“Xamsa”chilik tarixidan mavzusidan test savollari



Qaysi javobda Nizomiy “Xamsa”sining birinchi dostoni nomi keltirilgan?

Nizomiy Ganjaviyning qaysi dostoni Alovuddin Ko‘rpa Arslon topshirig‘i bilan yozilgan?

“Xamsa” yaratmagan ijodkor nomini aniqlang.

Kim Sharq adabiyotida ilk bor Farhod mavzusini qalamga olgan?

Jomiy “Xamsa”sining birinchi dostoni qaysi?

Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib Farhod mavzusini qalamga olgan adib?

Dostonlarning nasriy qismida badiiy usullardan qaysi biri ko‘proq qo‘llangan?

Har vaqtki ko‘rgaysen mening so‘zimni,

So‘zimni o‘qib anglagaysen o‘zimni.

Ushbu fard kimning qalamiga mansub?

Jomiy o‘z “Xamsa” sida yana ikki doston qo‘shib uni nima deb atagan?

“Mahzanul-asror”, “Xusrav va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Haft paykar”, “Iskandarnoma” dostonlaridan iborat “Xamsa” yozgan ijodkor kim?

Xusrav Dehlaviy “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”) dostonining Nizomiy “Haft paykar”idan farqlari nimada?

Nizomiy “Haft paykar”idagi Bahromning taqdiri qanday yakunlanadi?

Nizomiy “Xamsa”si tarkibidagi Bahrom va Fitna sarguzashtlariga bag‘ishlangan “Haft paykar” dostonida doston voqealariga bog‘lanmaydigan nechta hikoya mavjud?

Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar” asarini o‘zbek tiliga o‘girgan muallifni aniqlang.

Nizomiy Ganjaviyning Xisrav va Shirin haqidagi dostonini turkiy tilga tarjima qilgan ijodkomi aniqlang.

Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib Iskandar mavzusini qalamga olgan shoirni aniqlang.

“Xamsa” dostonlari qanday janrda yozilgan?

Nizomiy Ganjaviyning “Panj ganj”asari tartibi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Nizomiy Ganjaviyning “Layli va Majnun” dostoniga qancha nazira bitilgan? Nechtasi forsiy, nechtasi turkiy?

Alisher Navoiy “Saddi lskandariy”da Iskandar Zulqarnaynning Ko‘hak (Zarafshon) daryosi bo‘yida Samarqand shahrini qurganini yozgan.Bu ma’lumot yana kimda uchraydi?

Qaysi javobda “Xamsa” dostonlari muqaddimasiga taalluqli bo‘lgan so‘z berilgan?

Xamsachilikni boshlab bergan ulug‘ xamsanavisni aniqlang.

Nizomiyning “Maxzan ul- asror” hamdnomasi kimga bag‘ishlangan?

Ganjaviy Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ning topshirig‘iga ko‘ra qaysi asarini yaratdi?

Shirvonshoxlardan Axsatan I Nizomiyga qanday doston yozishni buyuradi?

Shoh Bahrom haqidagi “Haft paykar” dostoni kimning buyrug‘iga binoan yaratilgan?

Buyuk xansanavis Xusrav Dehlaviyning asl vatani qayer edi?

Dehlaviy “Xamsa”sining to‘rtinchi dostoni qanday atalgan?

Har bir asar “Xamsa” deb atalmog‘i uchun quyidagi qaysi shartlarga amal qilmog‘i shart?

1) besh dostondan tashkil topmog‘i;

2) masnaviy yo‘lida yozilmog‘i;

3) birinchi doston pand- nasihat yo‘lida bo‘lmog‘i;

4) o‘zidan oldingi xamsanavislarni takrorlamog‘i;

5) ikkinchi doston Xusrav va Shirin munosabatiga bag‘ishlanmog‘i;

6) uchinchi doston Layli va Majnun ishqini yoritmog‘i;

7) to‘rtinchi doston shoh Bahrom va beshichi doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart;

Nizomiy Ganjaviyning Shoh Bahrom haqidagi “Haft paykar” dostoni kimning topshirig‘i bilan yaratilgan?