Aralash bo‘lim mavzusidan test savollari



Silindr va unga tashqi chizilgan muntazam to‘rtburchakli parallelepiped asosining tomoni 4 ga teng. Silindrning hajmini toping.

Hajmi 432\pi ga teng bo‘lgan silindrning o‘q kesimi kvadratdan iborat. Silindrga ichki chizilgan shar sirtining yuzini toping.

Uchburchakli muntazam prizmaga tashqi chizilgan silindr yon sirti yuzining unga ichki chizilgan silindr yon sirti yuziga nisbatini toping.

Muntazam to‘rtburchakli prizmaga silindr ichki chizilgan. Silindr hajmining prizma hajmiga nisbatini toping.

Qirrasi 12 ga teng kubga konus ichki chizilgan. Agar konusning asosi kubning ostki asosiga ichki chizilgan bo‘lsa, uchi esa yuqoridagi asosining markazida yotsa, konusning hajmini toping.

Qirrasi 12 ga teng bo‘lgan kubga konus ichki chizilgan. Konusning asosi kubning quyi asosiga ichki chizilgan, uchi esa kubning yuqoridagi asosining markazida. Konusning hajmini toping.

Muntazam to‘rtburchakli prizmaga konus ichki chizilgan. Konusning asosi prizmaning ostki asosida, uchi esa prizma ustki asosining markazida yotadi. Prizma haj mining konus hajmiga nisbatini toping.

Muntazam uchburchakli piramidaga konus ichki chizilgan. Agar piramidaning yon yoqlari bilan asosi 60^{\circ} li burchak hosil qilib, piramidaning asosiga ichki chizilgan aylananing radiusi 16 ga bo‘lsa, konusning yon sirtini toping.

Konus asosining radiusi 2 ga, o‘q kesimining uchidagi burchagi 60^{\circ} ga teng. Shu konusga tashqi chizilgan muntazam uchburchakli piramidaning hajmini toping.

Kubga ichki chizilgan silindrning hajmi unga ichki chizilgan konusning hajmidan \pi ga ortiq. Kubning hajmini toping.

Kubga ichki chizilgan silindrning hajmi 2\pi ga teng. Shu kubga tashqi chizilgan sferaning yuzini toping.

Asosining radiusi 6 ga teng bo‘lgan silindrga konus ichki chizilgan. Konusning asosi silindrning asosi bilan, uchi esa silindr ustki asosining markazi bilan ustma - ust tushadi. Konusning yon sirti 60\pi ga teng. Silindrning yon sirtini toping.

Kubning ostki asosidagi tomonlarining o‘rtalari ketma - ket tutashtirildi. Hosil bo‘lgan to‘rtburchakning uchlari kub ustki asosining markazi bilan tutashtirildi. Agar kubning qirrasi a ga teng bo‘lsa, hosil bo‘lgan piramidaning to‘la sirtini toping.

Balandligi 16 ga, asosining radiusi 12 ga teng bo‘lgan konusga balandligi 10 ga teng bo‘lgan silindr ichki chizilgan. Silindr asosining radiusini toping.