“Kuntug‘mish” dostoni mavzusidan test savollari
Kuntug‘mish Zangar yurtiga necha yigit bilan keladi? (“Kuntug‘mish” dostoni)
“...bir tush ko‘rdi: chiltanlar va mardon g‘oyiblar bir tongda suhbat qilib o‘tirib edi, bir chiltan kelib qizning ruhini olib bordi, bittasi kelib yigitning ruhini olib bordi...” Ushbu tush voqeasi qaysi dostondan olingan?
“Kuntug‘mish” dostonida Gurkiboy bilan Mohiboy Zangar shahriga kirib kelganida dastlab kimga duch kelishadi?
Qaysi dostonning bosh qahramoni oddiy darvozabon bilan do‘st tutingan edi?
“Analhaq deb Mansur senga osildi, Assalomu alaykum, doming og‘ochi”, - degan nola kimga tegishli?
Bitta non uchun o‘zini va oilasini vaqtincha qiyinchilik hamda ayriliqlarga duchor qilgan qahramon qaysi dostonda uchraydi?
“Kuntug‘mish” dostonida Xolbeka dorga qarab aytgan nolasida kimdan madad so‘raydi?
“Kuntug‘mish” dostonida karvonboshi Azbarxo‘ja qanday kishi edi?
Bir tola soch, uzuk, surat, sandiq kabi detallar qaysi asarda uchraydi?
Qaysi asarda Mansur Halloj bilan Bobo Zangi nomi birga keltirilgan?
“Kuntug‘mish” dostonida Gurkiboy bilan Mohiboy Zangar shahridan chiqishda kim bilan janjallashib, uni o‘ldirib ketishadi?
“Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mish vujudidan kasallik topolmay, dardini ishqdan bilgan va buni podshoga yetkazgan ayyor timsolni aniqlang.
“Kuntug‘mish” dostonining asosiy qahramonlari Xolbeka va Kuntug‘mish orqali qanday ishonch ko‘rsatib berilgan?
Ushbu parcha qaysi dostonda berilgan? “U vaqtda podsholarga rasm shu edi: davlatqush degan qushini uchirar edi, kimning boshiga qo‘nsa, podsho qilar edi”.
Qaysi shoir “Kuntug‘mish” dostoni qahramoni Xolbekaning “Assalom alaykum, doming og‘ochi” deb bolalari uchun faryod chekkanini naqorat o‘rnida qo‘llab oltilik usulda she’r yozgan?
“Kuntug‘mish” dostonining qaysi xalq baxshilaridan yozib olingan variantlari mavjud?
“Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mishni halokatdan saqlab qolgan timsol kim?
“Haqiqat izlagan senga osildi, Assalomu alaykum, doming og‘ochi”, - degan nola kimga tegishli?
“Kuntug‘mish” dostonidagi Mohiboy bilan Gurkiboy Zangar shahrida onalarini birinchi marta qayerda ko‘radilar?
Qaysi doston qahramoni o‘z suratini qog‘ozga soldirib, bir sandiq tayyorlab, ichini mumlab, sirtini tilla bilan qoplab, soch tolasini suratga o‘rab oshig‘iga jo‘natadi?
“Kuntug‘mish” dostonining bosh qahramonlari Kuntug‘mish va Xolbeka orqali qanday ishonch ko‘rsatib berilgan?
“Kuntug‘mish” dostonida Zangor podshosi Xolbekani o‘ziga turmushga chiqishi uchun ....
“Kuntug‘mish” dostonida Xolbeka sovchilarga qanday shart qo‘yadi?
“Kuntug‘mish” dostonidagi Bahragul ....
“Kuntug‘mish” dostonining bosh obrazi Xolbeka Allohga tavakkal qilib daryoga sandiqni oqizadi, sandiqda nima bor edi?