatni aniqlang.

Teshigining diametri 1 millimetr bo‘lgan tomizg‘ichda 229.2 sm^3 suv bor. Uning sirt taranglik koeffitsiyenti 73 mN/m. Tomizg‘ichdan hammasi bo‘lib nechta tomchi tomadi? (\pi=3, g=10 m/s^2)