Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek mavzusidan test savollari
Oybekning so‘zga mehr qo‘yishida kimning hissasi katta bo‘lgan?
Xayol daryosi keng edi menda, o‘qtin- o‘qtin o‘zimcha mashq qilib, bitta yarimta she’r yozib ham qo‘yardim.
Ushbu fikr muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
Oybek oriq novcha yigit bo‘lib, qo‘ng‘ir sochlari do‘ppisidan toshib turardi.
Ushbu fikrlar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
“Qutlug‘ qon” romanida Yo‘lchi tog‘asi Mirzakarimboynikidan ketganidan so‘ng singlisi Unsinni qancha paytdan so‘ng qayta ko‘rashga musharraf bo‘ladi?
“Qutlug‘ qon” romaniga Oybekning Petrov timsolini kiritish sababini aniqlang.
Qaysi adib o‘zining asarida tasvirlangan voqealar guvohi bo‘lgan?
“Qutlug‘ qon”asari markazida nima turadi?
“Oybek butun yoz ichi bog‘dan chiqmay ijod qildi. Oybek buyuk ijod egasi edi. Shuning uchun ham u o‘ta tahlikali va fojiali kunlarda, g‘urbat yutib kechirilgan hayotida “Qutlug‘ qon”day go‘zal va o‘lmas bir asar yaratdi”.
Oybek haqidagi ushbu xotira kimga tegishli?
1939- yilda Oybekning “Qutlug‘ qon” romani yozuvchilar uyushmasida muhokama qilindi. Muhokama chog‘ida ayrim kishilar Oybekni qanday ayblashdilar?
Adabiy qahramonlarnning hayoti davomida bir qadar o‘sishi adabiyotshunoslikda qanday ataladi?
“Qutlug‘ qon” romani qahramoni Yo‘lchi kimdan mehr- muruvvat kutgan edi?
“Qutlug‘ qon” romani markazida kimlarning taqdiri markaziy o‘rinda turadi?
“Bundan ko‘ra go‘ng titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq”
Yo‘lchining quyidagi so‘zlari kimga qaratilgan edi?
“Qutlug‘ qon” qanday romanlar sirasiga kiradi?
“Oybek shu qadar qizg‘in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badalida milliy ozodlik harakatida mehnakash xalq ongining munavvarlashishini tasvirlagan, badiiy jihatidan yuksak asar “Qutlug‘ qon”ni yozib bitirdi.”
Ushbu ta’rif muallifini ko‘rsating.
“Qutlug‘ qon” romani asosini qanday voqealar tashkil etgan?
“Qutlug‘ qon” romani qahramoni Yo‘lchi qanday yigit edi?
“Qutlug‘ qon” romanining 1936- yilda yozuvchilar uyishmasidagi muhokamasidan so‘ng asarga qaysi timsolni kiritdi?
Oybek qaysi yillarda yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan?
Oybek 1921- 1925- yillarda qaysi o‘quv maskanida tahsil olgan?
Oybekning birinchi she'riy to‘plami qanday nomlanadi?
Oybekning dostonlari berilgan qatorni aniqlang.
Oybekning romanlari berilgan qatorni aniqlang.
Qaysi qatorda Oybekning qissalari berilgan?
Oybekning umir yo‘ldoshi Zarifaxonimga atab yozgan she'ri qanday nomlanadi?
A. S. Pushkinning “Yevginiy Onegin” she'riy romanini qaysi adib o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
“Drama va rivoya (epos) turlari fabuladir. Bularda xronologik va sababiyat prinsipi bilan bog‘liq voqealar, hodisalar, fikrlar tasvirlanadi. Lirika ko‘pincha shoir fikrlarini, tuyg‘ularini, orzulari va kayfiyatini kuylaydi. Voqealar tasvir etilsa-da, maqsad ma’lum bir hayajon uyg‘otish uchun vosita, izlanishgina bo‘lib qoladi”.
Lirikaning drama va eposdan farqli tomonlari to‘g‘risidagi ushbu fikrlar kimga tegishli?
“Lirikaning emotsiya vositalari kuchli; ba’zan uzun romandan, faktlar bilan to‘lgan har xil yozuvlardan ko‘ra, kichkina bir she'r kuchliroq, davomliroq, chuqurroq ta’sir qoldira biladi”.
Lirikaga yuqori baho berilib, aytilgan ushbu fikrlar kimga tegishli?
Oybek “Navoiy” dostonidan keyin o‘zbek adabiyoti yulduzlariga bag‘ishlangan yana qanday lirik doston yaratadi?
Oybekning “Mashrab” dostoni qay tartibda qofiyalangan?