Hozirgi adabiy jarayon mavzusidan test savollari



Qobirg‘alar qabarar suyaklarim qadoqdir

Qaboqlarim o‘q tugab bo‘shab qolgan sadoqdir

Kuyib kuyib kul bo‘lgan nafratlarim adoqdir

Chuchmomalar ko‘k kiygan namozshomgul

Gul gulim hey tulugim

Hey tulum hey tulugim hey tulum

Imlo qoidalariga rioya etilmay bitilgan ushbu misralar muallifi kim?

Jahon prozasining eng ilg‘or tajribalari asosida o‘zbek adabiyotida sof milliy obrazlar yaratilgan “Qora kitob”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi” asarlarining muallifini aniqlang.

Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti na’munasi bo‘lgan “Bozor” romani muallifi kim?

“Silkinish orqasida uning yuzini to‘zg‘igan soch tolalari o‘rab olib, jonso‘z bir suratga kirgizdi”. “O‘tkan kunlar” romanidan olingan ushbu parchadagi “jonso‘z” so‘zining ma’nosi nima?

O‘z otalarining ko‘zlariga mil tortish darajasida yirtqich bo‘lgan farzandlarning tubanliklari ta’sirli yo‘sinda ko‘rsatib berilgan dramatik asar qaysi?

“Otoyining tug‘ilgan yili”, “Javob” asarlarining muallifi qaysi javobda berilgan?

Tire (-) qaysi gap tarkibida ishlatilishi kerak?

Remboning “U sarson izlardi o‘zini o‘zi” misrasi epigraf qilib olingan hikoya va uning muallifini belgilang.

Milliy va ma’naviy manqurtlik holati tuproq va qum ostida qolib ketgan o‘radagi odamlar ruhiyati orqali ifodalangan asar va uning muallifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Nazar Eshonqul hikoyalari qaysi javobda to‘g‘ri qayd etilgan?

Na ijod, na dovruq, istak - najotim,

Dillarni poklayin nohaq, shubhadan.

Butkul sabil qolsin mening ijodim,

Faqat ozod bo‘lsin shu xalq, shu Vatan!

Misralar muallifi kim?

Asarning nomi ham, bosh qahramon ismi ham ramziy ma’noda yozilgan qissa qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Yozuvda darak, so‘roq va buyruq shaklidagi his-hayajon gaplarningqaysi biridan so‘ng ikkita tinish belgisi qo‘yiladi?