Energiyaning saqlanish qonuni mavzusidan test savollari
Idishga suv solingan. Suv sathi balandligidagi tosh boshlang‘ich tezliksiz suvga tashlandi. Tosh suv tubiga tushish jarayonida issiqlik ajraladimi? Nima uchun?
10 m balandlikdan erkin tushayotgan 1 kg li jismning 3 m balandlikdagi potensial va kinetik energiyasini toping.
Massasi 2 kg bo‘lgan to‘p futbolchi tepganidan so‘ng vertikal yo‘nalishda 25 m/s tezlik oldi. Agarda to‘p 30 m balandlikka ko‘tarilgan bo‘lsa, havo qarshiligini yengish uchun qancha energiya sarflagan?
Agar m massali sharcha v_{0} boshlang‘ich tezlik bilan yer sirtidan yuqoriga vertikal otilgan bo‘lsa, qanday balandlikda uning kinetik va potensial energiyalari o‘zaro tenglashadi?
3 m chuqurlikdagi suvda suzib yurgan havo pufakchasining hajmi 5 mm^{3} ga teng. Agar tashqi bosim normal atmosfera bosimiga teng bo‘lsa, suv betiga qalqib chiqqan havo pufakchasining hajmi nimaga teng bo‘ladi?
Agar massasi 0.5 kg bo‘lgan futbol to‘pi 20 m balandlikdan yer sirtiga tik tushib, 5 m balandlikka sakrasa, yerga urilish vaqtida qancha energiyasini yo‘qotgan bo‘ladi? Erkin tushish tezlanishi 10 m/s^{2} deb hisoblansin.
h balandlikdan boshlang‘ich tezliksiz erkin tushayotgan jismning kinetik energiyasi yerdan qanday balandlikda potensial energiyasidan 3 marta katta bo‘ladi?
Massasi 10 kg bo‘lgan jism 10 m balandlikdan tushmoqda. Yo‘lning o‘rtasida potensial va kinetik energiyalar yig‘indisi qanchaga teng bo‘ladi? g = 10 m/s^{2}.
Berilgan tenglamalar orasidan energiyaning saqlanish qonuni ifodasini toping.
1) m_{1}v_{1}+m_{2}v_{2}+ ... = const
2) W=\frac{mv_{2}^{2}}{2}-\frac{mv_{1}^{2}}{2}
3) W = W_{k} + W_{p}= const
4) mgh_{2}- mgh
5) W = \frac{Li^{2}}{2}+ \frac{q^{2}}{2C} = const.
Yuqoriga v_{0} boshlang‘ich tezlik bilan otilgan jismning kinetik energiyasi qanday balandlikda potensial energiyasining yarmiga teng bo‘ladi?
Yuqoriga tik otilgan jismning h = 15 m balandlikdagi kinetik energiyasi shu nuqtadagi potensial energiyasining uchdan bir qismiga teng. Jism yuqoriga qanday boshlang‘ich tezlik bilan otilgan (m/s)?
Massasi 80 kg bo‘lgan chana tepalikdan sirpanib tushib, tepalik oxirida 6 m/s tezlikka erishdi. Agar tushish vaqtida uning 4160 J energiyasi issiqlikka aylangan bo‘lsa, u qanday balandlikdan tushgan?
Boshlang‘ich tezliksiz h balandlikdan erkin tushayotgan jismning potensial energiyasi yerdan qanday balandlikda kinetik energiyasidan 2 marta katta bo‘ladi?
Prujinaga osilgan yukning erkin tebranishlari to‘la mexanik energiyasi 5 J. Agar yukning Yerdan balandligi 2 marta ortsa, uning to‘la mexanik energiyasi nimaga teng bo‘ladi (J)?
Yerdan yuqoriga tik otilgan jismning h = 60 m balandlikdagi kinetik energiyasi shu nuqtadagi potensial energiyasining uchdan bir qismiga teng. Jism yuqoriga qanday boshlang‘ich tezlik bilan otilgan (m/s)?
10 balandlikdan erkin tushayotgan massasi 1 g bo‘lgan jismning 5 balandlikdagi potensial va kinetik energiyasini aniqlang.
v_{0} boshlang‘ich tezlik bilan yuqoriga tik otilgan jismning potensial va kinetik energiyalari qanday balandlikda tenglashadi? g - erkin tushish tezlanishi.
5 m balandlikdan massasi 10 kg bo‘lgan jism tushmoqda. Yo‘lning o‘rtasida potensial va kinetik energiyalar yig‘indisi qanchaga tengligini hisoblang. g = 10 m/s^{2} ga teng.
Biror m massali aravacha v tezlik bilan harakatlanib, xuddi shunday massali tinch turgan aravacha bilan absolyut noelastik to‘qnashadi. Ularning to‘qnashgandan keyingi kinetik energiyalari qanday bo‘ladi?
Vertolyot havoda muallaq turibdi. Bu holda qaysi hukmlar to‘g‘ri?
1) vaqt birligida u pastga irg‘itadigan havo massasi vertolyot massasiga teng;
2) vertolyotning va parrak pastga irg‘itayotgan havoning impulslari yig‘indisi nolga teng;
3) havo tomonidan parrakka ta’sir qilayotgan vertikal kuch vertolyotning vazniga teng.
Reaktiv samolyotga yerda 640 m uzunlikdagi uchish yo‘li talab qilinadi. Uning motorlari unga 5 m/s^{2} tezlanish bera oladi. Samolyot faqat o‘z motorlari yordamida tezligi 72 km/soat bo‘lgan aviatashuvchi kemadan uchishi uchun kema palubasining uzunligi qancha (m) bo‘lishi kerak?
Qandaydir balandlikdan tushayotgan po‘lat jismning yerga urilishidagi tezligi 50 m/s. Agar bunda kinetik energiya to‘liq ravishda jismning ichki energiyasiga aylansa, u necha gradusga isiydi? Polatning solishtirma issiqlik sig‘imi 500 J/kg\cdot K.
Jism h balandlikdan erkin tushmoqda. Uning potensial energiyasi kinetik energiyasiga teng bo‘lgan nuqtada tezligi qanchaga teng bo‘ladi?
Silliq gorizontal stolda yotgan jismga o‘zgarmas gorizontal kuch qo‘yilgan. Kuchning ta’sir vaqtida qaysi kattalik o‘zgarmaydi?
Qaysi qonun tabiatdagi jarayonlaming yo‘nalishini ko‘rsatadi?
Koptok 3 m balandlikdan yerga tushdi va yerdan qaytib ko‘tarilayotganda, 70 sm balandlikda tutib olindi. Koptokning yo‘li va ko‘chishini toping.
Jism 10 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Qanday balandlikda uning potensial va kinetik energiyalari teng bo‘ladi (m)?
Yuqoriga v_{0} boshlang‘ich tezlik bilan otilgan jismning potensial va kinetik energiyalari qanday balandlikda tenglashadi? g - erkin tushish tezlanishi.
Tosh tik yuqoriga v = 20 m/s tezlik bilan otildi. Qanday h (m) balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyasining k= 3/5 qismiga teng bo‘ladi?
Tosh tik yuqoriga v = 30 m/s tezlik bilan otildi. Qanday h (m) balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyasining k = 2/3 qismiga teng bo‘ladi?