Qofiya va boshqa she’riy unsurlar mavzusidan test savollari



Buti siymbarim, bizni unutma,

Dudoqi shakarim, bizni unutma.

Ushbu misralar muallifi kim va unda qofiyaning qaysi turi qo‘llangan?

Qaysi baytda ham mutlaq, ham muqayyad qofiya turi mavjud?

Azim ayla sabo ul gul-u xandonimg‘a,

Ne gulki, quyoshdek mohi tobonimga.

Bayt misralaridagi qofiyadosh so‘zlarning ohangdoshligini ta’minlovchi tirgak tovushni toping.

O‘z ismini radif qilib g‘azal yozgan shoirlar qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan? 1) Mashrab; 2) Turdi; 3) Uvaysiy.

Qaysi baytdagi qofiya mutlaq qofiya sanaladi?

Berilgan she’riy baytlarning qaysisida muqayyad qofiya ishlatilgan?

Berilgan she’riy baytlarning qaysisida mutlaq qofiya ishlatilgan?

Muqayyad nima?

“Shohnoma” dostoni qaysi usulda qofiyalangan?

She’riy asarlarning qay tarzda qofiyalanishi nimani belgilaydi?

O‘z ruhiy holatini ifodalash, taqdirdan, hayotdan shikoyat qilish g‘oyalari asosiy o‘rin tutadigan janrni belgilang.

“Kimsani dard ahli deb sirimg‘a mahram ayladim” (Navoiy) g‘azali uslubiga ko‘ra qanday guruhga mansub?

Rozimasman bir yosh tomsa ko‘zimdan,

Rozimasman sal rang ketsa yuzimdan

Yo‘l yursamu, sal yashashdan adashsam,

Rozimasman unda tamom o‘zimdan.(H. Olimjon)

Ushbu misralardagi vasl (qofiyadagi ulash)ni aniqlang.

Rozimasman bir yosh tomsa ko‘zimdan,

Rozimasman sal rang ketsa yuzimdan,

Yo‘l yursamu, sal yashashdan adashsam,

Rozimasman unda tamom o‘zimdan.(H. Olimjon)

Ushbu misralardagi raviylar (qofiyaning kompozitsiya markazi) qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Misralarning oxirida so‘zlar yoki bo‘g‘inlarning ohangdosh bo‘lib kelishiga ... deyiladi.

“Ko‘zingki, ne balo qaro bo‘lubtur

Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur”

Baytning qofiyalanish tartibini aniqlang.

Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,

Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi. (Bobur)

Ushbu misralardagi radifni aniqlang.

Sharq mumtoz she’riyatida qofiyani yuzaga keltiruvchi harfning nomi qanday yuritiladi?

“Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul,

Xoru rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.

O‘qdayin qomatimizni qora qoshlig‘lar uchun,

Muttasil yo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.”

Misralardagi radif qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?