Elastiklik kuchi. Jismning og‘irligi mavzusidan test savollari



Tashqi kuch ta’sirida jismlar hajmi va shaklining o‘zgarishi … deyiladi.

Uzunligi 2 metr bo‘lgan sim tashqi kuch ta’sirida 2 santimetrga cho‘zildi. Uning absolyut deformatsiyasini toping (m).

Ideal elastik jism qanday bo‘ladi?

Ideal plastik (noelastik) jism qanday bo‘ladi?

Elastiklik kuchi…

Elastik prujinaning absolyut uzayishi…

Elastik prujinaning absolyut siqilishi…

Elastik prujinaning bikrligi 300 N/m. Bundan nimani tushunish kerak?

Elastik simning bikrligi 240 kN/m. Bundan nimani tushunish kerak?

Bikrligi 20 N/m bo‘lgan prujinani 2 santimetrga siqish uchun qancha kuch kerak?

Bikrligi 100 kN/m bo‘lgan po‘lat simni 1 santimetrga cho‘zich uchun qancha kuch kerak?

Bikrligi 400 N/m bo‘lgan prujinani 20 N kuch siqmoqda. Prujinaning absolyut deformatsiyasini toping.

100 N kuch bikrligi 800 N/m bo‘lgan simni qanchaga cho‘za oladi (mm)?

4 santimetrga cho‘zish uchun 80 N kuch qanday bikrlikdagi prujinaga ta’sir qilishi kerak?

Qanday bikrlikdagi prujinani 100 N kuch 2 santimetrga cho‘zadi?

Uzunligi 4 metr bo‘lgan trosga yuk osilishi natijasida uning uzunligi 3 santimetrga oshdi. Nisbiy uzayishni toping.

Ko‘ndalang kesim yuzasi 2 sm^2 bo‘lgan po‘lat simga 50 kilogramm massali yuk osildi. Simdagi mexanik kuchlanishni toping.

Mexanik zo‘riqishning birligini toping.

2 metr uzunlikdagi simga yuk osilishi natijasida uning uzunligi 1 santimetrga uzaydi. Agar simdagi mexanik kuchlanish 20 kPa bo‘lsa, shu simning elastiklik modulini toping.

Agar metall simning ko‘ndalang kesim yuzasi 2 marta orttirilib, uzunligi 4 marta qisqartirilsa, uning bikrligi qanday o‘zgaradi?

Metall sim tashqi cho‘zuvchi kuch tasirida 4 marta uzaydi. Bunda uning bikrligi qanday o‘zgaradi?

Bikrligi 200 N/m bo‘lgan prujinaga 200 gramm massali yuk osilgan. Agar prujinaning absolyut deformatsiyasi 3 santimetr bo‘lsa, sistema yuqoriga qanday tezlanish bilan ko‘tarilayotganini toping.

Bikrliklari 200 N/m va 300 N/m bo‘lgan ikkita elastik prujina parallel ulandi. Umumiy bikrlikni toping.

Bikrliklari 400 N/m va 1200 N/m bo‘lga ikkitra elastik prujina ketma- ket ulandi. Umumiy bikrlikni toping.

Bikrligi 6000 N/m bo‘lgan prujinaning uchdan bir qismi qanday bikrlikka ega bo‘ladi?

Bikrligi 30 N/m bo‘lgan prujina shunday ikki bo‘lakka bo‘lindiki, ulardan birining uzunligi ikkinchisining uzunligidan 3 marta katta. Kalta prujinaning bikrligini toping.

Bikrligi K bo‘lgan prujina teng ikki qismga bo‘lindi va bu bo‘laklar parallel ulangan. Keyingi umumiy bikrlikni toping.

Ko‘ndalang kesim radisui \frac{4}{\sqrt\pi} santimetr bo‘lgan simga qanday massali yuk osilsa mexanik kuchlanish 400 kPa ga teng bo‘ladi?

Qanday holda jismga qo‘yilgan qayishqoqlik kuchi albatta tebranma harakatni yuzaga keltiradi?

Bikrligi 400 N/m bo‘lgan prujinaning 2 santimetr cho‘zilishi uchun qancha kuch qo‘yish kerak?