Erkin Vohidov mavzusidan test savollari



“Tong lavhasi”, “Kamtarlik haqida”, “Buloq”, “Sevgi” she’rlarining muallifi kim?

Nemis shoiri Gyotening “Faust” asarini o‘zbek tiliga qaysi shoirimiz tarjima qilgan?

“Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani” kabi qator dostonlar muallifini aniqlang.

44- yil. Sentabr tongi otdi.

Meni cheksiz quvonch bilan baxt uyg‘otdi.

Ko‘k jildimda alifbe va bir burda non,

Birinchi bor qadam qo‘ydim maktab tamon.

Ushbu parcha Erkin Vohidovning qaysi she’ridan olingan?

Erkin Vohidov dostonlari sanalgan qatorni toping.

Erkin Vohidovning ilk to‘plami qanday nomlangan?

“Mumtoz g‘azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasida birinchilardan bo‘lib aruzning tabarruk ostonasida posbon yanglig‘ paydo bo‘ldi”. 

Yuqoridagi fikrlar kim tomonidan va kimga nisbatan aytilgan?

70- 80- yillarda o‘zbek she’riyatida “hayot kuychisi” nomini olgan shoirni ko‘rsating.

Erkin Vohidov ijodida o‘rinsiz faxr- iftixor tuyg‘usi bilan boyitilgan ba’zi she’rlarini uchratishimiz mumkin. Shunday she’rlar berilgan qatorni toping.

“Bas, yetar, yolg‘on saodat,

Yolg‘on erk, yolg‘on vatan!” 

Yuqoridagi misralar Erkin Vohidovning qaysi she’ridan olingan?

Minding ilm narvoniga

Chiqding funun osmoniga

Bu jahon ayvoniga

Arkon o‘zing, vayron o‘zing

Ushbu she’riy parchadagi “arkon” so‘zining ma’nosini izohlang.

“Oqib turgin, qurib qolma, onajon” degan o‘ta samimiy, cheksiz mehrga yo‘g‘rilgan misralar Erkin Vohidovning qaysi she’ridan olingan?

Erkin Vohidovning “Nega bu kun bemadorsan, haloksan?. . . ” misrasi uning qaysi she’ridan olingan?

“O‘zni ozod qush kabi ko‘rmoqni istar bu ko‘ngil …”

Ushbu misra muallifini aniqlang.

“U hali tug‘ilmasdan burun o‘z yurtidan judo etilgan edi …”

Yuqoridagi mulohazalar kim haqida?

“Zamon uning yonib turgan yuragini so‘rardi”.

Mazkur jumla qaysi asar qahramoniga nisbatan aytilgan?

“XX asrning 70- yillari oxirida yozilgan bu dostondagi isyonkorona kurashchan ruh Qodiriy, Fitrat, Cho‘lponlarga xos el- yurt g‘ami, erki, ozodligi yo‘lida kuyib- yonishlar bu davrda ham davom etayotganini tasdiqlaydi …”

Yuqorida qaysi doston haqida gap bormoqda?

Uning ayniqsa “Eron taronalari”, “Faust” tarjimalari adabiyotimiz va ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo‘ldi.

Yuqorida qaysi atoqli adibimiz haqida gap bormoqda?

Erkin Vohidovning birinchi she’riy to‘plami qanday nomlanadi?