Abdulla Oripov mavzusidan test savollari
Ayniqsa bahor paytlarida bu yerlarga yog‘in ko‘p tushar, … ming xil o‘t- o‘lan, chuchmoma- yu qizg‘aldoqlar bilan, quyonto‘pig‘- u ismaloq bilan, karrag- u hazorisfand bilan, qo‘zigullar bilan qoplanar, atrof- tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi.
Ushbu tabiat manzaralari qaysi ijodkorning tarjimai xolida uchraydi?
“… Har holda so‘zlarni qofiyalashga ishqiboz bo‘lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaveradi. Fikr esa yo‘q. Yozmaslikning ham iloji yo‘q”.
Ushbu jumlalar kimga tegishli?
1974- 1976- yillarda “Sharq yulduzi” oybitigida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan adib kim?
Abdulla Oripovning birinchi marta respublika matbuotida bosilib chiqqan she’ri qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
“Ruhim”, “Xotirot”, “Yurtim shamoli” she’rlari muallifi qaysi qatorda berilgan?
She’r izlayman bu kun Toshkent ko‘chalarida,
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.
Men umrimning bu so‘ronli kechalarida,
Na bir taskin topa oldim, na she’r topoldim.
Ushbu misralar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
O‘n oykim, so‘lmishdir u tanish na’ra.
Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh.
Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara,
O, surur kuychisi, dongdor zamondosh.
Abdulla Oripov qalamiga mansub ushbu satrlarda kim nazarda tutilgan?
Bugun- chi, ne bezar o‘tli qoningda!
Evoh, unda na she’r, na may, na safo.
Bu qanday muloqot?
Ne hol?
Yoningda. Joy olmish o‘zga bir suyukli daho.
Ushbu satrlarda ko‘zda tutilgan dahoni aniqlang.
O‘zining she’rlari bilan “quruqshagan o‘zbek she’riyatiga o‘ychil g‘am g‘amchil o‘y” olib kirgan adib to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang.
Nima qolar ekan?
Qay ezgu tilak, Qay his, yuraklarda topolgan kamol?
Yiroq avlodlarga bizlardan beshak
Qolar kurashlarda to‘plangan xayol.
She’r muallifini aniqlang.
O‘tgan asrning 60- 80- yillarida o‘z she’riyati bilan “o‘zbek millatini tuyg‘ularning quruqshab qolishdan saqlab qolgan” adib kim?
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostonida Temur huzuriga Boyazid tomonidan yuborilgan choparning ismi to‘g‘ri keltirilgan qatorni toping.
Xo‘sh, men- chi, men?!
Axir men ham asli yolg‘izman,
Bugundanu kelajakdan malomat bilan
Minglab ko‘zlar tikiladi bitta o‘zimga
Chunki mening qismatimga janglar yozilgan.
Ushbu misralar qaysi asar qahramoniga tegishli?
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasida Temurning o‘z dushmanlari gunohini ham kechira oladigan shaxs ekanligi qaysi obraz orqali yoritilgan?
“Sohibqiron” dramasida Temurning islomiy tartiblar o‘rnatish, adolatni qaror toptirish uchun qon to‘kkani haqida fikr mulohazalar qaysi obraz bilan suhbat asosida ochiladi?
“Niyat qancha jozibali bo‘lsa ham, Temur, qilich bilan murod xosil qilmog‘i gumon”.
Ushbu jumlalar “Sohibqiron” dramasidagi qaysi obraz tilidan aytilgan?
“Sohibqiron” dramasida muallif o‘z nuqtai nazarini, dunyoda bandi tomonidan kuch bilan adolat o‘rnatish shubhali ekanligini qaysi obraz tilidan bayon qiladi?
Amir Temur tajribali davlat arbobi sifatida davlat yaxlitligini tamin etuvchi narsalar deb nimalarni sanab o‘tadi?
Amir Temurning jahongirlik tabiati nimalarda namoyon bo‘ladi?
“Hukmdorlar seva turub fuqoralarni umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor”
“Sohibqiron” dramasidan keltirilgan ushbu satrlar kimning tilidan aytilgan?
Abdulla Oripov Amir Temur obrazini qanday tasvirlaydi?
“Sohibqiron” dramasining eng tasirli lavhalaridan biri…
Men kuyladim bu olam aro
Sobit turgan xalqimni faqat!
Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan?
U- realistik, haqiqatparast shoir, murakkab va ziddiyatli hayotning shabadalari haqida gapirganda haqiqatdan chekinmaydi.
Ushbu fikrlar kim haqida?
Bu dostonda Spartak, haqqi- yu, Zevs siymosi, Sezar nayzasi- yu Chingiz cho‘qmori, Freyd falsafasigacha bo‘lgan moziy qatlamlariga nazar tashlanadi.
Yuqoridagi mulohazalar kimning qaysi asariga taalluqli?
Faqat Abdulla Oripov qalamiga mansub she’riy to‘plamlar berilgan qatorni aniqlang.
1. Shoir yuragi; 2. Suv qizi; 3. Bedorlik;
4. Mitti yulduz; 5. Vatan istagi;
6. Yillar armoni; 7. Onajon;
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” asari qaysi janrda yozilgan?
Abdulla Oripovning dostonlari qaysi qatorda berilgan?
1. Hakim va ajal; 2. Sohibqiron; 3. Ranjkom;
4. Malomat toshlari; 5. Jannatga yo‘l;
6. Yuzma- yuz; 7. Onajon; 8. Ginetika
Abdulla Oripovning afsonaviy– mifologik va fantastik mavzu asosida yaratgan asarini aniqlang.