Karbon kislotalar mavzusidan test savollari
45 gramm sut kislota mol miqdordagi natriy gidroksid eritmasidan o‘tkazilganda hosil bo‘lgan tuz massasini toping. Reaksiya unumi 80\%.
9 gramm sut kislota mol miqdordagi natriy gidroksid eritmasidan o‘tkazilganda hosil bo‘lgan tuz massasini toping. Reaksiya unumi 75\%.
18 gramm sut kislota mol miqdordagi natriy gidroksid eritmasidan o‘tkazilganda hosil bo‘lgan tuz massasini toping. Reaksiya unumi 90\%.
45 gramm sut kislota mol miqdordagi natriy bilan ta’sirlashganda hosil bo‘lgan tuz massasini toping. Reaksiya unumi 80\%.
9 gramm sut kislota mol miqdordagi natriy bilan ta’sirlashganda hosil bo‘lgan tuz massasini toping. Reaksiya unumi 75\%.
18 gramm sut kislota mol miqdordagi natriy bilan ta’sirlashganda hosil bo‘lgan tuz massasini toping. Reaksiya unumi 90\%.
13.4 gramm olma kislota mol miqdordagi natriy bilan ta’sirlashganda hosil bo‘lgan tuz massasini toping.
13.4 gramm olma kislota mol miqdordagi uyuvchi natriy bilan ta’sirlashganda hosil bo‘lgan tuz massasini toping.
10.4 gramm to‘yingan dikarbon kislota mol miqdordagi natriy gidroksid eritmasidan o‘tkazilganda hosil bo‘lgan tuz massasi dastlabki kislota massasidan 1.44 grammga ko‘p bo‘lsa, kislotani toping (\eta=80\%).
47.2 gramm to‘yingan dikarbon kislota mol miqdordagi natriy gidroksid eritmasidan o‘tkazilganda hosil bo‘lgan tuz massasi dastlabki kislota massasidan 1.4 grammga ko‘p bo‘lsa, kislotani toping (\eta=75\%).
36.5 gramm to‘yingan dikarbon kislota mol miqdordagi natriy gidroksid eritmasidan o‘tkazilganda hosil bo‘lgan tuz massasi dastlabki kislota massasidan 1.5 grammga ko‘p bo‘lsa, kislotani toping (\eta=80 \%).
26.4 gramm to‘yingan dikarbon kislota mol miqdordagi natriy gidroksid eritmasidan o‘tkazilganda hosil bo‘lgan tuz massasi dastlabki kislota massasidan 1.76 grammga ko‘p bo‘lsa, kislotani toping (\eta=80 \%).
54 gramm to‘yingan dikarbon kislota mol miqdordagi natriy gidroksid eritmasidan o‘tkazilganda hosil bo‘lgan tuz massasi dastlabki kislota massasidan 6.3 grammga ko‘p bo‘lsa, kislotani toping (\eta=75 \%).
13.4 gramm olma kislota mol miqdordagi natriy bilan ta’sirlashganda hosil bo‘lgan tuz massasini toping.
13.4 gramm olma kislota mol miqdordagi o‘yuvchi natriy bilan ta’sirlashganda hosil bo‘lgan tuz massasini toping
To‘yingan bir asosli karbon kislotaning 97.5 gramm massasida 13.0 mol atom mavjud. Kislotaning molekulyar formulasini aniqlang.
52.8 gramm spirt oksidlanganda tarkibida o‘shancha miqdorda uglerod tutgan kislota hosil bo‘ldi. Ushbu kislotani neytrallash uchun 120 gramm 20\% li natriy gidroksid eritmasi sarflansa, oksidlangan spirtning strukturasini aniqlang.
1) 3-metilbutanol-1;
2) 2-metilbutanol-2;
3) 2, 2-dimetilpropanol-1;
4) 3-metilbutanol-2;
5) 2, 3-dimetilbutanol-1
60 gramm sirka kislotaning 32 gramm metil spirti bilan ta’sirlashuvidan (sulfat kislota ishtirokida) olingan mahsulotga 187.5 ml 8 molyarli natriy gidroksidning suvli eritmasi qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritma bug‘latildi va quruq qoldiq yana kuydirildi. So‘ngi qoldiq tarkibini aniqlang.
Sirka kislota va etil spirtning o‘zaro ta’sirlashuvidan (sulfat kislota ishtirokida) olingan mahsulotga 280 ml natriy gidroksidning suvli eritmasi qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritma bug‘latildi va quruq qoldiq yana kuydirilganda 42.4 gramm natriy karbonat, 49.2 gramm natriy atsetat hosil bo‘lsa, natriy gidroksidning konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
Atseton va metilformiatdan iborat 26.88 l (n.sh) aralashmaning to‘la yonishidan olingan mahsulot ohakli suvdan o‘tkazilganda 310 gramm cho‘kma tushdi. Boshlang‘ich aralashmadagi moddalar massasini (gramm) mos ravishda aniqlang.
Chumoli va oksalat kislotalardan iborat 36.2 gramm aralashmaga tarkibida 140 gramm kaliy gidrokarbonat bo‘lgan eritma qo‘shildi. Eritmadan gaz ajralishi tugaguncha 300 ml (2 mol/l) xlorid kislota eritmasi sarflandi. Boshlang‘ich aralashmadagi kislotalarning mol nisbatini aniqlang.
Noma’lum modda ishqorning suvli eritmasi bilan o‘zaro ta’sirlashganda olingan mahsulot kumush (I) oksidining ammiakli eritmasi bilan reaksiyaga kirishdi. Agar noma’lum moddaning kislorodga nisbatan zichligi 2.75 bo‘lsa, uning nomini aniqlang.
1) 1,3-dixlorbutan;
2) metilpropionat;
3) etilformiat;
4) izopropilformiat;
5) 2-metilpropanal;
6) propilformiat;
100 gramm 15\% li sirka kislota bilan 27.6 gramm 25\% li etanolning eterifikatsiya reaksiyasi (unum 70\%) natijasida hosil bo‘lgan murakkab efirning massa ulushini (\%) aniqlang.
Sirka kislotadan 60\% unum bilan aminosirka kislota olinadi. Bu kislotani neytrallash uchun 77.2 ml 15\%li (\rho=1.16 g/ml) bo‘lgan NaOH sarf bo‘lgan bo‘lsa, olingan sirka kislota massasini toping?
69 gramm bir atomli to‘yingan karbon kislota molekulasi tarkibida 7.5 mol atom bo‘lsa, noma’lum karbon kislotani toping.
Tarkibida vodorodning massa ulushi 9.1\% bo‘lgan bir asosli to‘yingan karbon kislotani tarkibidagi C ning va uni natriyli tuzi tarkibidagi metallning massa ulushlarini (\%) hisoblang.
Tarkibida vodorodning massa ulushi 10.77\% bo‘lgan bir asosli to‘yingan karbon kislotani tarkibidagi kislorodning massa ulushini (\%) va uning 1 mol propil efiridagi uglerod atomlari sonini toping.
24 gramm kislotani neytrallash uchun 250 ml 1.6 molyarli natriy gidroksid sarflansa, kislotaning formulasini aniqlang.
Metan va oksalat kislotalar aralashmasi sulfat kislota ishtirokida 57.5 gramm etanol bilan reaksiyaga kirishib 1 mol murakkab efirlar aralashmasi olingan bo‘lsa, boshlang‘ich aralashmadagi kislotalarning miqdoriy (mol) tarkibini aniqlang.
Metan va etan kislotalar aralashmasi sulfat kislota ishtirokida 46 gramm etanol bilan reaksiyaga kirishib 77.5 gramm murakkab efirlar aralashmasi olingan bo‘lsa, boshlang‘ich aralashmadagi kislotalarning miqdoriy (mol) tarkibini aniqlang.