Уравнение движения тела, брошенного под углом к горизонту mavzusidan test savollari



Gorizontga burchak ostiga otilgan jism tezligining vertikal tashkil etuvchisi qanday o‘zgaradi?

Gorizontga burchak ostida otilgan jism tezligining gorizontal tashkil etuvchisi qanday o‘zgaradi?

Gorizontga burchak ostida otilgan jismning umumiy tezligi qanday o‘zgaradi?

Jism gorozintga 60^\circ burchak ostildi. Uning harakat damidagi eng kichik tezligi 20 m/s ga teng bo‘lsa, jismning boshlang‘ich tezligini toping.

Gorizontga burchak ostida otilgan jism 45 metr balandlikkacha ko‘tarilishi uchun boshlang‘ich tezlikning vertikal tashkil etuvchisi qancha bo‘lishi kerak?

Gorizontga burchak ostida otilgan jism boshlang‘ich tezligining gorizontal tashkil etuvchisi 40 m/s. Jism ko‘pi bilan qanday balandlikkacha ko‘tarila oladi?

Snaryad stvoldan gorizontga 30^\circ burchak ostida 100 m/s tezlik bilan uchib chiqdi. Snaryadning uchish vaqtini toping.

Otilish burchagi o‘zgartirilmay, jismning boshlang‘ich tezligi 2 marta orttirilsa, uning uchish uzoqligi qanday o‘zgaradi?

Gorizontga burchak ostida otilgan jism 6 sekund parvoz qildi. Uning uchishi davomidagi eng kichik tezligi 40 m/s ga teng bo‘ldi. Jismning boshlang‘ich tezligini toping.

Ikkita jism bir xil boshlang‘ich tezlik -100 m/s tezlik bilan gorizontga 37^\circ va 53^\circ burchaklar ostida otildi. Ularning ko‘chishlari orasidagi farqni toping. (sin37^\circ=0.6; cos37^\circ =0.8).

Gorizontga burchak ostida otilgan jismning tezlanishi qanday bo‘ladi?

Gorizontga burchak ostida otilgan jismning parvoz etish vaqti 10 s. Jism qanday balandlikka ko‘tarilgan?

Jism gorizontga biror boshlang‘ich tezlik bilan arctg4 burchak ostida otildi. Uning uchish uzoqligi ko‘tarilish balangligidan qanday farqlanadi?

Gorizontga burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi ko‘tarilish balandligidan 2 marta kichik. Otilish burchagini toping.

Jism gorizontga 60^\circ burchak ostida 60 m/s tezlik bilan otildi. Qanday eng kichik vaqtdan keyin jismning tezlik vektori gorizont bilan 45^\circ burchak hosil qiladi?

Jism gorizontga 60^\circ burchak ostida 120 m/s tezlik bilan otildi. Jism umumiy tezligining vertikal tashkil etuvchisi nolga teng bo‘lgan vaqtda tezlikning gorizontal tashkil etuvchisi qanday bo‘ladi?

Gorizontga burchak ostida otilgan jismning tezligi o‘zgarmagan holda, otilish burchagi qanday bo‘lganida uchish uzoqligi eng kattaqiymatga erishadi?

Gorizontga burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi ko‘tarilish balandigiga teng bo‘lishi uchun otilish burchagi qanday bo‘lishi kerak?

Qandaydir balandlikdan burchak ostida otilgan jism qanday traektoriya bo‘ylab harakatlanadi?

Zambarakdan gorizontga burchak ostida uchib chiqqan snaryad 12 sekund uchgan. Snaryad ko‘tarilgan eng yuqori balandlik qancha (m) ?

Tosh gorizontga 60^\circ burchak ostida 100 m/s tezlik bilan otildi. Trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida tezlik qanday bo‘ladi?

Likopcha gorizontga 37^\circ burchak ostida 50 m/s tezlik bilan otildi. Uning parvoz etish vaqtining yarmini toping. (g=10 m/s^2, sin37^\circ=0.6; cos37^\circ=0.8).

Tosh gorizontga 60^\circ burchak ostida otildi. Uning harakati davomidagi eng kichik tezligi 20 m/s bo‘lsa, toshning boshlang‘ich tezligini toping.

Zambarakdan to‘p gorizontga 15^\circ burchak ostida 80 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otilib chiqdi. Uning ko‘chishini toping.

Tosh gorizontga 30^\circ burchak ostida 80 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otildi. U qanday balandlikka ko‘tarila oladi?

Gorizontga 53^\circ burchak ostida 100 m/s boshlang‘ich tezlik bilan jism otildi. Jism o‘zi otilgan paytda o‘zidan 96 metr masofada o‘zgarmas tezlik bilan uzoqlashayotgan avtomobilning ustiga aniq tushishi uchun, avtomobilning tezligi qanday bo‘lishi kerak?(sin53^\circ=0.8; cos53^\circ=0.6; g=10 m/s^2)

Jism gorizontga qanday burchak ostida otilsa, uning maksimal ko‘tarilish balandligi uchish uzoqligidan 2 marta katta bo‘ladi?

Jism gorizontga qanday burchak ostida otilsa, uning uchish uzoqligi maksimal ko‘tarilish balandligidan 2 marta katta bo‘ladi?

Gorizontga burchak ostida otilgan jism 80 metr balandlikkacha ko‘tarildi. Uning uchish vaqtini toping.

Tosh gorizontga 45^\circ burchak ostida 50\sqrt{2} m/s tezlik bilan otildi. Harakatning 3- sekundida tezlik vektori bilan vertikal orasidagi burchak qanday bo‘lgan?