Muqimiy mavzusidan test savollari



Muqimiy 1876- yil qaysi madrasada tahsil oladi?

Muqimiyning rafiqasi bilan turmushi buzilishiga nima sabab bo‘ladi?

Muqimiy Almaiy, Nodim Namangoniy singari adiblar bilan qayerda tanishadi?

Muhammad Yusuf ismli shaxsning Muqimiy hayotida qanday o‘rni bor?

Muqimiy merosida qaysi janrlar ko‘proq uchraydi?

Mamajon Makay, Nizomjon, Farzincha, Ismoil Naychi singari o‘z davrining taniqli san’atkorlarni qaysi adib o‘z asrlarida tilga oladi?

Muqimiyning hajviy g‘azallari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

Muqimiyning onasini yaqinlari yana qanday atashgan?

1850- yilda tug‘ilgan, chiqish adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettirgan adib kim?

Muqimiyning “To‘yi Iqonbachcha” hajviyasida to‘y uchun necha so‘mlik qo‘y so‘yiladi?

Muqimiyning badiiy so‘zga mehr qo‘yishiga sababchi bo‘lgan insonni ko‘rsating.

Karim Oxun, Qosim dallol pir ushlab etagingdin,

Xayol aylardilar insoflig‘ shayxi zamon Laxtin.

Ushbu misralar Muqimiyning qaysi asaridan olingan?

“Toyi Iqonbachcha” hajviy asarining muallifini aniqlang.

“U o‘z davrining yetuk lirik shoiri, mavjud adabiy muhitning sardori edi, lekin uning isde’dodi hajviyotda, o‘z qirralarini to‘laroq namoyon etgan”.

Ushbu ta’rif qaysi ijodkor haqida?

Muqimiyning “Tanobchilar”, “To‘yi Iqonbachcha”, “Maskovchi boy ta’rifida”, “Voqeayi Viktor” kabi asarlari qaysi janrda bitilgan?

Yetti odamni o‘z mahallasidin,

Qorni to‘q, yangi to‘n, basallasidin,

Qildi shovqinlamay imo uyidin,

Mundin, undin, yuqoridin, quyidin.

Ushbu satrlar Muqimiyning qaysi asaridan olingan?

Muqimiyning muxammaslari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.

Quyidagi misralarning qaysi biri Muqimiyning “Voqeayi Viktor” masnaviysidan olingan? (majmua asosida)

Muqimiy she’rlarida qaysi mumtoz adabiyot vakillari ijodiga hos timsollardan foydalangan?

Muqimiyning “Ohkim, afsus, emas hech ishda rahbar toleyim”, matla’li g‘azali necha baytdan iborat va qaysi janrda yozilgan?