Abdulla Qahhor mavzusidan test savollari
Abdulla Qahhorning ilk qissasi qaysi qatorda berilgan?
Quyidagilarning qaysi biri qissa janriga mansub emas?
Qaysi adibimiz dastlabki asarlari ostiga “Norin Shilpiq”, “Sarimsoq” singari taxalluslar qo‘llagan?
“Bemor” hikoyasiga epigraf qilib olingan maqol keltirilgan qatorni toping?
Qahhorning “Bemor” hikoyasida doktorxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga nima kelar edi?
Qaysi asar qahramoni “bemorning ko‘ngliga armon bo‘lmasin” deb to‘qigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz ko‘tarib “chilyosin” qildiradi?
“Qo‘shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”, “Muhabbat”, “Zilzila” asarlarining muallifi kim?
Abdulla Qahhorning tugallanmagan asari qaysi?
Butun jamiyat bemor – xasta, najotga zor, tuzalishga muhtojligi nazarda tutilgan hikoya qanday nomlanadi?
Umumxalq tili va adabiy tilga tayanadigan, boshqa jihatdan esa ularning har ikkisidan farqlanib turadigan alohida san’at hodisasi nima?
“O‘g‘ri” hikoyasida ellikboshining og‘ilga kirib qilgan harakatlaridan maqsad nima edi?
Amin Qobil boboga “Yo‘qolmasdan ilgari bormidi?”, “Qanaqa ho‘kiz edi?”, “Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa keta beradimi?” kabi savollarni nima uchun beradi?
Inson qadri, shaxs erkinligi barcha narsadan ustun ekanligi “Dahshat” hikoyasidagi qaysi jumlada aks etgan?
“Dahshat” hikoyasida qanday fikr ilgari surilgan?
Abdulla Qahhorning “Dahshat” nomli hikoyasi qahramoni Unsinga bir odamchalik yordam bergan jumla qaysi qatorda berilgan?
Abdulla Qahhorning qaysi asarida holat va kechinmalar uchun “sovuq ter chimoq”, “bir qarich cho‘kkanday bo‘lmoq”, “tizzasi qaltiramoq”, “tildan qolmoq”, “yerga qapishib ketmoq”, “lafzdan qaytmaslik”, “yuragiga rahna solmoq”, “dami ichiga tushmoq”, “ko‘z oldiga kelmoq”, “ko‘zlari javdiramoq”, “ko‘pi ketib ozi qolmoq”, “o‘zini yerga tashlamoq”, “yerning qariga yubormoq” kabi xalqona ibora va ifodalar o‘ta mahorat bilan qo‘llangan?
Ola ho‘kiz mojarosi qaysi asarda badiiy aks etgan?
Ota kasbi temirchi bo‘lgan adibni ko‘rsating.
Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” asarining eng nurli bobini kimga bag‘shlagan?
“Bir qishloqda bolalarga endi qo‘shilib, o‘rtoq orttirganimda, boshqa qishloqqa ko‘chib, yana “ko‘chmanchining bolasi” bo‘lib qolar edim”.
Ushbu tarjimayi hol kimga tegishli?
“Kunlar g‘urbat bilan boshlanib, g‘urbat bilan tugaydi”.
Bolalik yillarining cheksiz azoblari aks etgan ushbu so‘zlar qaysi adibga tegishli?
“Dadam birovning qo‘lidan bitta yong‘oq ham oldirmay o‘stirgan”.
Ushbu fikrlar qaysi adibning tarjimayi holiga tegishli?
Abdulla Qahhor ilk ta’limni kimdan oladi?
“Adabiy asarning joni- uning mazmuni, lekin bu jonning jon bo‘lishi uchun jasad ham kerak. Jonni jasadsiz tasavvur qilish mumkin emas”.
Ushbu so‘zlar muallifini toping.
1925- yili “Qizil O‘zbekiston” gazetasiga ishga taklif qilingan adib kim edi?
Abdulla Qahhorning 1934- yilda yozib to‘gatilgan qaysi asari unga shuhrat keltirdi?
Abdulla Qahhorning 30- yillar oxirlarida yozila boshlagan asari 1947- yili dunyo yuzini ko‘radi va jiddiy tanqidga uchraydi. Abdulla Qahhorning ushbu asari qaysi?
Qorason kasali bilan og‘rib hayotining eng gullagan davrini ijodga baxshida etolmagan adib kim?
Abdulla Qahhorning qaysi asari tugallanmay qolgan?
Abdulla Qahhorning o‘limidan keyin nashr etilgan asari qaysi?