Foydali ish koeffitsiyenti. (FIK) mavzusidan test savollari



75 kg massali kishi FIК 0.6 bo‘lgan qo‘zg‘aluvchan blok yordamida eng ko‘pi bilan qancha yukni (kg) ko‘tara oladi?

Qiyalik burchagi \alpha bo‘lgan qiya tekislik bo‘ylab jism yuqoriga tekis harakatlantirildi. Agar ishqalanish koeffitsiyenti \mu ga teng bo‘lsa, jismni qiya tekislik bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ishning qanday qismi ichki energiyani oshirishga sarf bo‘ladi?

75 kg massali kishi FIK 0.6 bo‘lgan qo‘zg‘aluvchan blok yordamida eng ko‘pi bilan qancha yukni (kg) ko‘tara oladi.

Transporter 200 kg massali qutini 1 sekundda yuqoriga ko‘taradi. Transporter lentasining uzunligi 3 m, qiyalik burchagi 30^0. Transporter FIKi 85\%. Uning quvvatini (kW) toping.

Agar motorning quvvati 2.94 kW, qurilmaning FIK 70\% bo‘lsa, 20 m chuqurlikdagi quduqdan 2 soat davomida qancha suv (t) chiqarishi mumkin? g = 10 m/s^{2}

Ot massasi 1 tonna bo‘lgan aravani 1 km masofaga 10 minutda olib boradi. Agar aravaning harakatiga qarshilik koeffitsiyenti 0.02 ga teng bo‘lsa, ot quvvatining (kW) foydali qismini toping.

Ko‘tarish krani 10 kW quvvatli dvigatel bilan ishlaydi. Dvigatelning FIK 83\% ga teng bo‘lsa, massasi 2 t bo‘lgan yuk -50 m balandlikka qancha vaqtda (min) chiqariladi? g = 10 m/s^{2}

FIК 100\% bo‘lgan qiya tekislik kuchdan necha marta yutadi? h - balandlik. S- asos. l- uzunlik

Qiya tekislikda yukni balandlikka ko‘tarish uchun 20 J ish bajarildi. Bunda FIK 80\% bo‘lganda foydali ishni (J) toping.

Agar quvvati 21 kW bo‘lgan dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti 24\% bo‘lsa, u ikki soatda qancha yoqilg‘i sarflaydi (kg)? Yoqilg‘isining solishtirma yonish issiqlig‘i 42 MJ/kg ga teng.

Qiya tekislikning balandligi 6 sm. uzunligi 10 sm ga teng. ishqalanish koeffitsiyenti 0.3. Qiya tekislikning FIК (\%) ni baholang.

O‘zgarmas 90 km/soat tezlik bilan harakattanayotgan avtomobil 92 km yo‘lda 8 kg benzin sarfladi. Benzinning solishtirma yonish issiqligi 46\cdot10^6J/kg va motorning FIK 25\% bo‘lsa, avtomobilning foydali quvvatini aniqlang (kW).