To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. O‘rtacha tezlik. Yo‘l. Tezlik mavzusidan test savollari
Avtomobilning tekis tezlanuvchan harakatida tezlik 12 m/s dan 18 m/s ga 10 s da oshdi. Tezlanish moduli qancha bo‘lgan?
Avtomobil koordinatasining vaqtga bog‘lanish tenglamasi x=100+4t-3t^{2} ko‘rinishda (x - metrlarda. t - sekundlarda) berilgan. Avtomobilning tezlanishi necha \frac{m}{s^{2}}?
1/9.9 Gs chastotali tashqi kuch ta’sirida matematikaviy mayatnikda rezonans hodisasi yuzaga kelishi uchun uning uzunligi necha metr bo‘lishi kerak?
O‘zgaruvchan tok zanjirida induktivligi 50 mGn bo‘lgan g‘altak va 20 mkF sig‘imli kondensator ketma-ket ulangan. Zanjirda rezonans ro‘y beradigan burchak (siklik) chastotaning qiymatini toping.
Quyidagi jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring. Notekis harakatda tezlanish vektori ...
Quyidagi jumlani mazmunga mos ravishda davom ettiring. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektori ...
Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x = 10t^{2} (m) ko‘rinishga ega. Uning tezlanish necha \frac{m}{s^{2}} ga teng?
Gorizontal muz ustida o‘z inersiyasi bilan sirpanib harakat qilayotgan shayba bilan muz orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0.02 ga teng. Shaybaning tezlanishini (\frac{m}{s^{2}}) toping.
Poyezd stansiyadan 0.5 \frac{m}{s^{2}} tezlanish bilan harakat qiladi. Stansiyadan qancha uzoqlashganda, poyezdning tezligi 36 km/soat ga teng bo‘ladi?
Harbiy reaktiv samolyot 10 s da tezligini 450 km/soat dan 900 km/soat gacha oshirdi. Tezlanishni aniqlang.
Chang‘ichi 0.2\frac{m}{s^{2}} tezlanish bilan harakatlanib, uzunligi 50 m bo‘lgan qiyalikni 10 s da o‘tdi. Uning qiyalik boshidagi tezligi qanday bo‘lgan?
Suzuvchi 5 m lik minoradan sakrab, suvga 2.5 m chuqurlikga botdi. U suvda qancha vaqt va qanday tezlanish bilan harakatlangan? (g=10\frac{m}{s^{2}}).
Vaznsiz qo‘zg‘almas blok orqali o‘tkazilgan chilvirga massalari 6 va 4 kg bo‘lgan yuklar osilgan. Ular qanday tezlanish bilan harakatlanadi? (g = 10\frac{m}{s^{2}}).
Uzunligi 480 m bo‘lgan poyezd tekis harakatlanib, 720 m uzunlikdagi ko‘prikdan 2 minutda o‘tdi. Poyezdning tezligi qanday?
Agar jismning boshlang‘ich tezligi 10 m/s, tezlanishi esa 1 \frac{m}{s^{2}} bo‘lsa, jism tezligini 2 marta orttirish uchun qancha masofani (m) bosib o‘tishi kerak?
Jism tekis tezlanuvchan harakat qilib, 5 sekundda 18 m yo‘l bosdi. Jismning 10 s da bosib olgan yo‘lini toping (m).
Sharcha balandligi 10 m bo‘lgan qiya tekislikdan ishqalanishsiz. dumalab tushmoqda. Sharchaning qiya tekislik oxiridagi tezligini (m/s) aniqlang.
Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism t vaqtda S yo‘lni bosib o‘tib, tezligini n marta oshirdi. Jism tezlanishini aniqlang.
Avtomobil tekis sekinlashuvchan harakat qilib, tepalikka chiqmoqda. Uning o‘rtacha tezligi 10 m/s, oxirgi tezligi 2 m/s bo‘lsa, poyezdning boshlang‘ich tezligini (m/s) aniqlang.
20 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 4 s da to‘xtadi. Avtomobil tezlanishining modulini toping (\frac{m}{s^{2}}).
Jism harakatining 3- sekundida 62.5 m yo‘l yurgan bo‘lsa, u qanday tezlanish bilan harakat qilgan (\frac{m}{s^{2}}) ?
Jism 6 \frac{m}{s^{2}} tezlanish bilan harakat qila boshladi. U harakatning 5- sekundida qancha yo‘l bosadi (m)?
20 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilga tormoz berilgach, tezligi 30 m masofada 10 m/s gacha kamaydi. Avtomobil tekis sekinlanuvchan harakat qilgan deb hisoblab. tezlanishning modulini va tormozlanish vaqtini aniqlang.
Avtomobil harakati S = 0.2t^{2} tenglama bilan ifodalansa, uning tezlanishi nimaga teng bo‘ladi (\frac{m}{s^{2}})?
Avtomobil o‘z harakatining ikkinchi sekundida 9 m masofani bosib o‘tgan bo‘lsa, uning tezlanishini toping (\frac{m}{s^{2}}). Avtomobiining boshlang‘ich tezligi nolga teng.
Quyidagi hollarning qaysi birida tezlanish massaga bog‘liq emas?
Agar 2 km yo‘lda avtomobiining tezligi 36 dan 72 km/soat gacha oshgan bo‘lsa, avtomobil qanday tezlanish bilan harakatlangan (\frac{m}{s^{2}})?
Boshlang‘ich tezligi 6 m/s bo‘lgan jism tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Agar uning tezligi 3 s dan keyin 3 m/s ga teng bo‘lsa, tezlanishi nimaga teng (\frac{m}{s^{2}})?
Agar harakat boshlangandan keyin jismining 8- sekundda bosib o‘tgan yo‘li 3- sekundda bosib olgan yo‘lidan 3 marta katta bo‘Isa, u qanday tezlanish bilan harakatlangan (\frac{m}{s^{2}})?
Jismning harakati x = 10 + 6t^{2} + 4t (m) tenglama bo‘yicha ro‘y bermoqda. Uning tezlanishi qanday bo‘ladi (\frac{m}{s^{2}})?